March 13

Dreams

3-qism

Y/n eshik oldida bir lahza turgancha Yoongiga tikildi. U hali ham tush ko‘rayotgandek his qilardi. Yoongi esa divanda yengil xonaki kiyimda, charchoq aralash tabassum bilan unga qarab o‘tirardi.

— Keldingmi? — dedi u past va mayin ovozda. — Seni nihoyat yaqinroqdan ko‘rish imkonim bo‘lyapti...

Y/n qanday javob berishni bilmay, shunchaki bosh irg‘adi. Yuragi shunchalik tez urardiki, hatto nafas olishni unutgandek edi.

— O‘tirsang bo‘ladi, — Yoongi qo‘li bilan yonidagi joyni ko‘rsatdi.

Y/n asta qadam tashlab, uning yoniga o‘tirdi. Hali ham nima bo‘layotganini tushunib yetolmayotgandi. Bu qanday sodir bo‘ldi? Konsert paytida Yoongi sahnadan uni sezib, endi esa shaxsan uchrashish uchun izlatibdi. Bu realmi?

Yoongi esa qizni kuzatib, jilmayib qo‘ydi.

— Avvalambor, qo‘rqitib qo‘ygan bo‘lsam, uzr, — dedi u. — Lekin seni konsert davomida sezdim va… bilmadim, shunchaki uchrashgim keldi.

Y/nning ko‘zlari keng ochildi.

— Meni... sezdingizmi? — ovozi titradi.

Yoongi yengil kulib, bosh irg‘adi.

— Ha. Minglab odamlar orasidan ko‘zlarim beixtiyor senga tushdi. Hali ham tushunmayapman, lekin shu yerda o‘tirishingni xohladim.

Y/n nima deyishini bilmay qoldi. Orzularidan birini eshitayotgandek edi. Yoongi uni shunchaki ko‘rib, unga qiziqib qoldimi?

Xonada bir necha soniya jimlik hukm surdi. Yoongi birdan o‘zining telefonini oldi va ekranga qarab gapirdi:

— Hozir juda kech… Seoulning tungi manzarasi juda chiroyli bo‘ladi. Yashirincha aylanishga qanday qaraysan?

Y/nning yuragi yana bir bor urib yubordi. Yoongi bilan tungi Seoul bo‘ylab sayr qilish? Bu hazil emasmi?!

Qiz entikib unga qaradi. Ko‘zlarida minglab savollar mujassam edi, lekin Yoongi shunchaki kutayotgancha jilmayardi…

— Ha… men rozi, — dedi Y/n ohangdor ovoz bilan.

Yoongi qoniqib bosh irg‘adi.

— Ajoyib. Unda ketdik…