July 22

Meow: My secret boy

3-qism
Yomg'ir tinib, havo yanada musaffo bo'lib qolgan edi.
Rona derazani ochib, chuqur nafas oldi.
— Bugun havo juda chiroyli ekan.
Deraza tokchasida o'tirgan oppoq mushuk unga tikilib turardi.
— Jungwon, men bugun kechroq qaytaman, xo'pmi?
Mushuk mayin miyovladi.
Rona kulib uning boshini siladi.
— Yaxshi bola.
U sumkasini olib uydan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan Jungwon ko'zlarini yumdi.
Bir necha soniyadan keyin oppoq nur butun xonani yoritdi.
Mushukning o'rnida yana o'sha yigit paydo bo'ldi.
U deraza oldiga borib, Ronaning uzoqlashayotganini kuzatdi.
— O'zingni ehtiyot qil...
Shivirladi u.
So'ng qora kurtkasini kiyib, u ham uydan chiqdi.
---
Universitet.
Bugungi dars odatdagidan erta tugadi.
Rona kutubxonaga kirib, kitob izlay boshladi.
Eng yuqori javonda kerakli kitob turgan edi.
U qo'lini cho'zdi.
Ammo kitob juda balandda edi.
— Yetmayapti...
Shu payt kimdir uning yoniga kelib, kitobni osongina olib berdi.
— Mana.
Rona hayrat bilan boshini ko'tardi.
Yana o'sha yigit...
— Siz...
Yigit kitobni uning qo'liga tutqazdi.
— Rahmat.
— Arzimaydi.
— Kecha ham siz meni qutqargandingiz...
Yigit hech narsa demadi.
Orqasiga burilib ketmoqchi bo'ldi.
— Bir daqiqa!
U to'xtadi.
— Ismingiz... Jungwon dedingizmi?
— Ha.
— Qiziq... Uyimdagi mushugimning ham ismi Jungwon.
Yigitning lablarida sezilmas tabassum paydo bo'ldi.
— Chiroyli ism ekan.
— Sizga mushuklar yoqadimi?
Jungwon bir necha soniya jim turdi.
— Juda...
Bu safar u ortiga qaramay kutubxonadan chiqib ketdi.
Rona esa uning ortidan uzoq qarab qoldi.
— Nega har safar u bilan gaplashsam, yuragim g'alati ura boshlaydi?..
---
Kechqurun.
Rona uyga qaytdi.
— Jungwon!
Oppoq mushuk odatdagidek yugurib kelib oyoqlariga suykaldi.
— Seni sog'indim.
U uni bag'riga bosdi.
— Bilasanmi, bugun o'sha yigit bilan yana uchrashdim.
Mushuk jim tinglardi.
— U juda kamgap ekan. Lekin negadir ko'zlari juda tanish...
Rona mushukning ko'zlariga tikildi.
Bir lahza...
Uning xayoliga kutubxonadagi yigitning nigohi keldi.
— Yo'q...
U kulib boshini chayqadi.
— Men ham nimalarni o'ylayapman.
Shu payt Jungwonning bo'ynidagi kumush rang kichkina kulon ko'ylagi ichidan chiqib qoldi.
Rona hayron bo'ldi.
— Voy... Senda bunaqa kulon bormidi?
U qo'li bilan kulonni ushladi.
Jungwon beixtiyor orqaga tisarildi.
Aynan o'sha kulon...
Inson qiyofasidagi Jungwonning ham bo'ynida osilib turardi.
Ammo Rona buni hali bilmasdi...
Deraza tashqarisida esa qora mashina yana paydo bo'ldi.
Ichidagi notanish odam telefonga qarab pichirladi:
— Ular bir-biriga yaqinlashyapti...
— Demak, la'nat uyg'onishi uchun ko'p vaqt qolmadi...