November 14, 2024

Turizm va iqtisodiyot fakulteti Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasidagi ochiq darsdan lavhalar.

Joriy yilning 10-oktabr kuni "Turizm va iqtisodiyot" fakulteti Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasi Bioiqtisodiyot ta'lim yoʻnalishi 2-bosqich (qishki) magistranti Ròziyeva Gulhayo Sodiqova ilmiy pedagogik amaliyot davomida egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida "Biznesni boshqarish" fanidan Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni rejalashtirish va boshqarish mavzusida oʻzining sinov ochiq darsini tashkil etdi.chiq darsga Magistratura boʻlimi hamda Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasining malakali oʻqituvchilari taklif etildi.

Dars reja asosida o‘tkazildi va do‘stona muhitda olib borildi. Ochiq darsning tashkiliy qismida 4-kurs agrobiznes yònalishi  talabalarining davomati olindi. Oʻtgan mavzuni mustahkamlash maqsadida "Aqliy hujum" uyushtirildi va talabalarning oʻtgan mavzuni qay darajada oʻzlashtirganligi sinovdan oʻtkazildi.Ochiq darsning asosiy qismida talabalar yangi mavzu bilan tanishtirildi.Yangi mavzuning yanada tushunarli va qiziqarli boʻlishi uchun slayd, koʻrgazmali materiallar, videorolikdan foydalanildi.