July 17

Meow: My secret boy

1-qism G‘alati mushuk
Yomg'ir tinmay yog'ayotgan oqshom edi.
Rona uyiga qaytayotganda yo'l chetida oppoq mushukni ko'rib qoldi. U qaltirab, yomg'ir ostida yolg'iz o'tirardi.

Tipa shunaqa

— Bechoraginam... Seni shu yerda tashlab ketishibdimi? — dedi Rona uni bag'riga olib.
Mushuk qarshilik qilmadi. Aksincha, uning qo'llarida ko'zlarini yumib, xotirjamlik topgandek bo'ldi.
Rona uni uyiga olib keldi, quritdi va ovqat berdi.
— Endi isming... Jungwon bo'lsin.
Mushuk xuddi ismini tushungandek sekin miyovladi.
O'sha tun...
Soat tungi 12:00 bo'lganida xonani oppoq nur qopladi.
Mushuk asta-sekin odam qiyofasiga aylandi.
Qora sochli, chiroyli yigit karavot yonida turardi.

Aaa 😭❤️

— Nihoyat... seni topdim, — dedi u past ovozda.
Karavotda uxlayotgan Rona esa hech narsadan bexabar edi.
Yigit uning yuziga termulib, mayin jilmaydi.
— Ammo sen hali mening sirimni bilmasliging kerak...
Tong otishi bilan u yana oddiy mushukka aylandi.
Va Rona uchun hammasi odatdagi kun kabi boshlandi...
— Jungwon, qani nonushta qil!
Rona kulib mushukning oldiga ovqat qo'ydi. Oppoq mushuk odatdagidek unga termulib turardi. Ammo uning nigohida oddiy mushuknikiga o'xshamaydigan qandaydir ma'no bor edi.
— Senga qarab ba'zan odamga gapirayotgandek bo'laman...
Jungwon ichida kuldi.
"Agar sen haqiqatni bilganingda edi..."
Rona universitetga ketgach, uy jim bo'lib qoldi.
Soat eshigi yopilishi bilan oppoq nur tarqaldi.
Bir necha soniyadan keyin mushuk o'rnida qora sochli, chiroyli yigit turardi.