July 19

Meow: My secret boy

2-qism | Sirli yigit
Ertalabki quyosh nurlari derazadan xonaga tushib, Ronaning yuzini yoritdi.
U ko'zlarini sekin ochdi va birinchi bo'lib karavoti yonida uxlab yotgan oppoq mushukka qaradi.
— Xayrli tong, Jungwon.
Mushuk ko'zlarini ochib, mayin miyovladi.
Rona kulib uning boshini siladi.
— Kecha seni topganimga hali ham ishonolmayapman. Go'yo sen meni anchadan beri tanigandeksan.
Jungwon uning qo'liga boshini suykadi.
"Chunki men seni haqiqatan ham anchadan beri taniyman..." deb o'yladi u.
Ammo bu haqiqatni ayta olmasdi.
---
Rona nonushta tayyorlarkan, Jungwon oshxona stolida o'tirib uni kuzatardi.
— Men darsga ketaman. Sen esa uyda tartibli bola bo'lib o'tir.
Mushuk yana miyovladi.
— Kechqurun senga o'yinchoq ham olib kelaman.
Rona sumkasini olib chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan uy sukunatga cho'mdi.
Bir necha soniyadan keyin oppoq nur butun xonani qopladi.
Mushukning tanasi asta-sekin o'zgara boshladi.
Bir lahzadan so'ng uning o'rnida qora sochli yigit turardi.
Jungwon chuqur nafas oldi.
— Bugun ham seni yolg'iz qo'yolmayman...
U qora xudi kiyib, uydan chiqdi.
---
Universitet.
Rona dugonasi bilan hovlida kulib ketayotgan edi.
Shu payt kimdir yugurib kelib uning yelkasiga urildi.
Kitoblari yerga sochilib ketdi.
— Voy! Kechirasiz!
Yigit shoshilgancha kitoblarni yig'ishga yordam berdi.
Ammo Rona e'tiborini boshqa narsaga qaratdi.
Bir necha metr narida qora kiyimli yigit unga tikilib turardi.
Ko'zlari...
Juda tanish edi.
Rona beixtiyor unga qarab qoldi.
— Biz ilgari uchrashganmizmi?
Jungwon yuragi tez ura boshladi.
Bir soniya ham ortiq turmadi.
Orqasiga o'girilib, odamlar orasida g'oyib bo'ldi.
— To'xta!
Rona ortidan yugurdi.
Ammo burchakka yetganda u yo'q edi.
— G'alati...
---
Kechqurun.
Rona eshikni ochishi bilan Jungwon yugurib kelib oyoqlariga suykaldi.
— Voy! Seni sog'indim.
U mushukni bag'riga bosdi.
— Bilasanmi, bugun juda g'alati yigitni uchratdim.
Jungwon indamay unga qarab turardi.
— Uning ko'zlari... xuddi senikiga o'xshardi.
Mushukning yuragi uvishib ketdi.
— Nahotki bu shunchaki tasodif bo'lsa?..
Rona jilmaydi.
— Yo'q... Balki shunchaki ko'p o'ylayotgandirman.
U Jungwonni quchoqlab divanga o'tirdi.
Mushuk esa ko'zlarini yumdi.
"Meni tanib qolishingga hali erta..."
---
O'sha kecha...
Jungwon yana odam qiyofasiga aylandi.
U deraza yonida turgan paytda telefoni jiringladi.

— Alo.
— Uni hali ham himoya qilyapsanmi?

— Ha.
— Demak, ular ham seni topishga yaqin.
Jungwonning chehrasi jiddiylashdi.
— Kimlar?
— La'natni yaratgan odamlar...
Agar ular Ronani topsa, bu safar uni hech kim qutqara olmaydi.
Jungwon sekin mushtini tugdi.
— Men bunga yo'l qo'ymayman.
Ammo u bilmasdi...
Qorong'u ko'chaning narigi tomonida kimdir ularning derazasiga tikilib turardi.
Va u Jungwonning sirini allaqachon bilardi...