May 27, 2025

Nafrat

7-boʻlim "Tuygʻularim"

—Men bazmga kiraman havo salqinlashdi—men gaplarimni aytib bazmga kirib ketim.

Kirishim bilan kimdurga urilib ketim.

—Hoy koʻzingizga qarasangiz boʻlmaydimi?—men gʻazablanib gapirdim.

—Kechiring honim

U muloyimlik bilan kechirim soʻradi.

—Hech qisi yoʻq endi koʻzingizga qarab yurasiz degan umiddaman—men unga boshimni tik tutib gapirdim.

—Honim juda ham meni qiziqtirib qoʻydingiz.

U menga hushomat qila boshladi. Menga bunday narsalar yoqmaydi.

—Siz esa yoʻq—men unga dadil gapirdim

—Juda ham dadil ekansizmi? Ismingizni bilsam boʻladimi?

—Ismim Youra Miller oʻzingiznikichi?—xotirjamlik bilan savol berdim.

—Ismim Kai—U menga kulib qoʻydi.

—Tanishganimdan hursandman—unga nim tabassum qildim va qoʻlimni uzatdim u qoʻlimni silkim qoʻydi.

—Endi ketishim kerak.

Jinxeni topishim kerak u qayerda ekana?

Men zal ichida yurib, koʻzlarim bilan Jinxeni qidirar edim. U ko‘rinmayapti. To‘g‘risi bu bazm meni biroz charchatdi. Atrofdagi ovozlar, musiqa, kulgular, hushomadlar hammasi qalbimni siqib tashladi. Lekin men bunday vaziyatlarga o‘rganganman. Hamma narsa ko‘rinadigan darajada mukammal bo‘lishi kerak.

Orqamdan kimdir meni chaqirdi.

— Youra

Orqamga o‘girilsam — Jungkook turibdi.

Menimcha u bilan hozirgina koʻrishdik.

— Nima kerak? — sovuqqlik bilan gapirdim. Tan olishim kerak kayfiyat minutiga oʻzgaradi.

— Senga gapim bor faqat bir daqiqa ajratsang kifoya.

— Meni eshitishni istaganlar ko‘p. Sen kut navbatda tursang ham bo‘ladi. Kotibamga yozilib qoʻysang ham boʻladi—miyigʻimda kulib qoʻydim.

Uning yonida turganimda boshqacha bo‘lib qolaman.

U orqamdan bir qadam yaqinlashdi.

— Sening kayfiyating oʻzgardimi?

Men javob berishni oʻzimga ep bilmadim.

Yo‘lak ohirida Jinxe ko‘rinib qoldi. U qo‘lidagi sharob stakanini silkitib, kulib turgan edi.

— Jinxe! Nihoyat seni topdim! — dedim va unga yaqinlashdim.

— Youra meni yolg‘iz tashlab ketding-ku — u biroz kinoyali ohangda gapirdi.

— Bu yerda g‘alati odamlar bor. Yangi tanishim Kai masalan haddan ortiq mehribon.

— Kai? — Jinxe ajablanib qaradi. — Qoramtir sochli, baland bo‘yli, jigarrang ko‘zlikmi?

— Ha, aynan o‘sha

— Hmm… men u haqida eshitganman U yangi ittifoqchilarimizdan biri ekan.

— Shundaymi? — dedim shubha bilan.

Orqamda yana kimningdir qadam tovushlari eshitildi. Jinxe menga yaqinroq kelib, sekin pichirladi.

— Orqangda Jungkook turibdi.

Men hech qanday reaksiya bildirmadim. Nafas oldim chuqur og‘ir. His-tuyg‘ularim meni ezayotganini tan olmasam ham bo‘lmaydi.

Lekin men kuchliman. Men Youra Miller "Yovvoyi gul"man.

Men orqamga o‘girildim. Va unga aytdim

—Kayfiyatim yaxshi boʻlganda kelishing mumkin lekin hozir emas.

Jungkook hech narsa demadi. Faqat uzoq sokin nigoh bilan qarab turdi.

Jinxe nari ketdi bazimdagi odamlarga qo‘shilib ketdi.

Jungkook esa hali ham qarshimdada turardi. Qadamlarimni davom ettirish o‘rniga bir lahzaga to‘xtadim.

— Iltimos, meni jinoyatchi yoki dushmaningdek ko‘rma Youra — dedi u.

Men unga savol nazari bilan qaradim. Bu safar sovuqqonlik bilan emas, balki yumshoqlik bilan.

— Men seni kimligingga qarab baholayman. Hozircha sen hamkorimsan faqat shu

Jungkook yengil kuldi.

— Faqat hozircha— dedi u past ovozda. — Ammo men ko‘proq bo‘lishni xohlayman.

Bu so‘zlar kutilmagan edi. Yuragim bir urib, yana tinchlandi. Men birozgina jilmaydi.

— Bu senga bogʻliq. Ammo hamma narsa vaqtga bog‘liq. Menga ko‘p narsa emas ko‘proq ishonch kerak.

U men tomonga bir qadam tashlashni boshladi.Men ham sekin orqaga qadam tashlashni boshladim.

U qadam bosishni toʻxtatdi.

— Ishonch… uni qozonish uchun qancha vaqt kerak? — dedi u qatʼiyat bilan.

— Ba’zilar uchun bir lahza yetadi, ba’zilar uchun butun umr ham kam.—men unga tik qarab javob berdim.

—Yaxshi unda oʻsha ishonchni qozonishni istayman.

Biz bir birimizda nigohimizni uza olmadik lekin toʻstadan oq ovozi eshitildi. Biz ikkimiz oʻsha tomonga qaradik.

7-boʻlim tugadi.

Muallif: Youra Miller
Kanal: Painful fanfics