𝐵𝑟𝑒𝑎𝑘𝑓𝑟𝑒𝑒
Derazadan tushayotgan quyosh nuri xona burchagidagi devorga urilar, qizil gilam ustiga iliq yaltirash tushirardi. Dasturxonda kechadan qolgan choy, non bo‘lagi va onasining jahli hali tarqamagandi. Robiya asta sekin yurib, stol chetiga o‘tirdi. Odatdagidek, jim edi. Onasining nigohi esa sovuq.
Onasi (qo‘lida ro‘mol, gapira turib idishni artib):
“Charos bilan yuraverib, boshing osmonga chiqib ketdi. O‘sha dugonang sen bilan birga o‘qiydi, lekin u kamtar. Senchi, faqat osmonni orzu qilasan.”
Robiya (sabr ila, sekin):
“Oyi, men ham orzu qilsam bo‘lmaydimi?..”
Onasi (qattiqroq ohangda):
“Orzu qilish uchun avval yerda yurishni o‘rgan. Sen orzu qilayotgan Koreya degan yering bizga begona. O‘zingga o‘xshaganlarga emas, boy-badavlatlarga!”
Robiya ichidan nafas oldi. Bu suhbat yangi emas edi. Har safar orzulari haqida gap ochsa, onasi uni yerga urardi. Unga hech kim ishonmasdi. Hatto eng yaqinlari ham.
Ertalabki havodan chang aralash sovuqlik kelardi. Charos eshik oldida kutayotgan edi. U oq sharf o‘rab olgan, qoshlarini chiroyli qilib tortib qo‘ygan, odatdagidek iliq tabassum bilan kutdi.
Charos:
“Ey Robi, yana onangmi? Qayta janjalmi?”
Robiya (kulimsirab):
“Ko‘rganingdek, baribir maktabga chiqib keldim.”
Ikki dugona yonma-yon maktabga qarab yo‘l oldi. Yo‘l bo‘yi xarob uylar, chang bosgan tomlar, po‘lat panjaralar oralab yurishdi. Ularning maktabi katta emasdi. Darslar ham zerikarli edi, lekin Robiya uchun bu joy — orzulari uchun yagona ko‘prik edi.
Darsda muallim ingliz tilidan gap ochdi. Sinf jim bo‘ldi. Faqat bitta qo‘l ko‘tarildi — Robiyaniki. U har doim til darslarida faol edi. Har bir yangi so‘z, har bir talaffuz — u uchun Koreyaga yaqin bir qadam edi.
Tanaffusda Charos bilan daraxt tagida o‘tirishardi.
Charos (nonushtadan chaqib):
“Sen shu tilni o‘rganib, nimaga erishmoqchisan? Rost ayt-chi?”
Robiya (ko‘zlarini qattiq ochib, osmonga qarab):
“Men Koreyaga boraman. Yonsei Universitetiga o‘qishga kiraman. Shifokor bo‘laman. O‘zim uchun emas, hech bo‘lmasa menga ishonmaganlar uchun isbotlayman.”
Charos unga qaradi. Ko‘zida hayrat, biroz hasad, ammo eng ko‘pi — hayolparast dugonasiga ishonish edi.
Charos (kulib):
“Mayli, Robi. Birinchi bo‘lib menga bilet olayver.”
Kechqurun Robiya yotoqda yotib, eski telefonda koreys tilidagi videolarni ko‘rardi. Har bir gapni eshitib, qulog‘iga yozib olar, keyin sekin-sekin takrorlardi. U til o‘rganish uchun pul topish maqsadida darsdan keyin mahalladagi nonvoyxonada ishlardi. Qolgan vaqtda esa telefon, daftar va orzu — uchligi bilan yashardi.
Onasi esa har kuni bir xil gapni takrorlardi:
Onasi:
“O‘sha Koreyangga pulni qayerdan topasan? Sen oddiy qizsan, bu orzular senga emas!”
Ammo Robiya bu gaplarga javob bermasdi. Uning javobi — har bir o‘rganilgan so‘z, har bir yig‘ilgan so‘m, va har kecha astagina aytiladigan duo edi.
Shu kechada, birinchi marta, yotgan joyida shivirlab o‘ziga so‘z berdi:
Robiya:
“Men bir kun Koreyada oqiman
Men hech qachon taslim bo‘lmayman.”
U shunday deb ko‘zlarini yumdi. Yostiqqa yuzini qo‘yganicha, yuragi entikib, ko‘zlariga yosh keldi. Ammo bu yoshlar zaiflik belgisi emasdi. Bu — orzu va qat’iyatning ko‘rinmas, ammo kuchli qasam edi.
Ertasi kuni erta uyg‘ondi. Nonvoyxonaga shoshilishi kerak edi. Qorong‘i tongda yurib borar ekan, qo‘lqopi yo‘q qo‘llari muzlab ketdi. Lekin yuragida bir chekka iliqlik bor edi. Bu iliqlik — ichki ishonchdan, orzularidan edi. Har harakati maqsad sari bo‘layotganini bilardi.
Nonvoyxona egasi unga jilmayib qaradi:
Nonvoy:
“Baraka topgur, yana erta keldingmi? Yaxshi ishchi bo‘lib ketyapsan.”
Robiya bosh irg‘ab, bir chekkadagi un xaltasiga qo‘l soldi. Og‘irligini his qilmasdi. Chunki har og‘ir xalta — uning kelajagi uchun qurilgan zinaning bir pillapoyasi edi.
Kechqurun uyga qaytgach, onasi odatdagidek jim edi. Faqat Robiyaning nam qo‘llariga qarab, sal bo‘lsa-da yuragi achiganday bo‘ldi. Lekin buni tan olishni istamasdi.
Stol ustidagi choyni siljitib, past ovozda so‘radi:
Onasi:
“Yana nonvoyxonadami eding?”
Robiya:
“Ha, oyi. Til kursiga pul yig‘yapman.”
Onasi hech narsa demadi. Faqat derazadan uzoqlarga qaradi. Go‘yoki u ham o‘zini yillar oldin bir joyda yo‘qotib qo‘yganday edi.
O‘sha kuni tunda Robiya yana telefoniga bosh egdi. YouTube’da koreys blogerining darsini ochdi. So‘zlarni yozib oldi, talaffuzni takrorladi. So‘ng daftarining orqa betiga katta harflar bilan yozdi:
U so‘nggi sahifani ilhom bilan yopdi. Har bir harakatida, har bir mashg‘ulotida yuragining tovushi eshitilardi:
“Men uddalayman.