May 13, 2025

Breakfree

Author:Arixedaya Agreste

Chapter 2

2-bob: Ayriliq va Yangi Boshlanish

Robiya nihoyat 18 yoshga to‘ldi. Maktabni tugatish arafasida edi. Dugonasi Charos bilan birga diplom olishga tayyorlanayotgan edi. Ammo uning yuragi butunlay boshqa narsaga band edi — TOPIK imtihoni natijalari va IELTS. U o‘z ustida tinmay ishlagan edi. Mehnati zoye ketmadi — TOPIK-6 va IELTS-7 ball oldi.

U bu natijalarni qo‘lida ushlab, hayajon bilan uyga keldi. Onasi oshxonada idish artib o‘tirgan edi.

— “Oyi, qarang, men... men TOPIKdan 6 oldim. IELTSdan esa 7! Endi Koreyaga ketishim mumkin!” — dedi Robiya, ko‘zlari chaqnab.

Onasi sovuq nigoh bilan unga qaradi.
— “Yana o‘sha Koreya! O‘ylabman-da, sen borgan sari o‘zingni unutib, osmonga uchib yuribsan! Bu orzular senga emas!”

Robiya bunday javobni kutgan edi, ammo bu safar bardoshi yetmadi.

— “Agar otam bo‘lganida, u menga ishonardi! U menga qarshi chiqmasdi!” — deb baqirdi Robiya.

Onasi qattiq jahl bilan unga yuzini urdi.
Robiya titrab, ko‘z yoshlarini yutib, xonasiga kirdi. Yuragi ezilgan, onasining har doimgidek ishonchsizligi uni yana yerga urgan edi. Ammo bu safar sukut saqlamadi. U xaltalarini yig‘di, pasportini, diplomini va kecha sotib olingan samolyot biletini oldi.

Eshik oldida to‘xtab, oxirgi marta onasiga qaradi:
— “Men ketdim. Bu uy menga ortiqcha. Menga hech qachon ishonmagansiz. Iltimos, hech bo‘lmasa ruxsat bering...”

Onasi bir qadam yaqinlashib, yana yuziga urdi.
Robiya yig‘lab uydan chiqdi. Tashqarida tong otayotgan edi. Ko‘zlarida yosh, qo‘lida chamadon — u Koreya sari yo‘l oldi.


Aeroportda Robiya mashinadan tusharkan, hech kim uni kuzatgani kelmagan edi. Xuddi bu dunyoda yolg‘izdek his qildi o‘zini. Ichidan asta pichirladi:
— “Endi nima qilaman?”

Samolyotga o‘tirar chog‘ida, orzularini, o‘tgan dardli yillarni esladi. Onasining qattiq so‘zlari, otasining sog‘inchi — barchasi yuragini tirnab turar edi. Ammo u orqaga qaytmaslikka qat’iy qaror qilgan edi.

Samolyot yengil silkinib uchib ketdi. Robiya esa ich-ichidan yig‘lardi.


Seulga qadam qo‘yar ekan, dunyo o‘zgargandek tuyuldi. Bu yerdagi chiroqlar, odamlar, minora uylar — barchasi unga begona edi. Ammo bu begonalik ichida u birgina narsa bilan do‘st edi — umid.

U aeroportdan chiqdi. Yonida faqat bir shisha suv va kichik chamadon. Yaqinlarda hech kim yo‘q edi. Avtobusga chiqib, shaharga yo‘l oldi. Yo‘lda derazadan o‘tib borayotgan go‘zal manzaralarni ko‘zdan kechirar ekan, yuragi qo‘rquv va hayajon bilan urardi.

Seulga kirib kelganida, kech tushayotgan edi. U arzon kvartira qidirdi, lekin topolmadi. Yo to‘la edi, yo narxi juda baland. U ko‘chada qolib ketdi. Katta shaharning shovqinli, ammo sovuq qiyofasi orasida bir o‘zi yurganicha, chamadonini sudrab, parklardan biriga o‘tirdi.

Oyoqlari og‘rigan, ich-ichidan iztirobda edi. Charchagancha yerga cho‘kdi va osmonga qaradi.

— “Men orzularim sari keldim… Lekin nega bu orzu bunchalik og‘riqli?”

Shu payt, uzoqdan bir nur sochgan ayol unga yaqinlashib kelayotganini ko‘rdi…