Yesterday

September memories 1-qism

Sentyabr oyi. Kuzning mayin shamolidan barglar pastga to‘kilar.
Boshqalar uchun bugun maktabning birinchi kuni bo‘lsa, bizning 7 dugona uchun ular 3 oy deganda yana birga bo‘ladigan kun.

6 dugona Harinni kutib turishar edi. Harin dugonalarining yoniga tushdi.

- Nihoyat biz yana uchrashdik 🥳 dedi Rona xursandlikdan.

- Qizlar kelinglar 1narsaga kelishib olamiz dedi Shin Hari .

- Nimaga?

- Bu safar nima? dedi qizlar.

- O‘tgan yildek krinj va g‘alati qiliqlar qilmasdan, o‘zimizni bosib yuramiz.

Barcha kulib yubordi.

- Hari har chorak, har yil bir hil gapni qaytarasan, lekin baribir amal qilmaymiz dedi Jugyeon
o‘zini zo‘rg‘a kulgidan to‘xtatib.

- Mayli nima bo‘lsa bo‘ldi

- Qizlar balki maktabga kiramiz?!

Hamma Nabining gapiga qo‘shildi. 7 dugona 3 oyda qanday hodisalar va o‘zgarishlar haqida gaplashib qanday qilib oz sinflariga yetib kelishganligini sezmay qolishdi.

Xonada esa eski sinfdoshlarni ko‘rishdi. Barchaning yuzidan tabassum arimas baʼzilar olgan narsalarini maxtansa yana boshqalar yozgi taʼtilda qayerga borishgani, qanday o‘tqazishgani haqida suhbat qurar edi.

Eng muhimi ular yana birga.

Qizlar orqa partaga o‘z narsalarini qo‘yib aylanishga chiqib ketishdi.

Qo‘ng‘iroq chalindi bu paytda esa 7 dugona ancha oldin xonaga kirib gaplashib o‘tirar edi. Ustoz xonaga kirdi barcha jim.

- Bugun sinfimizga yengi o‘quvchilar kelishdi, kiring.

Eshik ochildi va 7 ta chiroyli yigitlar kirib kelishdi.

- Bolalar qani o‘zingizni tanishtiring dedi ustoz muloyimlik bilan.

- Salom mening ismim Yang Jungwon.

- Lee Heeseung.

- Mening ismim Park Jeongseong yoki Jay deb chaqrisela bo‘ladi.

- Sim Jaehyun yoki Jake

-Park Sunghoon

- Salom chiqishib ketamiz degan umiddaman ismim Sunoo Kim Sunoo

-Nishimura Riki yoki Niki deb chaqirsela bo‘ladi

Hamma hursand ayniqsa yigitlar. To‘satdan ustoz gapirdi.

-Hey 7 ta dugonalar

-Ha ustoz hayron bo‘lib so‘radi Chanmi.

-O‘tkan yildek gaplashmasdan o‘tirmanglar deb sizlarni o‘quvchilar bilan o‘tqazib qo‘yaman

-Ustooooz deb norozi uhangda gapirdi qizlar.

-Nega biza ana boshqalar borki o‘shalar bilan o‘tirishsin dedi Hari.

-Shude bizani ishimizha tiqilib nima qilas deb ensa qotirdi Sua.

-Yo‘q aynan sila bilan o‘tirishadi. Silani deb hamma ustozla bezor.

Yangi kelgan o‘quvchilar zo‘rg‘a o‘zini kulgidan bosib turdi.

-Uffff ustoz z**ybal qivoti past ovozda gapirdi Chanmi. Yaxshiyamki buni ustoz eshitmadi.

-Bo‘ldi. Bugundan boshlab:
Hari Jungwon bilan
Sua Heeseung bilan
Nabi va Jay
Harin va Jake
Rona bilan hmmmmm ... Sunghoon
Jugyeon va Sunoo
Chanmi esa Niki bilan o‘tiradi.

Dugonalar norozi bo‘lib joylarini o‘zgartirishdi.

Qolganlar esa ularga kulib qarab turishardi.

-Tirjaymasdan qarasa bo‘ladiku nima biza maymun o‘ynatvomizami.

-Shude Jugyeonning gaping javob berdi Sua.

Sunghoon kelib Ronaning oldiga o‘tirdi va qo‘lini cho‘zib -Salom dedi

Rona uni qo‘lidan ushlab -Salom, tanishganimdan hursandman deb kulib qo‘ydi.

1-dars hech qanday mavzu o‘tilmadi.

Rona Harin bilan yengi fanfic yozib o‘tirishibdi.

Sunghoon bilan Jake joylarini almashtirib birga o‘tirib olishgan, qolganlar ham faqat Nabi va Jaydan tashqari chunki sinfda 1 ta joy qolgan edi.

Ular shunga qaramay yaxshi chiqishib ketishdi.

Jake esa Harindan nima yozishganlari haqida so‘radi.

-Nima yozvosila bilsek bo‘ladimi?

-Emmmm ... Hich kimga etmislami.

-Yo‘q bizaga ishinsang bo‘ladi.

-Hop to‘g‘risini etsam men va Rona fanficermiz va o‘z kanallarimiza bor.

-Yo‘g‘e mani qo‘shib qo‘y qiziqtirib qo‘ydin.

-Hop😅