Nafrat
Klubdagi tungi shovqin ortda qolgan edi. Yorqin chiroqlar, baland musiqa, sirli nigohlar — bular endi faqat orqada qolgan shovqin edi. Youra, Jinxe va Ara sokin qadamlar bilan mashina tomon yo‘l olishardi. Uchovi ham jim lekin har birining boshi fikrlar bilan band.
Mashina salonida faqat dvigatel ovozi eshitilardi.
Ara oynadan shahar chiroqlariga tikildi, bu kecha uni bir oz titratgandi. Jinxe esa telefoniga ko‘z yugurtirib qo‘ydi, lekin xayoli boshqa joyda edi. Youra esa orqa o‘rindiqda o‘tirib, ko‘zlarini yumgancha, chuqur nafas olib turardi — u bu tun haqida o‘ylayotgandi. Vincenzo, Jungkook, klubdagi sovuq nigohlar... Bularning hammasi oddiy uchrashuv emasligini anglatar edi.
Mashina nihoyat Millerlar oilasining keng va shinam hovlisiga kirib bordi. Qoʻriqchilar ularga eshiklarni ochdi. Millerlar oilasi uyquda edi. Ular moshinadan asta tushishdi.
— Charchadim, — dedi Ara ovozini pasaytirib.
Jinxe unga kulib qaradi, lekin biror javob bermadi.
Ichkariga kirishgach, poyabzallarini yechib, har biri o‘z xonasiga qarab yurdi.
Youra zinapoyadan chiqayotib, pastdan ko‘tarilayotgan sokin tovushlarga quloq soldi, bu tun nihoyat tugadi.
U xonasiga kirib, deraza oldiga bordi. Tashqarida yulduzlar jimjimador porlab turardi.
Youra tungi kiyimini kiyib divanga yotdim. Va charchoq tufayli uxlab qoldi.
Tush (Youraning o‘tmishiga sayohati)
Qorong‘ilik orasidan yorug‘lik chiqdi. Youra qulab borayotgandi — ammo birdan pastlik emas, balki tanish hovli unga bag‘rini ochdi.
Qorong‘ilik o‘rnini quyoshli tong nuri egalladi. Qushlar chirqirardi. Eski uy eshik oldida ona mehr bilan unga qarab turardi. U hali Aziza edi. Oddiygina oq ko‘ylakda, sochlari samoga qaratilgan, ko‘zlarida esa yorug‘ orzular.
Onasi unga kulib qaradi. Ammo bu kulgu orqasida nimadir yashiringandi. So‘ng o‘sha kichkina ukasi yugurib chiqdi.
— Aziza! Yur, daraxtga chiqamiz!
Aziza unga jilmaydi. Ammo yuragida g‘alati his — go‘yo bu xotira emas, og‘riq edi.
— Ko‘chaga chiqmay tur, kechki ovqatga tayyorlanamiz!
Aziza ichkariga kirmoqchi bo‘ldi, lekin birdan atrofdan qora soyalar paydo bo‘ldi. Ularni tanirdi. Mafiya odamlarining siluetlari edi ular.
Onasi orqaga qarab ketdi. Uka — yo‘q bo‘lib qoldi. Hovli — qop-qorong‘u bo‘lib qoldi.
Birdan Jungkook paydo bo‘ldi. U masofada turib unga qarab turardi. Ammo bu safar — u ham, u ham Azizani emas, Yourani ko‘rayotgandi.
— Tanlading, — dedi u sokin ohangda.
Aziza tizzasiga cho‘kdi. Atrofda hammasi parchalanar, eski uy o‘z-o‘zidan qulab borardi.
— Men tanlamadim, — deb pichirladi u. — Meni majbur qilishdi...
U nafas olarkan, qattiq terlagandi. Xonasi... hozirgi Youraning xonasi. Yangi hayot. Yangi kuch. Yangi mas’uliyat.
Lekin yuragining chuqur bir burchagida Aziza hali ham bor edi.
Youra ko‘zlarini ochdi. Shiftga tikilib yotarkan, yuragining urishi hali ham sekinlashmagan edi. Bir zumga hech narsa harakat qilmaganday tuyuldi. Xona jim. Faqat devordagi soatning “tik-tak” ovozi eshitilardi.
U asta o‘rnidan turdi. Oq ipak koʻylagi beliga yopishib tushgan, sochlari biroz chalkash edi. Oynaga yaqinlashib, o‘ziga tikildi. Yuzida hech qanday ifoda yo‘q. Tinch. Hatto sovuqlik bor edi.
Ammo ko‘zlar... u ko‘zlarda tunda ko‘rganlar aks etardi. Onasi, Seojun, tog‘asining uyidagi g‘ala-g‘ovur, kichkina Azizani quchgan bolalik fasli...
U derazani ochdi. Bahorning ilk tongi yuziga urildi. Toza havo... lekin yuragini tozalay olmadi.
Stol ustidagi stakan tomon yurdi, suv quyib ichdi. So‘ng yelkasiga palto tashlab, xona eshigini ochdi. Uy sokin edi. Jinxe hali uyg‘onmagan. Ara xonasida.
U sekin zinapoyadan pastga tushdi. Oshxonada xizmatkor yengil ta’zim bilan unga qaradi.
— Qahva tayyorlaymi, Miller xonim?
— Ha, qora. Shakar yo‘q boʻlsin, — dedi Youra, tovushida ohang bo‘lmasa-da, qat’iyat bor edi.
U deraza yonidagi stulga o‘tirdi. Va bir zum jim o‘tirib qoldi.
Tush. Faqat tush edi. Ammo u hislar... haqiqiy edi. U ichidan, bolaligidan ko‘tarilib kelgan g‘am, sog‘inch edi.
— Bugun boshqacha bo‘ladi, — dedi u o‘ziga.
Qahva keldi. Bir yudum ichdi. Endi u yana Youra Miller. Qattiq, sovuq, aqlli, va... hamon ichida beg'ubor Azizani yashirib yurgan ayol.
U uzun, bej rangli pidjakni yelkaga ilib, hovliga chiqdi. Nafas oldi. Tinchlik... lekin qalbida emas.
Shunchaki yurmoqchi bo‘ldi. Piyoda. O‘zicha. O‘zini o‘ylab.
U uzoqlashgan sayin atrofdagi sokin ko‘chalar, derazalardagi gullar va toza havo uni yana bolaligiga olib ketayotgandek edi. Ustiga ustak, birdan ko‘ziga bitta do‘kon ilindi — eski muzqaymoqchining stendi.
O‘sha yerda... bir yigit turardi. Oddiy futbolka, ko‘zlarida nur. U muzqaymoq olib, orqasiga o‘girilganida... to‘xtab qoldi.
Youra qotib qoldi. Bu ism... yuragini teshgandek bo‘ldi.
U asta orqasiga o‘girdi. Ko‘zlar to‘qnashdi.
Ular jim turishdi. Bu jimlikda qancha yil yashirin edi — bolalik, kulgu, oddiy kunlar, beg‘ubor gaplar.
— Ishonolmayapman, bu rostdan senmisan? — dedi u.
— Sen bu yerda nima qilayapsan?
— Oilam bilanman. Bir muddat… hammasidan uzoqlashmoqchi edim.
— Aziza… bu ismni eshitmagan edim ancha bo‘ldi.
— Meni endi Youra deb chaqirishadi.
— Bu faqat bir tong... – dedi Daehyun.
Lekin o‘sha tong Youraning yuragidagi devorlarga darz solgandek bo‘ldi.
— Lekin men hanuz seni Aziza deb bilaman. O‘sha bolaligimizdagidek.
Youraning ko‘zlarida nimadir uvishdi. U yuragini bosdi. U kuchli bo‘lishi kerak edi.
— Sen ham o‘zgarmabsan. Hali ham muzqaymoq sevasanmi?
— Hali ham eski joylarda yuraman.
U bir stakanni uzatdi. Youra uni oldi. Qabul qildi
Quyosh nurlari xonamga tushganda, uyg‘onib, bir necha soniya jim turdim. Bugun biror o‘zgarish bo‘lishini sezdim, lekin nima ekanligini tushunolmadim. Kecha qandaydir g‘alati hislar menga xalaqit berdi, lekin hozirda, endi nima qilishim kerakligini aniq bilmasdim.
Xonamdan chiqdim va tashqariga qadam qo‘ydim. Har doim o‘zimga tanish bo‘lgan kun tartibidan chiqmangani kabi, bugun ham shunday edi. Ammo biror narsa meni yanada aniqroq qarorlar qabul qilishga undardi. Yangi kun — yangi imkoniyatlar degan o‘y bilan, ko‘proq harakat qilishim kerakligini his qilardim. Faqat bu safar, o‘zimni o‘zgacha his qilardim.
Men hammasi haqida o‘ylashim kerak. O‘zgarishlar kerak edi, va hozir ular uchun to‘g‘ri vaqtda edim. Bugun nima qilishim kerakligini bilmasam-da, faqat bir narsani angladim: Hayot davom etadi va men uni boshqarishga tayyorman.
Uydan chiqib, poyabzalimni kiyib tashqariga chiqdim. Havo salqin, lekin hali ham yengil bir shamol yuzimga tekkani o‘zimni yaxshiroq his qilishimga yordam berdi. Qadamlarim asta-sekin, ammo aniq edi. Bugun o‘zimni biror narsani o‘zgartirishim kerakligini his qildim. Nima bo‘lgan taqdirda ham, orqaga qaytib bo‘lmasligim kerak.
Ko‘chada yurarkanman, atrofdagi tinchlik meni o‘ziga tortdi. Lekin biror narsa, bir narsa meni boshqa yo‘nalishga olib borishni xohlardi. Bir necha qadam yurib, o‘zimni to‘xtatib, chuqur nafas oldim. Hayotimda har bir qarorimni o‘zgartirish vaqti keldi, lekin bu harakatni boshlashni qaerdan boshlashim kerakligini hali bilmasdim.
Bir nechta ulkan binolar orasida, yo‘lni kesib o‘tayotganimda bir ovoz eshitdim. Bu meni ajablantirmadi, lekin har bir narsaga shubha bilan qarashimni davom ettirdim. Kimdir menga yaqinlashayotganini sezdim. Bu faqat tasodifiy uchrashuvmi yoki men bilmagan biror narsa borligini bildirmoqchimi?