royhatlar
Ro'yxatlarni (lists)
Ro'yxatlar — bu ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladigan tuzilma bo'lib, ular bir nechta elementni tartibda saqlash imkonini beradi.
index — bu Python dasturlash tilida ishlatiladigan metodlardan biri bo'lib, u ro'yxat (list) yoki satr (string) ichida ma'lum bir elementning birinchi uchrashgan indeksini qaytaradi.
Sintaksis:
pythonCopylist.index(boshlanishi, tugashi, qadam)
- element: Qidirilayotgan element.
- start (ixtiyoriy): Qidiruvni boshlash joyi (indeks).
- end (ixtiyoriy): Qidiruvni tugatish joyi (indeks).
1. Ro'yxatni yaratish
Ro'yxat yaratish uchun [] qavslaridan foydalanamiz.
Misol uchun:
royhatlar = [1, 2, 3, 4, 5]
Bu yerda ro'yxatda 5 ta son bor.
Agar bo'sh ro'yxat yaratmoqchi bo'lsangiz, shunday yozasiz:
bosh_royhat = []
2. Ro'yxatga element qo'shish
Ro'yxatga yangi element qo'shish uchun .append() metodini ishlatamiz.
Bu metod ro'yxatning oxiriga yangi elementni qo'shadi.
royhatlar.append(6) print(royhatlar) # [1, 2, 3, 4, 5, 6]
Agar bir nechta element qo'shmoqchi bo'lsangiz, extend() metodidan foydalaning:
ro'yhatlar.extend([7, 8, 9]) print(ro'yhatlar) # [1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9]
3. Ro'yxatdagi elementni olish
Ro'yxatdan elementni olish uchun uning indeksini ishlatamiz. Indekslar 0 dan boshlanadi.
print(royhatlar[0]) # Birinchi element: 1 print(royhatlar[2]) # Uchinchi element: 3
Agar ro'yxatni teskari tartibda ko'rmoqchi bo'lsangiz, reverse() metodidan foydalaning:
royhatlar.reverse() print(royhatlar) # [9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1]
4. Ro'yxatdagi elementni o'zgartirish
Ro'yxatdagi elementni o'zgartirish uchun uning indeksini ishlatib, yangi qiymatni kiritamiz:
royhatlar[2] = 10 print(royhatlar) # [1, 2, 10, 4, 5, 6, 7, 8, 9]
5. Ro'yxatdan elementni o'chirish
Ro'yxatdan elementni o'chirish uchun ikki usul mavjud:
remove()— bu metod berilgan qiymatni o'chiradi (birinchi uchragan elementni).ro'yhatlar.remove(10) print(ro'yhatlar) # [1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9]pop()— bu metod ro'yxatdan oxirgi elementni o'chirib, uni qaytaradi. Agar indeks berilsa, ma'lum bir elementni o'chiradi.oxirgi_element = ro'yhatlar.pop() print(oxirgi_element) # 9 print(ro'yhatlar) # [1, 2, 4, 5, 6, 7, 8]
6. Ro'yxat uzunligini aniqlash
Ro'yxatdagi elementlar sonini bilish uchun len() funksiyasidan foydalanamiz:
print(len(ro'yhatlar)) # 8 (ro'yxatdagi elementlar soni)
7. Ro'yxatni tartiblashtirish
Ro'yxatdagi elementlarni o'sish tartibida joylashtirish uchun sort() metodidan foydalanamiz:
ro'yhatlar.sort() print(ro'yhatlar) # [1, 2, 4, 5, 6, 7, 8]
Agar teskari tartibda joylashtirmoqchi bo'lsangiz, reverse() metodini ishlatish mumkin:
ro'yhatlar.reverse() print(ro'yhatlar) # [8, 7, 6, 5, 4, 2, 1]
8. Ro'yxatdagi barcha elementlarni o'chirish
Ro'yxatni butunlay bo'shatish uchun clear() metodini ishlatamiz:
ro'yhatlar.clear() print(ro'yhatlar) # []
9. Ro'yxatda ma'lum bir qiymat borligini tekshirish
Ro'yxatda ma'lum bir qiymat bor yoki yo'qligini tekshirish uchun in operatoridan foydalanamiz:
royhatlar = [1, 4, 5, 6, 8]
if 3 in royhatlar:
print("3 ro'yxatda bor")
else:
print("3 ro'yxatda yo'q")
10. Ro'yxat nusxasini yaratish
Agar ro'yxatning nusxasini yaratmoqchi bo'lsangiz, copy() metodidan foydalaning:
royhatlar_nusxa = royhatlar.copy() print(ro'yhatlar_nusxa) # [1, 2, 4, 5, 6, 7, 8]
Yoki shunchaki [:] usulidan foydalanishingiz mumkin:
royhatlar_nusxa = royhatlar[:]
SONLI RO'YXAT USTIDA SODDA AMALLAR
Pythonda ro'yxatlar ustida ba'zi sodda amallarni ham bajarish mumkin. Misol uchun ro'yxatdagi eng kichik sonni topish uchun min() funktsiyasidan, eng katta sonni topish uchun esa max() funktsiyasidan, sonlarning yig'indisini topish uchun esa sum() funktsyasidan foydalansak bo'ladi:
narhlar = [12000, 22500, 23456, 9800, 5600, 9934, 32874]
arzon = min(narhlar)
qimmat = max(narhlar)
jami = sum(narhlar)
print("Eng arzon narh ", arzon, ". Eng qimmati ", qimmat, ". Jami: ", jami)Natija: Eng arzon narh 5600 . Eng qimmati 32874 . Jami: 116164
1-dan 12 gacha son kirting va kiritilgan son qaysi faslga tegishli ekanligini toping!