May 13, 2025

Nafrat

5-boʻlim "niqoblar ostida"

Ara pov:

Bir nechta ulkan binolar orasida, yo‘lni kesib o‘tayotganimda bir ovoz eshitdim. Bu meni ajablantirmadi, lekin har bir narsaga shubha bilan qarashimni davom ettirdim. Kimdir menga yaqinlashayotganini sezdim. Bu faqat tasodifiy uchrashuvmi yoki men bilmagan biror narsa borligini bildirmoqchimi?

Ortimga qarar ekanman u yerda Youra turar edi. U qanday bu yerga kelib qolgani meni oʻylantira boshladi.

—Bu yerda nima qilyabsan?—u mendan jiddiy ohangda soʻradi.

—zerikganim uchun senchi?—men qisqa javob berdim.

—yaxshi unda men Villaga ketim sen ham tezroq villaga bor nonushtaga kech qolma—u buyruq ohangda gapirdi.

—hoʻp bir oz sayr qilaman.

—yaxshi.

Youra oʻzining moshinasi tomon borar ekan men tomon nigoh tashladi. Baʼzida u juda kuchli lekin men uchun mehribon koʻrinadi. U bilan bolalikdan boshlab dugonamiz aslini olganda huddi opa singillardekmiz. U menga qiyin vaqtimda juda koʻp yordam bergan. Bu uchun undan juda minnatdorman. Koreyaga koʻchib kelganimizga 10 yil boʻldi. Biz bu darajaga yetishish uchun juda koʻp qiyinchilik koʻrdik. Hayol surib uyga yetib qolganimni ham sezmay qoldim. Villaga kirishim bilan ulkan darvoza eshiklarini tansoqchilar ochdi va tazim qilishdi. Men ularga boshimni raxmat deganday silkib qoʻydim va uyga kira boshladim. Kirar ekanman Youra oshxonada nimalar bilandur band edi.

—Keldingmi?—u menga qaramay gapirdi.

—ha keldim nimalar bilan bandsan?—mem sekinlik bilan soʻradim.

—hizmatchilar bugun kela olmas ekan shuning uchun nonushta tayyorlayabman uyda faqat jinxe men va sen boshqalar ketishgan sohilga

—ha chunarli unda men kiyimlarimni kiyib chiqay keyin birga nonushta qilamiz—men unga gapirib honam tomon yoʻl oldim.

Jinxe pov:

Koʻzimni gʻira-shira ochdim. Boshim juda ham ogʻriyabdi menimcha meyoridan ortiq ichib yuborganman. Honada faqatgina oʻzim villa suv quyganday jim-jit. Menimcha boshqalar ketishgan boʻlishsa kerak. Ornimdan turdim va yuvinish xonasiga yoʻl oldim juda ham boshim ogʻriyabdi. Yuzimni yuvib chiqdim ustimga yengilroq kiyim kiydim. Pastki qavatga chiqdim. U yerda Youra turar edi. U bir nimalar bilan bandga oʻxshaydi.

—Turdingmi?—u meni sezdi.

—ha boshim juda ham oʻgʻriyabdi.—gʻinshib javob berdim.

—yonimga kelda dori ich yordam beradi.—u buyruq ohangda gapirdi.

Men uni oldiga borib dori ichdim boshimni oʻgʻrishi sal boʻlsada qoldi.

—menimcha juda ham koʻp ichib yuborgansan

—ha—men unga qarab kulimsiradim.

—ovqat tayyor Arani chaqir nonushta qilamiz.

Arani chaqirish uchun tepa qavatga koʻtarildim. Eshikni taqillatdim Ara eshikni ochdi.

—Nihoyat eshikni ochding nonushtaga tushar ekansan Youra aytyabdi.

Jinxe

—hoʻp besh minutda tushaman—u honasiga kirib ketdi.

Men pastga yana tushishim kerak. Zinalar juda ham koʻp menimcha 50 zina boʻlsa kerak bu Ara ham 3 qavatda honasi. Tezroq tushay undan koʻra juda ham och qoldim. Huddi ming yil ovqat yemagandayman.

__

Jungkook pov:

Yonimdagi odamni gaplari meni juda ham zeriktirdi kechagi tun qiziqarli boʻldi. Youra juda ham qiziqarli uning nimasidur meni oʻziga tortadi. U juda ham sirli menga aslini olganda shunday qizlar yoqadi. Bugun men bazim uyushtirmoqchiman unga Millerlar oilasini ham taklif etdim. Ular meni hamkorlarim ahir.

—Eshityabsizmi Janob Jungkook?— yonimdagi hamkorim menga savol berdi.

—ha gapiravering—uning gaplari juda ham choʻzilib ketdi.

—kompaniyam siz bilan bitim tuzishga rozi—men uni qoʻlini silkib qoʻydim.

—siz bilan shartnoma tuzganimga bagʻoyat xursandman janob Jungkook—u menga sekin jilmaydi.

2 soatdan soʻng/

Xonamda hujjatlarni imzolab oʻtirganimda. Eshik taqiladi uning kimligini tahmin qildim.

—kiring—dedim qattiyat bilan.

Eshik ochilib Namjoon kirib keldi.

—Janob Jungkook siz aytgan hamma narsa bazm uchun tayyorlanib boʻlindi.

—Ha yaxshi unda men ham bazmga tayyorlanay—men unga qarab qoʻydim.

Namjoon menga tazim qilib xonadan chiqib ketdi.Men shkaf tomon yurdim va bazm uchun tayyorlangan kastyimni oldim.

Jungkook

Kechki bazm/

Mehmonlar birin ketin kirib kelishar edi. Ular ichida mening yaqinlarim ham bor edi. Ularning yarmi biznesmen va boshqalari mafialar edi. Men ham mafialar bilan koʻpgina aloqam bor. Meni koʻpincha "Qora boʻri" deyishadi. Oʻzimga tanish boʻlgan yuzlarni koʻrdim. Bu Teahyung va Suga edi. Ular meni yaqin doʻstlarim desam ham boʻladi. Ular bilan bolalikdan beri doʻstmiz.

—Bugun bizning doʻstimiz juda ham kelishgan—deb kuldi Suga.

—Undan bugun qizlar koʻz uza olmaydi—Sugani gapiga qoʻshildi Teahyung.

—Maynavozchilikni yigʻishtirish vaqti kelgandir balki?—men ularga sovuqqon gapirdim.

—Bugun juda ham jiddiysan buning sababi nima bilsak boʻladimi janob Jungkook?—Suga biroz hayratlanganday gapirdi.

—Ha toʻgʻri Sugani gapiga qoʻshilaman nimadur boʻldimi?

—Yoki biron qiz seni hayolingni oʻgʻirladimi—32 ta tishini koʻrsatib tirjaydi Suga.

—Menimcha anavi qiz oʻgʻirladimi yuragingni—orqa tomondagi qizga ishora qildi.

Tepa zinalardan Youra tushib kelar edi. Uni egnidagi kiyim uni jozibador koʻrastardi. Jungkook unga tikilib qoldi. Nafaqat Jungkook va boshqa erkaklar ham. Bundan Jungkookni jahli chiqdi.

Youra shu kiyimda

5-boʻlim tugadi.

Muallif: Youra Miller
Kanal: Painful fanfics