Dreams
1-qisim Dreams
Shovqin. Yorqin chiroqlar. Minglab ovozlar.
Y/n sahnaga qarab qotib qoldi. Qo‘llari titrab, yuragi urib ketganini his qildi. Bu lahzani orzu qilganiga qancha bo‘ldi? Nihoyat, oldida – atigi bir necha metr narida – BTS sahnani larzaga keltirardi. Yoongi... Uning rapi, harakati, yuzi... Hammasi real edi. Bu xuddi tushga o‘xshardi.
Shu payt Yoongi nigohi tasodifan Y/n tomon tushdi. Qiz ko‘zlarini yumib ochdi – adashmagan edi. Unga qarayapti! Bir necha soniya davom etgan bu ko‘z urishish yong‘in kabi yuragini qizdirib yubordi. Balki tasavvuridir? Axir, bu yerda minglab muxlislar bor. Lekin Yoongi yana qaradi. Va yana...
Qiz hamon qotib turardi. Atrofdagilar sakrab, qo‘llarini silkitardi, biroq Yoongi faqat unga qarayotgandek edi. U yengil iljaydi, so‘ng sahnada harakatini davom ettirdi.
Konsert oxirida Y/n o‘ziga kelolmay, ichida titrab turardi. Shunda orqadan notanish ovoz eshitildi:
— Kechirasiz, sizni biroz gaplashishga taklif qilishmoqchi...
Y/n shoshilib ortiga o‘girildi. Qarshisida qora kiyingan, qulog‘ida mikrofonli BTS xodimlaridan biri turardi.
— Kim? – deya qizning ovozi titradi.
Xodim tabassum qilib javob berdi:
— Min Yoongi.