May 16, 2025

Nafrat

6-bo‘lim "Iztirob"

Youra zinalardan asta pastga tushar edi. Uning qadamlarida shoshilinchlik yo‘q, lekin ishonch bor edi. Atrofda nigohlar unga qaragan, lekin u hech kimga qaramasdi. Uning o‘zi yetarli edi jimjitligining o‘zi etarlicha kuchli.

Jungkook bir muddat unga tikilib qoldi. Uning nigohida hayrat emasdi bu g‘azab bilan aralash ichki kurash edi. O‘zi ham buni tushunmasdi. Nega bu qadar e’tiborini tortayotganini, nega boshqa erkaklarning unga tikilayotganidan jahli chiqayotganini.

—Jungkook?—dedi Teahyung sekin. U hali ham unga tikilib turganini sezdi.

—Nima?—u nigohini zo‘rg‘a uzdi.

—U senga yoqadi shekilli?—Suga iljaydi.
—U shunchaki hamkorim—dedi Jungkook befarqdek oʻzini tutib

Ammo bu gapga o‘zi ham ishonmadi.

Youra endi ularga yaqinlashayotgan edi. Ularning oldidan o‘tayotib, Jungkookning ko‘zlariga bir lahza qaradi. Qarash qisqa bo‘ldi, lekin yetarli. Chunki u qaradi sovuq va befarq. Go‘yo hech narsa yo‘q hech qachon bo‘lmagan.

Jungkook ichida nimadir harakatlanayotganini his qildi. Bu hissiyot unga yoqmasdi. Chunki u nazoratni yo‘qotishni yoqtirmasdi. Ammo Youra... u har doim nazoratdan tashqarida edi.

Bazm davom etardi. Kulgu, musiqa, yorqin chiroqlar. Ammo Jungkook uchun hech narsa qiziq emas edi. Uning nigohi faqat bitta nuqtada: Yourada.


Youra pov:

Pastga tushib kelganimda ko‘pchilik menga tikildi. Ko‘nikib bo‘lganman. Bu meni hayratlantirmaydi. Lekin bir qarash bor edi... boshqalardan farqliroq Jungkook.

U uzoqdan menga tikilib turardi. Qarashida nima borligini aniqlash qiyin edi. Lekin befarq emasligi aniq edi. U hech qachon menga shunchaki qaramaydi.

Men esa hech nima bo‘lmaganday yurishda davom etdim. Go‘yo hech kimni sezmayapman. Yonidan o‘tayotib, ko‘zlarimiz to‘qnashdi. Bu qarash uzoqqa cho‘zilmadi. Men odatdagidek sovuq edim. Chunki qanchalik his qilmayotgandek ko‘rinsam, ichimda shuncha ko‘p narsa bor edi.

Teahyung va Suga menga qarab kulishdi. Teahyung bosh irg‘adi, Suga esa har doimgidek og‘zini ochdi

—Bizning yovvoyi gul nihoyat keldi, — dedi u iljayib.

Men biroz tabassum qildim va stolga o‘tirdim. Atrofda ovozlar, musiqa, kulgular. Lekin menga hammasi bir xil edi. Ichimda jimlik bor edi. Ko‘nikkan jimlik.

Bir necha daqiqadan so‘ng Jungkook yonimga keldi. Hech narsa demay qarshimdagi bo‘sh joyga o‘tirdi.

—Keldingmi—dedi u nihoyat.

Men unga qarab qo‘ydim, lekin hech narsa demadim.

—Nega jimsan?— Ovozi past va biroz sovuq.

—Bugun ko‘p gapirish niyatim yo‘q—dedim sekin.

—Men bilan gaplashganingni o‘zi yetadi.

Bu so‘zlardan so‘ng nigohlarimiz yana to‘qnashdi. Unga hech nima demadim. Ko‘zlarimda hech nima yo‘qdek ko‘rinardi, lekin yuragim qattiq urib turgandi. Uning esa nigohida nimadir bor edi. U meni o‘qishga urinar, men esa hech narsani ochmasdim.

Yonimizga kelgan odam Jinxe edi. U har doimgidek muloyim tabassum bilan menga qaradi.

—Salom Youra. Bugun juda chiroyli ko‘rinyapsan.

—Rahmat sen ham.

Jungkook indamay o‘tirardi. U bilan Jinxe orasidagi sovuqlikni ilg‘ash qiyin emasdi. Ular bir-biriga to‘g‘ri qaramasdi. Men esa bu holatni sezmaslikka harakat qildim.

—Men boshqa do‘stlarimiz oldiga o‘taman,—dedi Jinxe sekin. So‘ng yana menga jilmayib qo‘ydi va ketdi.

—Men toza havoga chiqishim kerak.

Hamma shovqin ichida, lekin men jimlikni sog‘indim. Ichim siqildi. Havoning og‘irligimi, yo odamlarning yolg‘on kulgisimi bilmadim. Ammo yuragim siqilayotgani aniq edi.

Stakandagi ichimlikni stolga qo‘ydimda hech kimga hech nima demay, sekin orqaroqqa qarab yurdim. Hech kim sezmadi. Balki sezishmadi. Yaxshi.

Orqa eshikdan chiqdim. Darrov yuzimga yengil shamol urildi. Naqadar yengillik. Nafasimni ichimga tortdim. Ko‘kragim ochilgandek bo‘ldi.

Osmon qorong‘i, lekin yulduzlar tiniq. Hamma joy jim. Ichkaridagi shovqin endi uzoqdan eshitiladi, go‘yo men boshqa dunyodaman.

Deraza tokchasiga suyanib, uzoqqa qaradim. O‘zimni topishga harakat qilardim. Men kimman? Bu dunyoda men qanday rol o‘ynayapman?

Birdan orqamda eshik ohangsiz ochildi. Qadam tovushlari sekin. Ammo men ortimga qaramadim.

Chunki kim kelganini yuragim allaqachon sezgandi.

Youra

Qadam tovushlari menga yaqinlasha boshladi. Og‘ir, lekin ohista. To‘xtadi. Yonimda. Baribir ortimga qaramadim. Kimligini sezardim.

—Senga bu yer yoqadimi? — dedi u. Ovozi past, tinch.

Bir muddat jim turdim. So‘ng asta javob berdim:

—Ichkaridan yaxshiroq.

U yonimga suyanib turdi. Shamol sochlarimni yuzimga irg‘itdi. U qarab turganini bildim.

—Hamma bilan kulib gaplashib yuribsan, lekin ko‘zlaringda... jimlik bor.

Qarasam, u qarab turardi. Nigohi chuqur, aniq. Lekin bu safar o‘sha sovuqqon nigoh emasdi. Unga qarab qo‘ydim.

—Hamma narsa gapda emas, Jungkook. Ba’zida jimlik ko‘proq aytadi.

U boshini egdi, biroz kulimsiradi.

—Sen o‘zgachasan Youra.

Bu gapni eshitib, yuragimda nimadir titradi. Lekin o‘zimni qo‘ymadim. Uning ko‘ziga tik qaradim.

—Men o‘zgacha bo‘lish uchun yashamayman. Shunchaki... omon qolish uchun yashayman.

Biz jim turdik. Shamol bizni o‘rab oldi. So‘zsiz hamma narsa tushunarli edi.

Lekin men yuragimdagi tuyg‘ularni hali tan olishga tayyor emasdim.

6-boʻlim tugadi.

Muallif: Youra Miller
Kanal: Painful fanfics