July 21

Meow: My secret boy

3-qism | Begona, ammo tanish nigoh
Ertalab odatdagidan ham iliq boshlandi.
Rona derazani ochishi bilan xonaga mayin shamol kirib keldi. Pardalar asta hilpirar, deraza tokchasida esa Jungwon quyosh nurida erinchoqlik bilan cho'zilib yotardi.
— Yana shu yerdamisan? — Rona kulib uning yoniga o'tirdi.
Mushuk ko'zlarini ochib, sekin miyovladi.
— Bilasanmi, kechadan beri xayolimdan o'sha yigit chiqmayapti.
Jungwonning quloqlari qimir etdi.
— Uning ko'zlari... juda g'alati edi. Xuddi seni ko'rayotgandek his qildim.
Mushuk indamay boshini egdi.
— Ehtimol, men shunchaki ortiqcha o'ylayotgandirman.
Rona kulib uning burniga barmog'i bilan tegdi.
— Sen bo'lsang ham meni tushunayotgandek qaraysan.
---
Universitetda dars tugagach, osmon birdan qorayib ketdi.
Bir necha daqiqada kuchli yomg'ir boshlandi.
Talabalar yugurib bino ichiga kirishardi.
— Eh... Soyabonimni uyda unutibman.
Rona ayvonda turib yomg'irning tinishini kutardi.
Shu payt uning yonida kimdir to'xtadi.
— Oling.
Rona yoniga qaradi.
Qora soyabon tutgan yigit...
Kecha ko'rgan o'sha yigit edi.
— Siz...
— Yomg'irda qolib ketmang.
— Rahmat... Lekin...
Rona uning yuziga diqqat bilan tikildi.
Yigit esa nigohini olib qochdi.
— Biz tanishmizmi?
Jungwonning yuragi tez ura boshladi.
— Yo'q.
Faqat bitta so'z.
Sovuq, qisqa javob.
U soyabonni Ronaning qo'liga tutqazdi-da, ortiga burildi.
— To'xtang!
Rona uning ortidan bir necha qadam yurdi.
— Hech bo'lmasa ismingizni ayting!
Yigit bir lahza to'xtadi.
Ammo ortiga qaramadi.
— ...Jungwon.
Shu so'zdan keyin u yomg'ir orasida ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Rona esa qotib qoldi.
— Jungwon?..
U darhol uyidagi mushukni esladi.
— Tasodif bo'lishi mumkin...
Ammo yuragi buning oddiy tasodif emasligini aytayotgandi.
---
Kechqurun...
Rona eshikni ochishi bilan oppoq mushuk yugurib kelib oyoqlariga suykaldi.
— Jungwon!
U kulib mushukni bag'riga oldi.
— Bugun juda qiziq voqea bo'ldi.
Mushuk unga tikilib turardi.
— Men uchratgan yigitning ismi ham Jungwon ekan.
Mushukning yuragi go'yo to'xtab qolgandek bo'ldi.
— Nahotki dunyoda ikkita Jungwon shunchalik bir-biriga o'xshash bo'lsa?
Rona kulib boshini chayqadi.
— Bo'lmaydi... Sen axir mushuksan.
Jungwon ko'zlarini yumdi.
"Ha... Hozircha shunday..."
Ammo tashqarida, uyning ro'parasidagi mashina ichida ikki notanish odam ularni kuzatib turardi.
— Demak, u qizni topibdi.
— Buyruq berilsinmi?
— Yo'q... Hali emas.
— Avval la'nat uyg'onsin...
Mashina sekin qorong'ulik tomon harakatlandi.