July 21

Meow: My secret boy

4-qism | Yomg'ir ostidagi begona
Ertalab havo bulutli edi.
Rona maktab formasini kiyib, sumkasini yelkasiga ilarkan, Jungwon uning ortidan ergashib yurardi.
— Jungwon, bugun ham meni kuzatmoqchimisan?
Oppoq mushuk mayin miyovladi.
Rona kulib uning boshini siladi.
— Yo'q, sen uyda qolasan. Maktabga mushuk olib borish mumkin emas.
U eshikni yopib chiqib ketdi.
Jungwon bir necha daqiqa eshik oldida o'tirdi.
So'ng oppoq nur xonani yoritdi.
Bir lahzadan keyin u yana odam qiyofasiga kirdi.
— Kechir... Ammo seni yolg'iz qo'yolmayman.
---
Maktabda darslar odatdagidek o'tdi.
So'nggi qo'ng'iroq chalinishi bilan o'quvchilar uylariga tarqala boshlashdi.
Rona darvozadan chiqishi bilan yomg'ir tomchilay boshladi.
— Voy... Soyabonni ham unutibman.
U ayvon tagida turib qoldi.
Shu payt yoniga bir yigit kelib, indamay soyabonni uning ustiga tutdi.
Rona hayron bo'lib qaradi.
— Rahmat...
Yigit hech narsa demadi.
Faqat yomg'ir tomchilariga tikilib turardi.
— Biz ilgari uchrashganmizmi?
Yigit sekin bosh chayqadi.
— Balki...
Rona kulib yubordi.
— "Balki" degani nima?
Yigit ham mayin jilmaydi.
— Ba'zi odamlar birinchi marta uchrashsa ham, bir-birini anchadan beri bilgandek tuyuladi.
Bu gap Ronaning xayolidan chiqmay qoldi.
Yomg'ir sekinlashgach, yigit indamay ketdi.
— Hey... To'xtang!
Ammo u ortiga qaramadi.
---
Rona uyga yugurib kirdi.
— Jungwon!
Javob bo'lmadi.
— Jungwon?
U butun uyni qidirdi.
Na oshxonada, na xonada...
Oppoq mushuk yo'q edi.
— Qayerga ketdi?..
Ko'zlariga yosh kela boshladi.
Shu payt deraza sekin ochildi.
Oppoq mushuk ichkariga sakrab tushdi.
Go'yo hech qayerga bormagandek, Ronaning yoniga kelib miyovladi.
— Ahmoq mushuk! Meni juda qo'rqitding!
Rona uni bag'riga mahkam bosdi.
Jungwon esa ko'zlarini yumdi.
"Agar haqiqatni bilsang... meni shunday quchoqlarmiding?"
Deraza tashqarisida esa qorong'ulik orasida kimdir ularni kuzatardi.
— Nihoyat... uni topdim.