June 3, 2025

Nafrat

8-boʻlim "Ishonch"

Ikkimiz ham oʻq kelgan tomonga qaradik. U yerda otishma boshlanib ketganiga guvoh boʻldik. Jungkook qoʻlimni ishlab panaroq joyga olib ketdi. Yugurib ketar ekanmiz u qoʻlimni qattiqroq ushlar edi. Yoʻlimizdan bir xona chiqdi. Biz oʻsha xonaga kirdik, u yer tiqilinch edi.

—Sen shu yerda qol men esa koʻrib kelaman—u choʻntagidan qurolni chiqardi.

—Nega? Men qolishim kerak men ham sen bilan boraman.—men qatʼiylik bilan gapirdim va koʻylakgimni koʻtardim. Men doim oʻzim bilan qurol olib yuraman. Men qurolni oldim.
U bu holatni kutmagan edi

—Sen oʻzing bilan qurol olib yurasanmi?—hayratlanib soʻradi.

—Sen meni kimligimni unutgan koʻrinasan meni "Yovvoyi gul" deb atashadi.—men oʻzimga ishonch bilan gapirdim.

—Ha toʻgʻri yaxshi unda yur

Men uni ortidan yurdim. Biz bazm honasiga yetib keldik. Zalda hali ham otishma izlari sindirilgan oynalar, yiqilgan stullar, yerda yotgan shishalar ammo hozircha sukunat.Jungkookni oldiga qora libosli, jiddiy qiyofali bir yigit keldi.

— Janob Felixning odamlari bazmga bostirib kirgan. Lekin biz mehmonlarning hammasini xavfsiz joyga yetkazdik.

— Qurbonlar yo‘qmi?

— Yo‘q, faqat ikki odam yengil jarohatlangan. Hozir ular shifoxonada.

Jungkook chuqur nafas oldi.

— Felixni topish kerak. Qanday qilib bizning bazmga bostirib kiradi? — dedim men.

Jungkook menga qarab turdi. U endi boshqa nigoh bilan qarardi meni nozik model emas, balki kuchli mafiyaviy sherik sifatida ko‘rayotgandi.

— Uni senda emas mendan qasti bor otasini oʻldirganim uchun.—bosiqlik bilan javob berdi.

— Ammo bu bizning bazmimiz edi. Demak bu menga tegishli, Jungkook.

— Agar sen rostdan ham men bilan bo‘lsang unda bu urush bizniki ikkimizniki.

Men qurolimni mahkam ushlab, sekin bosh irg‘adim.

— Men senga ishonaman. Lekin sen ham menga ishon. Yovvoyi gul kurashishdan toʻxtamaydi.

Jungkook iloji boricha jilmayishga urindi. Bu tabassumda minnatdorlik hayrat va ishonch bor edi.

To‘satdan orqa eshik ochildi va Jinxe yugurib keldi. U sal-pal qo‘rqqan bo‘lsada o‘zini tutishni bilardi.

— Hamma joy tinchmi? Men sizlarni qidirib chiqdim!

Men unga qarab jilmaydim hozircha. Ammo bu faqat boshlanishi.

—Hammasi nazoratim ostida havotirlanishga oʻrin yoʻq—jungkook hotirjamlik bilan gapirdi.

Men unga qarab jilmayib qoʻydim.

—Felixning bu qilmishi javobsiz qolmaydi.—Men buni javobsiz qoldirmayman.

—Albatta undan avval men undan oʻch olaman.— Sovuqqonlik bilan gapirdi

—Ha unda yaxshi Youra balki uyga ketarmiz men charchadim keyin ertaga Seulga qaytishimiz kerak. Shundogʻam kompaniyada ishlar toʻxtab qolgan.— Jinxe norozi boʻlib gapirdi.

—Hoʻp ketamiz norozi boʻlishni bas qil.—tanbeh bergandek gapirdim.

—Ertaga Seulga qaytasizlarmi?—Jungkook hayratlangandek soʻradi.

—Ha hozir esa biz ketishimiz kerak xayr Jungkook—men unga qoʻlimni choʻzdim.

—Koʻrishguncha janob jungkook—Jinxe ham qoʻlin uzatib, xushmuomalalik bilan jilmaydi.

—Jinxe meni janob deyishing shart emas oddiy Jungkook desang kifoya—Jungkook sekingina jilmaydi.

—Hoʻp Jungkook—Jinxe ham unga javoban jilmaydi.

Biz ortimizga o‘girilib yurib ketdik. Orqamdagi Jungkookning nigohi esa hali ham orqadan ergashib turgandek tuyuldi.

............

BMW M5 avtomobili Busan koʻchalari boʻylab katta tezlikda harakatlanardi. Ichida ming hil oʻy bilan Jungkook ketardi. Soat kechgi bir boʻlgani sabab koʻchada hech kim koʻrinmas edi.

Jungkook pov:

Nima qilishni bilmayapman. Seulga ketsamikan yoki Busanda qolsamikan bir qarorga kelishim kerak.
Hayol surib ketar ekanman. Telefoni jiringlashi hayollarimni chalgʻitib yubordi. Ekranda onam degan soʻz turardi. Telefonni oldim.

—Salom onajon nimadur boʻldimi?—jiddiylik bilan soʻradim

— Jungkook oʻgʻilim qachon Busanda qaytasan?—onam mehr bilan gapirdi.

—Ona menimcha ertaga qaytsam kerak nega kerak edi?

—Senga qiz topib qoʻydim juda ham chiroyli ekan—Onamni yuzidagi tabbasum arimagandi.

—Bu masala haqida gaplashgan edik.—Yuzimda oʻsha sovvuqon ifoda bor edi.

—Axir 28 ga kirding men nevarali boʻlishni istayman—nolib gapirar ekan yuzimga tabbasum yugurdi.

—Meni hali uylanish niyatim yoʻq deb sizga koʻp bora aytganman.

—Baribir oʻsha qiz bilan uchrashuvga chiqasan—qattiylik bilan gapirdi.

—Ona goʻshakni qoʻyabman ish chiqib qoldi hayr.

Onamni gapini eshitmay goʻshakni qoʻydim chunki ohiri qanday tugashini bilardim. Men uchrashuvlarni yoqtirmayman. Lekin hozirda faqat meni birgina narsa qiziqtiryabdi, bu ham boʻlsa "Yovvoyi gul" unga his tuygʻularim yoʻq deya olmayman.

............

Honada Youra oʻyga choʻmib oʻtirar edi. Honaning eshigini taqilatmagunga qadar.

—Kir

—Honim Felixni topdik hozir u shaxsiy omborxonangizda—qoʻriqchi mamnuniyat bilan gapirdi.

—Yaxshi moshinani tayyorlanglar uni bugun ohirgi
kuni boʻlishiga aminman—yovuzona jilmaydi.

Omborxona/

Zulmat, jimlik va temirning sovuq hidi. Felix boshini ko‘tarishga urinar, ammo zo‘r berib uni yerga bosgan qo‘riqchilar bunga yo‘l qo‘ymasdi. Qo‘llari orqaga kishanlangan, tizzasi yerga tekkizilgan, yuzi esa chang bosgan beton polga ezilgan edi.

Qadam tovushlari yangradi. Har bir qadam zalni larzaga solgudek edi. Nihoyat, u keldi.

Qora libosi, sokin, lekin xavf soluvchi nigohlari, qurolsiz ham dushmanini titratishga qodir shaxsiyati bilan qadam tashlab, Felix qarshisida to‘xtadi.

— Seni yaxshi kutib olishdimi? — dedi bepisand ohangda.

Felix boshini biroz ko‘tardi, ammo Youraning oyoqlaridan yuqoriga qarashga jur’ati yetmadi.

— Sening ahmoqliging tufayli ikki odam jarohat oldi, men esa bazmimni yarmida tark etdim. Bu holat meni ranjitdi Felix.

U yengil egilib, uning qulog‘iga.

— Menimcha, sen hali ham meni o‘sha sodda qiz deb o‘ylaysan. Lekin bu yerda endi "Yovvoyi gul" turibdi.

Felix qattiq yutindi. Qo‘riqchilardan biri unga mo‘ljallangan qurolni uzatdi.

— Hozir seni o‘ldirishim mumkin. Lekin bu juda ham sen uchun yengil jazo bo‘ladi. Sen esa azobli oʻlimga loyiqsan.

Qo‘riqchilarga qarab buyruq berdi.

— Uni qamab qo‘ying. So‘ngra harakatni boshlaymiz.

Youra ortiga o‘girildi. Felix esa hali ham tiz cho‘kkancha, uning ortidan jim qarab turardi.

...........

Yarim tun. Uzoq yo‘l mashinam harakatlanyabdi. Lekin fiklarim joyida emas.

Birdan telefonim jiringlay boshladi. Telefondagi yozuvdan bu kimligini bilib oldim. Mening shaxsiy yordamchim.

— Nimadur boʻldimi?

— Janob Jeon, Youra xonim Felixni tutibdi.

— Qayerda?

— Shaxsiy omborxonasida.

Mashinani chetga olib to‘xtatdim. Ustimga huddi togʻ qullagandek boʻldi. Nafaqat Felix uchun balki Youra uchun ham. U o‘zgaribdi juda.

— Qachon bo‘ldi bu?

— Yaqinda, lekin xonim uni oʻldirmabdi. Lekin uni koʻp jazo kutyabdi.Qattiq sovuq edi deya ta’riflashdi.

Bir zumda xayolimga o‘sha so‘nggi ko‘rishimiz keldi. Menga mehr nigohi bilan qaragancha yuragini yashirgandi. Endi esa u butunlay boshqa odamga aylangan.

— Boshqa ma’lumot bormi?

— Yo‘q janob. Faqat siz bu ishni to‘xtatmoqchimisiz?

Javob berolmadim. Chunki qalbim ikkiga bo‘lingan edi. Men uni himoya qilmoqchiman Lekin u endi o‘zini hamma narsadan kuchli ko‘rsatmoqda. Endi u mening himoyamga muhtoj emas.

Ammo baribir u mening Yovvoyi gulim.

— Hozircha hech nima qilmaymiz. Ko‘raylikchi u qanday harakat qiladi. Men faqat kuzataman ammo hozircha.

..............

Youra omborxonadan chiqdi. Toza havodan chuqur nafas olmoqchi bo‘ldi, ammo shu payt orqasidan nimadir qattiq zarb bilan kelib urildi. Og‘riq butun tanasiga yoyildi.
Yerga yiqildi. Nafas ololmay qoldi.
Unga hujum qilgan odam maska taqqan, baland bo‘yli, qo‘lida pichoq bor edi. Felixga buyruq bergan haqiqiy xo‘jayin mafiya ichidagi yanada kattaroq kuch vakili.

— “Yovvoyi gul” degan laqab ortida nima borligini ko‘raylikchi — deb pichirladi hujumchi sovuqqina.

U pichoqni ko‘targan payt.

“PAQ!”

Birdan qurol ovozi yangradi. Hujumchining peshonasidan qon otilib chiqdi. Jasad yerga quladi.

Youra zo‘rg‘a boshini ko‘tardi. Qon yelkasidan oqmoqda edi. Ammo ko‘zlari beixtiyor o‘sha qorong‘ilikdan chiqib kelayotgan tanish qiyofaga qadaldi. Jungkook.

U sekin yurib yaqinlashdi. Qo‘lida tutgan qurol hali ham issiq edi.

Ko‘zlarida na g‘azab na
rahm faqat ichidagi yovvoyi sukunat va kuch bor edi. U pastga Youraning jarohat olgan yelkasiga qaradi.

— O‘zingni kuchli qilib ko‘rsatishing mumkin lekin sen hanuz menga zarursan, Yovvoyi gulim — dedi u ohangsiz ammo yurakni teshib o‘tadigan ovozda.

Youra jim qaradi. Og‘riq, qon va yurakning ichidagi chuqur titroq. U bu safar indamadi. Ammo ko‘zlarida nimadir yorishib ketdi.

8-boʻlim tugadi.

Kanal: Painful fanfics
Muallif: Youra Miller