Nafrat
9-boʻlim "Vahshiy boʻrining sevgisi"
—Men senga muhtoj emasman!—deya baqirdim meni ovozim men oʻylaganimdan ham balandroq chiqdi.
—Yovvoyi gulim sal pastroq gapir qulogʻim kar emas— menga qarab kulib qoʻydi.
U meni rostdan ham mazah qilyabdi. Men undan chinakamiga nafratlanaman.
—Mendan nafratlanishingni bilaman
Nima u meni ichimdagi gaplarni oʻqiyabdimi? Ogʻriq kuchayganini sezdim.
—Koʻp gapirmasdan shifoxonaga olib bor.
U menga yaqinlashdi. Yurak urishim tezlashdi. Jungkook sekinlik bilan meni koʻtardi va mashinaga olib bordi. U katta tezlikda haydar ekan meni koʻzlarim yumilshni boshladi. Ogʻriq kuchayib boryabdi. Koʻzlarim yumilib ketyabdi...
Mashinani eng katta tezlikga qoʻydim yonimda Youraga nigoh tashladim u allaqachon hushidan ketgan edi, undan havotirlanishni boshladim. Yurak urishini tekshirib koʻrdim hali tirik, u kuchli va bardoshli.
Biz shifoxonaga yetib keldik tezlik bilan mashinadan tushdim va u oʻtirgan joyni eshigini ochdim. Yourani qoʻlimga koʻtardim. Shifoxonaga kirishim bilan ular meni tanidi. Ular yonimga kelib Yourani olib zambilga yotqizishdi va uni reanimatsiya boʻlimiga olib kirib ketishdi. Doktor Lee yonimga keldi.
—Janob Jungkook meni ortimdan yura olasizmi sizga bir nechta savollarim bor.
—Hoʻp—jiddiyligimni saqlagan holda gapirdim.
—Marhamat Janob Jungkook—Doktor Lee yonidagi stulni koʻrsatdi. Men borib oʻtirdim.
—Hoʻsh menga qanday savollaringiz bor?—sokinlik bilan soʻradim.
—Janob Jungkook unga kim boʻlasiz?
—U menga qadrli boʻlgan inson agarda unga nimadur boʻlsa siz javobgarsiz shuni unutmang Doktor Lee!
—Havotir olmang Janob Jungkook sizning ishonchingizni albatta oqlayman!—Doktor Lee menga tazim qildi.
Telefonimdan habar keldi. Bu Namjoon endi men unga hammasi haqida maʼlumot toʻplashni buyurgan edim buning ortida aslida kim turibdi.
Habarda:
:Jungkook Felixga buyurgan odamni topdim u hozir omborxonada uni nima qilaylik?
—Doktor Lee Youra eʼtiborliroq boʻling men 2 soatdan kelaman.
—Hoʻp Janob Jungkook—Doktor Lee menga tazim qildi.
Men tezlik bilan honadan chiqib ketdim. Youra yotgan honaga bir nazar tashladim u begʻubor boʻlib yotardi. Lekin meni hozir vaqtim yoʻqligi sabab ketishim kerak. Ohirgi bor Youraga qaradim va shifoxonadan chiqib ketdim.
Omborxonaga kirishim bilan qoʻriqchilarning bari menga bosh egishdi.Omborxonada ikkita sutga bogʻlangan holda Yoonho bilan Felix oʻtirardi. Ularning ogʻzi va koʻzi berkitilgan edi. Qoʻriqchilarga ularni koʻzlarini ochishni buyurdim. Yonidagi stollda har xil qiynovchi buyumlar turardi.
—Kimlarni koʻryabman Janob Jungkook bizni koʻrishga kelibdimi—Yoonho mazahlagandek gapirishni boshladi.Uni yuzida sogʻ joyi qolmagan edi.
—Yoonho sen juda zaifsan shuni bilasanmi?—jiddiy ohangda gapirdim. Uni mazahlashi menga zarracha taʼsir qilmaydi.
—Seningcha zaifmanmi aslida bu yerda haqiqiy zaif sensan Jungkook ahahahh—Yoonho telbalarcha kulardi.
—Yoonho Felixga sen buyurdingmi?—Felixga ishora qildim.
—Aslida bu ishni oʻzim qildim!—Felix menga qattiq ovozda baqirdi.
—Exx Felix Felix baqirishing shart emas menimcha otangni oʻldiragimga jahling chiqgan boʻlsa kerak—sokinlik bilan javob berdim.
—OʻCHIR OVOZINGNI LANATI!!!—Felixni allaqachon jahli chiqqan edi.
—Felix sen shu qadar ahmoqsanki hatto meni oʻldira olmading.
—BASS QILL JUNGKOOKK SENI OʻZIM OʻLDIRAMAN!—Felix menga shu qadar baqirardiki uni tovushi menga umuman yoqmadi.
—Jim boʻl itvacha!—Felix jim boʻlib qoldi.
—Yoonho Yourani oʻldirmoqchi boʻlib katta hatto qilding.
Qoʻlimga temirni oldim va Yoonho tomonga qarab yura boshladim. Yoonho zir titrashni boshladi. Uning yoniga borib unga vahshiyona tikildim. Qoʻlimdagi temirni uni orqa bosh qismiga urdim. U stul bilan birga yiqildi. Uni koʻp bora urdim u allaqachon xushidan ketgan edi. Boshqa stulda Felix oʻtirardi uning yuzi oqarib ketgan edi.
—Menga tegishli boʻlgan narsaga xamla qilgan odamning doimo qismati shu boʻladi. Yoonho Sen hali oʻlmaysan seni bundan ham battarroq ahvolga solaman shuni unutma—jiddiylik bilan gapirdim.
—Menga qara! — qattiqroq baqirdim va stulni tepib yubordim. U menga qaradi.
—Meni va Yourami o‘ldirmoqchi bo‘lganing bu eng katta xato. Chunki men uni senga o‘xshaganlardan asrash uchun jonimni ham beraman — ovozimni pasaytirdim.
Felix meni tinglardi lekin hech narsa demasdi.
— Bilasanmi Felix men Yourani avval faqat sherik sifatida ko‘rganman. Ammo endi u faqat sherik emas. U menga kerak. Ko‘nglimga chuqur o‘rnashib ulgurgan. Endi meni faqat o‘lim undan ajrata oladi!
Felix kulib yubordi.Bu meni battarroq asabiylashishimga sabab boʻldi.
— Sevgi deyasanmi? Senga o‘xshaganlar sevgi nima ekanligini bilmaydi!
— Sen xohlaysanmi yo‘qmi o‘sha Yovvoyi gul men bilan.
— Lekin yodda tut unga kim ziyon yetqizmoqchi boʻlsa uni eng battar ahvolga solaman oʻzi oʻlishni xohlamagunga qadar!
— Bu yerni tozalang. Unga hozircha tegmang. Ammo u harakat qilsa o‘ldiring.
Asta orqasiga burildim. Qorong‘u omborxonadan chiqib ketdim. Hozir Yourani koʻrishim kerak.
Kasal xonaga yetib keldim. Yourani xonasi tomon yura boshladim. Eshikni ochdim honada Youra uxlab yotardi.
Yonidagi stulga oʻtirib uni qoʻlini asta ushlab yanogʻimga qoʻydim. Unga qarab qancha vaqt oʻtganini ham sezmay qoldim. Yourani qoʻlini sekin qimirladi. U asta sekin koʻzlarini ochdi va menga tikilib qoldi.
—Nega qarab qolding Kelishgan boʻlganimgami—unga qarab kulishni boshladim.
—Jungkook hazil qilishni bas qil.—jiddiy ohangda gapirdi.
—Sekiroq yovvoyi gulim ahir shifoxonadamiz—unga qarab kulib qoʻydim.
—Meni bunday deyishni bas qil Jungkook!—u menga qarab yana baqirdi.
—Unda sen asabimga tegishni bas qil.
—Ahh ertaga Seulga ketishim kerak.
—Men seni olib ketaman havotir olma.
—Chunarli endi marhamat qilib ketsang Jungkook men uxlamoqchiman.
—Yoʻq shu yerda qolaman—qattiylik bilan gapirdim.
—Azizam baqirma qulogʻim kar emas. Men senga halal bermayman.—divanga borib oʻtirdim.
—Oʻzing bilasan ovoz chiqarishni hayolingga ham keltirma!