𝖤𝖵𝖤𝖱𝖲𝖴𝖭
Amallab koʻzlarimni zoʻrgʻa ocharkanman, tanamdagi kuchli ogʻriqdan yuzlarim burishib ketdi. Boshimni yon tomonga burganimda, hissiz maxluq hechnima boʻlmagandek bemalol tinch uxlab yotardi.
Shu ishga majburlagani uchun undan jirkansammikin, yoki oʻzimdan. Lekin hechqachon singlim qilgan xatoning badalini toʻlayman deb oʻylamagandim. Yana bila turib jim turganida emas. Eski xotiralarni yodga olarkanman oʻz-oʻzidan koʻzlarim yumildi...
Uyga kechikib kelganim uchun atrofni zimdan tekshirib oyoq uchida qadam bosdim. Lekin yelkamga kelib tushgan tarsakidan choʻchib tushdim.
-Sen qiz yana qunduzxondek kutubxonada uxlab qoldingni bugun ham? Bir kuni meni ado qilasan. Bor choy damlab mehmonxonaga olib kir. Mana bu ustingdagi latta-puttalarni ham yoʻqotsang yaxshi boʻlardi.
-Uyga kimdir keldimi? Yoki qarindoshlarimizmi
-Sovchi keldi,axmoq sovchi! Tezlash!
Gapirishga ulgurmasimdan, mehmonxonaga shoshilib kirib ketgan onamga tikilib qoldim. Hozirgina sovchilar haqida gapirdimi? Axir oʻqimoqchi ekanligimni bilishadiku...
Oshxonaga kirib joy damlar ekanman singlim olmadan tishlab gap boshladi.
-Mana opa, baxting ham ochilib ketdi.
-Asabimga tegma Yunhee, hali turmushga chiqmoqchi emasligimni bilasan!
Ichkarida mensimay atrofni zimdan kuzatayotgan ikki ayoldan biri kesatib gapni ochigʻini boshlab yubordi.
-Kichik bebosh qizingiz jiyanimiz bilan nima qilganini bilasizmi?? Hozir uning kasriga nogironlar aravachasida oʻtiribdi. Qanday qilib bizni uyalmay bu yerga chaqirishingiz mumkin?
-Xato qilganini bilaman. Yoshlar beboshlik qilishibdi. Shunga katta qizim Daeyonni kelin qilishingizni soʻrayman. Juda yaxshi qiz indamay rozi boʻladi...
Ichkariga choy olib kirarkanman, asabiy holatda oyimga bir qarab qoʻydim. Kiyinishidan zodagonlardek koʻringan ikki ayol menga boshdan oyoq qarab qoʻyishdida, keyin onam bilan suxbatlashib ketishdi.
Men ham fursatdan foydalanib chiqib ketdim. Oshxonada u-yoqdan bu yoqqa besabr boʻlib yurarkanman. Birdan ichkariga xush kayfiyatda kirigan oyimga qarab ogʻir yutindim.
-Daeyon qizim, baxting ochildi deb hisoblayver. Jon deb seni kelin qilamiz deyishdi.
Men joyimda toshdek qotib qoldim. Chunki kutgan soʻzlarim bu emasdi. Yoʻq hali qizimni turmushga bermaymiz degan gapni eshitaman deb oʻylagandim. Oyimning boshqa gaplarini eshitib oʻtirmay, otamning xonasi tomon yurdim.
-Kel qizim otir. Oʻzi sen bilan gaplashib olmoqchi edim.
-Hammasidan xabaringiz bor shundaymi? Nega jim turibsiz..?
-Biz senga doim eng yaxshisini ravo koʻramiz. Yigitning oilasi yaxshi, oʻzi ham. Seni xafa qilishmaydi.
-Axir men oqimoqchiman. Oyim tushunishni ham istamayabdilar..
-Toʻydan keyin lzi oʻqitib oladi. Bizni norozi qilib qarshi chiqmasang kerakku?
Boshqa hech narsa deya olmay qoldim. Agar qarshi chiqsam otam yuzimga ham qaramasligini bilardim.
Oq harrir koʻylakda jimgina oʻtirarkanman, umrim davomida bir marta ham koʻrmagan insonimga turmushga chiqayotgandim. Eshik ochilib nogironlar aravachasida kirib kelgan oʻrta yoshli yigitni koʻrib kotib qoldim. Nima men nogironga erga tegyabmanmi. Ota-onam bila turib unga berib yuborishdimi meni..
Toʻyim qisqa vaqt ichida boʻlib oʻtdi. Oʻqish, kelajak qurish degan orzularim bir vaqtning oʻzida puchga chiqdi. Ich-ichimdan baxtsiz boʻlsam ham, toʻyimda quvonib qarsak chalib turgan ota-onam uchun ham tilimni tiydim.
Lekin qarshimdagi boʻlajak erimning yuzida hech qanday ifodani sezmadim. Na baxt, va na norozilik. Sezganim shu boʻldiki singlimdan koʻzini uzmasdi. Shu ondayoq bu yerda bir gap borligini tushunib yetdim. Bu ikkisining bir-biriga qandaydir aloqasi bormi..faqat sevgi emas.
Toʻy tugashi bilanoq mehmonlar birin-ketin tarqalishni boshlashdi. Ismini ham bilmaydigan erim menga etibor bermasdan uni mashinaga oʻtirishga yordam berishlarini soradi. Indamay yoniga qoshilganimda oxirgi marta uzoqdan ota-onamga qaradimda mayus tabassumni berdim. Mashina ishga tushishi bilan kozlarim orqada qolib ketdi..
Yunhee otasining yuzidan oʻpib erkalandida yengil nafas chiqardi.
-Mushkulimni osson qilganingiz uchun raxmat dadajon
-Etiborsizliging oqibati badalini opang toʻlayabdi hozir.
Yunhee bu gapdan ensasini qotirgancha qoʻl silkidida, javob berdi.
-Xavotir olmang dada, Taehyung yaxshi yigit. Hali bu zormonda qizingizni sevib qoladi. Topar-tutarmon boʻlsa!
Koʻrinishidan yaxshidek tuyulgan xonadonga yetib kelganimizda atrofni zimdan kuzatdim. Unga yordam bermoqchi boʻlganimda kerak emas degandek qoʻlini havoda muallaq ushlab turdi. Men ham indamay orqaga chekindim.
Ahvoliga qarab achinay desam, menga sovuq munosabat qiladi. Battar boʻl degandek men ham indamay mashinada otirdim.
Qorovuli aravasiga oʻtirishgia yordamlashgach, menga oʻqrayib qarab turganini koʻrdim.
-Senga ham tushishga yordam kerakmi deyman? Mendam romantik boʻlishni kutma
-Kutganim ham yoʻq. Bunday ahvolingdan nima ham kutish mumkin..
Dedim pastroq ovozda. Toʻyimizning birinchi kunidanoq haydab yubormasin deya indamay mashinadan tushdim.
Kelin koʻylagimnimg toshlari ogʻir boʻlgani uchun zoʻrgʻa koʻtarib ichkariga kirdim. Kirishim bilan atrofni zimdan kuzatdim. Yangi kelgan kelinni quchoq ochib kutib olishmasmidi, karnay-surnay deganlaridek..Bu qasrdek lekin huvvilab qolgan xonadonni koʻzdan kechirarkanman, ota uyimni bir zumda sogʻindim.
Boshimga nima kunlar tushishini bilmadimu, mana bu turqi sovuq "erginam" kun bermaydiganga oʻxshaydi. Kim birinchi kechada yangi xotiniga shunday munosabatda boʻladi. Toʻyda hali ham singlimdan koʻzini uzmay turganini eslasam, oʻyga chĺmaveraman.
-Qani Daeyon, nimadir qilib bolsa ham aldab-avrab eringni pinjiga kirib ol. Keyin sekin ichidagi dardlarini bilib olasan.
Oʻzimga shunday deya tasalli bergancha, dadillashib aravasini sudrab pastki xonaga kirgan ismini ham bilmaydigan erimning yoniga kirdim.
Old koʻylagining tugmasini batamom yechishga ulgurib boʻlganini koʻrib ortimga burildim.
-Kirishga kim ruxsat berdi? Istagan xonangga joylashib olishing mumkin. Meni bezovta qilma
Bu gapidan ensam qotib men ham boʻsh kelmadim
-Shu qaysi xonada yashashimni oldinroq aytganingizda, oliy xazratlarini bezovta qilib ham otirmasdim..
Gapimni tugatishga ulgurmasimdan yaxshiroq etibor bersam xona devorining har yerida singlimning surati yopishtirilgan ekan. Koʻzlarim moshdek ochilib ortimga burildim. Old koʻksi yalangʻochmi yĺqmi menga farqi yoʻq edi. Yagona bilishni istagan narsam bular nimani anglatishida
Uning muzdek sovuq ohangidan bermoqchi bolgan savolimni ham unutayozdim. Balki bugun ogʻir kun boʻlgani uchun charchagandir deb oyladim. Chunki koʻzlaridan koʻrinib turardi. Mayli deya indamay xonadan chiqdim.