Dreams
2-qism
Y/n xodimning gapini eshitib, yuragi tez urishni boshladi. Min Yoongi uni izlatayaptimi? Bu tush emasmi? Bir necha daqiqa oldin sahnada unga qaraganini tasavvur qilgandi, lekin bu rost bo‘lishi mumkin emas!
— M-men bilan? – hayratdan arang so‘zladi Y/n.
Xodim mayin jilmayib bosh irg‘adi:
— Ha, u siz bilan uchrashmoqchi. Iltimos, menga ergashing.
Qizning boshi aylanib ketgandek bo‘ldi. Tana a’zolari bo‘shashib, joyidan jilmadi. Bu qanday sodir bo‘lyapti? O‘zi xayol qilib yurgan sahnalar birdan real hayotga aylanib qoldimi?
— U yerda nima bo‘ladi? – Y/n so‘rashga jur’at qildi.
— Hm… bilmadim, – xodim yengil kulimsirab yelka qisdi. – Balki Yoongi-nim biror narsa aytmoqchidir?
Bu gapdan qizning yanoqlari qizib ketdi. O‘ylashga vaqt yo‘q edi – bu imkoniyatni qo‘ldan boy berib bo‘lmaydi! Y/n bosh irg‘ab, xodim bilan kuliss ortiga yurdi.
Yo‘lak qorong‘i, biroz shovqinli edi. Yuragining urishi qulog‘iga eshitilayotgandek tuyuldi. Oqibat, bir eshik oldida to‘xtashdi. Xodim unga ishora qildi:
— Mana shu yerda kutib turadi.
Y/n chuqur nafas olib, eshik tutqichiga qo‘lini tekkizdi. Yuragi gup-gup urayotganini his qilib, asta eshikni ochdi…
Ichkarida, divanda yengil xonaki kiyimda o‘tirgan Yoongi unga qarab jilmayib qo‘ydi.
— Keldingmi? – ovozi past va mayin edi. – Seni nihoyat yaqinroqdan ko‘rish imkonim bo‘lyapti…