Prezident sovg‘asiga sarflangan pullarga nima olsa bo‘ladi? Umuman, o‘zi uning xabari bormi?
Cobaltlar va Sparkning narxini hisoblab chiqdim.
O‘zbekiston bo‘yicha tug‘ilgan, ismlari prezident oilasi bilan bog‘liq uch farzandlilar 11 oilada tug‘ilgan (UzLife ma'lumotiga ko‘ra, afsuski, kun.uz'dan tug'ilishlar bilan bog‘liq hamma xabarlarni topa olmadim) - bu 11 Cobalt demakdir.
11 taga Tashabbuslar haqidagi she'r aytgan qizchaning va O‘zMU talabasining Kobaltini qo‘shamiz.
13 ta bo‘ldi. Qashqadaryolik ko‘p farzandli bo‘lgan, 7 ta bolasi bor akaga 1ta Spark berilgandi.
14 ta jami. Biz bilmagan boshqa Kobaltlar qancha...
Xullas, 14 mashina narxi - so‘mda (mashinalarning 1-pozitsiyasi misol uchun olindi) 1 118 858 535 so‘m bo'larkan.
Benjamin-u Linkolnlarda esa bu summa 131 321 dollar bo‘ladi.
Bu pullarga
• 745 dona nogironlar aravachasi xarid qilish;
• 2,5 mingdan ko‘proq Nebulizer ingalyatori sotib olish;
• O‘zbekistonda iste'mol savatchasi (adashmasam, hali yo‘q, hisoblab chiqilmagan. Oxirgi marta kun.uz'da yozilgan ekan) bo‘lgan taqdirda, masalan, 600 ming so‘m deb olsak, undan 1864 ta oilaga yetkazish mumkin.
Birovning pulini sanash yaxshi emas. Bizning prezidentimiz, bizning Vatanimiz deymiz-u, savol berishga, fikr bildirishga hayiqamiz.
Katta ehtimol bilan, prezidentning bunaqa pulsochdilardan xabari yo‘q. Xabari bo‘lsa, buyog‘ini bilmadim.
Kobalt olish ilinjida ism qo‘yayotganlarga esa ozroq insof, farzandlariga esa uzoq umr, ertaga o‘ziga, insoniyatga foydali ilm olishini tilayman.
⛩ Ushbu havola orqali Telegram'dagi kanalimga a'zo bo‘lishingiz mumkin.
Arigato gozaimashita!