Auothor:bekkaim
Oy nuri ostida...
Men u bilan ilk tanishganimda xuddiki u men uchun yaratilgandek tuyulardi. Uning kulishlari koʻzlari, hattoki hazillari ham meni aqlu- hushimdan ayirardi.U mening ilk muhabbatim ekanligini bilmasdi ham,lekin hayollarimda faqat u bilan boʻlishni istardim...
Endi nima qilaman aa axir biror ovaqtim yoqmasachi saroydan quvishsa nima qilaman degan hayollar boshimda aylanaverdi.
Saroy eshiklari ochildiyu oyoqlarim qoʻllarim yanada bataroq qaltiray boshladi,xuddiki hozir qoʻlimdagi ovqat yerga tushib ketguday boʻlardi
Toʻgrimda esa taxtda shahzoda oʻtirardi uning boshidagi toch shunchalik yorqinki koʻzlarim qamashdi,oʻylaganimdanda kelishgan ekan.
Uning yoniga borar ekanman u meni yeb qoʻygudek qarardi qoʻlimdan ovqatni olib shahzoda Adrianing stuli ustiga qoʻyishdi stuli katta ham emas kichik ham emasdi u taxtdan tushib ovqat yoniga kelib
Oʻsha ovqatni tayyorlagan qiz shu boʻladimi?
Albbata shu qiz shahzodam .deb aytdi yonida turgan allaqanday kiyim kiyib olgan vaziri
Nima oʻsha tayyorlagan ovqatimda biror kamchilik boʻlganmidi yoʻq yoʻq boʻlishi mumkin emas, u meni maqtamoqchi shuning uchun shu gapni aytdi.
Menga faqat uning koʻziga tik boqmaslikni aytishdi fikrlab keyin javob berishimni soʻrashdi va faqat yerga qarab turishmni tayinlashdi.
Bu qizning ismi kim men uni hech ham bu yerda koʻrmagandim.dedi shahzoda Adrian
Bu qiz 1 oy oldin kelgandi bizning barcha mashgʻulotlarimizdan aʼlo oʻtgan uning ismi Arabella dedi oʻsha vazir
Ich ichimdan hozir kimsan shahzodadan maqtov eshtaman deb quvonardim.
U taxtdan tushib haligi stul va stulcha yoniga borib turib ovqatga qarab taʼtib ham kormay men yonimga kela boshladi,
Qoʻrqinchli moviy koʻzlariga bir ikki marta koʻzim tushgandi axx esimdan chiqaribmanku axir unga tik boqish ham mumkin emasdiku .
Endi qoidani buzganim uchun meni jazolashlari aniq
U men turgan joyga kelib toʻxtadi. Unga tik boqolmasdim yerga qarab turardim uning faqat oyoqlari koʻrinardi.U juda baland ekan men uning yonida qizchasi boʻlib qolarkanman.
U kiyib olgan hashamdor kiyimlari yaltirab koʻzlarimni qamashtirdi.
U Yonimda toʻxtab tik boqishimni soʻradi.Endi nima qilaman menga tik boqishga ruxsat berilmagan axir u yana bir bor tik boqishimni soʻradi mayli nima boʻlsa boʻlsin shunga majburman.
Asta boshimni koʻtara boshladim uning bahaybat qadi qomati yonida men kichkina hashoratga oʻxshab qoldim.
Lekin men oʻylaganimdan ham chiroyliroq ekan uning malla rang qoshlari uzun kipriklari moviy koʻzlari qoradan kelgan sochlari, sochlari ustida turgan toji yanada nafis koʻrinardi.
Boshimni koʻtarishga togʻri keldi chunki unga tik boqishim kerk edi.
Deb gap boshlashni boshlaganimda hayolimda hozir mening ovaqtimni maqtaydi deb oʻylagandim aksincha u meni ustimdan kuldi
Tayyorlagan ovqatingning tuzi kam boʻlgan, nima shu ish ham qoʻlingdan kelmaydimi agar yana bir marta shunaqa qilsang seni bu yerdan quvishlarini buyuraman tushundingmi ...
Deb menga doʻq qilganday boʻldi,hozir hayolimda sharta yuziga tubirib haqoratlab ketishni oʻylab turgandim, nega meni boʻlmasa bosh oshpaz qilib tayinladi nima aqldan oʻzganmi bu men buni oliyjanob deb oʻylasam battar ezma ekan-ku bu.
Unga gapirgim ham kelmadi.Hayolarimda uni parchalab tashlagim kelardi .
Tushundingmi dedi .qoʻrqinchli ovoz bilan
Tushundim shahzodam endi qaytarilmaydi.deb boshimni engdim
U menga chiqib ketishimni aytdi...