Meow: My secret boy
4-qism — "Yashirin haqiqat"
Rona uyga keldi va eshikni sekin yopdi. Yuragi tez urardi. Birdan uy yorishib ketdi Rona ko‘zlariga ishonmasdi uning qarshisida yaqinda uchratgan yigit turar edi.
— Jungwon... sen... rostdan ham... o'sha mushukmisan?.. — dedi u past ovozda.
Jungwon chuqur xo'rsindi.
— Ha... Lekin iltimos, hech kimga aytma.
Rona hali ham ishonolmay unga qarab turardi.
— Bu qanday bo'lishi mumkin?
— Bu oddiy hikoya emas. Men bolaligimdan la'nat ostidaman. Ba'zi paytlari odam, ba'zi paytlari esa mushukka aylanaman. Bu sirni juda kam odam biladi.
Xonada bir necha soniya jimlik hukm surdi.
Rona deraza yoniga borib turdi.
— Demak... men har kuni bag'rimga bosib yurgan mushuk... sen ekansan...
Jungwon kulimsiradi.
— Ha... Va rostini aytsam, sening yoningda bo'lish menga yoqardi.
Ronaning yuzi qizarib ketdi.
— Hali ham ishonolmayapman...
Shu payt Jungwonning qulog'i og'riy boshladi.
— Yo'q... yana emas...
Ko'z ochib yumguncha u oppoq mushukka aylandi.
— Miyov...
Rona uni qo'liga oldi.
— Demak, bu tush emas ekan...
Mushuk uning kaftiga boshini ishqalab, ko'zlarini yumdi.
Ammo tashqarida kimdir deraza ortidan ularni kuzatayotgan edi...
— Demak, siring hali ham ochilmabdi, Jungwon... — dedi notanish yigit kulib.