November 14, 2024

Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni rejalashtirish va boshqarish mavzusida ochiq dars

Joriy yilning 10-oktabr kuni "Turizm va iqtisodiyot" fakulteti Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasi Bioiqtisodiyot ta'lim yoʻnalishi 2-bosqich (qishki) magistranti Ròziyeva Gulhayo Sodiqova ilmiy pedagogik amaliyot davomida egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida "Biznesni boshqarish" fanidan Bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni rejalashtirish va boshqarish mavzusida oʻzining sinov ochiq darsini tashkil etdi.


Ochiq darsga Magistratura boʻlimi hamda Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedrasining malakali oʻqituvchilari taklif etildi.

Dars reja asosida o‘tkazildi va do‘stona muhitda olib borildi. Ochiq darsning tashkiliy qismida 4-kurs agrobiznes yònalishi  talabalarining davomati olindi. Oʻtgan mavzuni mustahkamlash maqsadida "Aqliy hujum" uyushtirildi va talabalarning oʻtgan mavzuni qay darajada oʻzlashtirganligi sinovdan oʻtkazildi.
Ochiq darsning asosiy qismida talabalar yangi mavzu bilan tanishtirildi.Yangi mavzuning yanada tushunarli va qiziqarli boʻlishi uchun slayd, koʻrgazmali materiallar, videorolikdan foydalanildi.

  1. Biznes imkoniyatlari, bozor munosabatlari, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish markazlarida rejalashtirish jarayoni va bashoratlash bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlar almashildi. Talabalar o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga javob oldilar.
    Sinov darsi ma'ruza dars sifatida tashkil etildi.Dars jarayonida an'anaviy va interaktiv metodlardan foydalanildi.
    Ochiq dars mashgʻuloti yakunida darsga tashrif buyurgan oʻqituvchilar tomonidan sinov dars haqida yakuniy xulosalar bildirildi va ushbu sinov dars namunali dars sifatida e'tirof etildi.
    "Ushbu sinov dars magistrantning kelajakdagi ilmiy va kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil eta olishini isbotladi",-deya fikr bildirdi Yashil iqtisodiyot va agrobiznes kafedra professor o'qtuvchilari.