August 18, 2025

My Vixen

𝖬𝖸 𝖵𝖨𝖷𝖤𝖭 || 𝖬𝖤𝖭𝖨𝖭𝖦 𝖴𝖱𝖦'𝖮𝖢𝖧𝖨 𝖳𝖴𝖫𝖪𝖨𝖬

3 oydan soʻng...

Boʻm boʻsh xonada yotoq ustuniga suyanib polda oʻtirgan yigit bir qoʻlini bukilgan tizzasi ustiga tashlagan holda oʻtirardi. Oʻsha voqeadan buyon shuncha vaqt oʻtsada haligacha oʻzi tikilib turgan homiladorlik testini tashlab yubormagan edi. Hissiz va charchagan koʻzlari hali ham shu ikkita chiziqdan uzilmagan. Taehyung yuragida his qilayotgan kemtiklik oʻrnini toʻldirolmayotgani uchun ham oʻzini ancha oldirib qoʻygandi. Soat allaqachon tungi birni koʻrsatsa ham yigitning koʻzlariga uyqu kelmasdi. Sekin poldan turib yotoqqa yotdi. Oʻzini uhlashga majburladi ammo ilojsiz. Yonidagi joy va doim toʻlib turgan bagʻri 3 oydan beri boʻm boʻsh.
~ Jin ursin boʻlmayapti....
Taehyung yana oʻrnidan turib tartibsiz sochlari orasidan barmoqlarini yurgizdi.
~ Sensiz boʻlmayapti , Chon Soni.

Ertasi kuni
Xonaga eshikni taqillatib kirgan Beomgyu yotoq ustida boshini egib oʻtirgan boshligʻini koʻrib sekin hoʻrsindi.
~ Janob oʻzingizni juda qiynayapsiz... Shunchaki xonimni oldiga boring va haqiqatni ayting. Barchasini Deva xonim qilganini va u qilgan ishi uchun jazolanganini tushuntiring.
Taehyung boshini sekin koʻtarib bir nuqtaga qattiq tikildi.
~ Lekin bu bizning farzandimizni qaytarib bermaydi. Munosabatlarimizni ham tiklamaydi.
Koʻzlarini yumib asabiy xoʻrsingan Taehyung koʻz oldiga oʻtmishda boʻlgan har bir voqeani keltirdi.
~ Men uni charchatganman. Ammo endi usiz... Bu juda yomon. Usizlik juda yomon ekan.
Beomgyu nima deyishni bilmay qoldi.
Bir lahzalik sukunatdan soʻng gap boshladi.
~ Xonimni kuzatishni boshlaylikmi? Hech boʻlmasa ahvolidan boxabar boʻlib turardingiz.
~ Yoʻq.
Qaʼtiy rad qildi Taehyung.
~ Uning hayotiga umuman aralashishga haqqim yoʻq. Unga mensiz yaxshi.
~ Lekin sizga u bilan yaxshi.
~ Bu holatdan chiqish uchun uning hayotini yana tartibsizlashitiradi deb oʻylayapsanmi?
Biroz gʻazab bilan gapirgan Taehyung oʻtkir koʻzlarini yordamchisiga qaratdi. Beomgyu xoʻrsinib qoʻlidagi qogʻozga oʻralgan tasvirlarni Taehyungning yoniga tashladi.
~ Sizning buyrugʻingizsiz uni kuzatdim.
Taehyung bir qogʻozga bir Beomgyuga qarab sekin oʻrnidan turdi. Xonani yana uning sovuq va xavfli aurasi tutdi.
~ Xotinimni ruxsatimsiz kuzatdingmi?
~ Kechiring janob. Lekin uni "xotinim" deyishingiz biroz oʻrinsiz nazarimda.
Taehyung yigitga yanada yaqinlashdi.
~ Sabrimni qasddan sinayapsanmi , Beomgyu?!
~ Yoʻq janob. Shunchaki Chon xonim sizga ajrim xujjatlarini ham yubordi. U qogʻoz oʻrami ichida.
Taehyungning yuzi tundlashdi. Qogʻozni yirtib ichida Sonining bildirmay olingan suratlari va ajrim qogʻozi turar edi. Soni tomonidan imzo chekilgan... Taehyung gʻazab bilan qoʻlidagi qogʻoz boʻlagini gʻijimlab , siqdi.

°°°

Ukasini bogʻchadan olib qaytayotgan Soni uyi oldida turgan oʻsha tanish mashinani koʻrib yuragi notekis ura boshladi.
Mashina ichidan tushgan Beomgyuni koʻrgach biroz erkin nafas oldi.
~ Hayrli kun xonim.
~ Maqsadga oʻt.
~ Ajrim xujjatlarini yuborgan ekansiz. Janob Kim siz bilan uchrashib masalani hal qilmoqchi edi.
~ Bitta imzo uchun buncha ovorigarchilik shart emas deb oʻylagandim.
~ Ajrim bitta imzo bilan hal boʻlishi mumkin ammo baʼzi bir kelishmovchiliklar boʻlmasligi uchun ...
~ Menga undan hech nima kerak emas. Agar bu javobim yetarli boʻlmayotgan boʻlsa mana buni unga yetkazib qoʻy.
Soni oʻrta barmogʻini Beomgyuga koʻrsatib , keyin esa uy eshigi tomon yoʻnaldi.
~ Shu barmogʻingni qani oʻzimga koʻrsatchi bir koʻray.
Ortidan eshitilgan ovozdan joyida toʻxtagan qiz koʻzlarini asabiy yumdi.
~ Taehyung akaaaa.
Suho opasini qoʻlini shartda qoʻyib yuborib Taehyung tomon yugurdi. Taehyung bolakayni bagʻriga olib yerdan koʻtarib oldi. Sochlarini tarab jilmaydi.
~ Salom kichik jangchi.
~ Suho! Begonalarga darrov yugurma degandim senga!
Pov_Soni
Ukam oʻz otasining qotilini quchib turganini bilarmidi. Qarshimdagi nusxani koʻrib ichimda olov yondi. Shaxdam qadamlar bilan Taehyungning qoʻlidan ukamni tortib oldim.

𝖢𝖧𝖮𝖭 𝖲𝖮𝖭𝖨

Taehyung hech nima demadi. Faqatgina oʻqilmas nigohlar bilan Suho va Soniga qarab turdi.
~ Hujjatga imzo chek vassalom! Boshimni qotirma meni.
Taehyung javob berishga shoshilmadi. U anchadan buyon koʻrmagan insoniga toʻliq tikilib uni oʻzgargan yoki yoʻqligini baholadi.
~ Yanada chiroylilashibsan.
Undan bu gapni eshitib hayrat ham gʻazab his qilgan qiz vishilladi.
~ Sen laʼnatisan.
Taehyung qizning soʻzlarini eshitmagandek uning yuzi va qoʻllari biroz toʻlishganiga eʼtibor berdi. Soni uning nigohlari ostida oʻzini yaxshi his qilmayotgan edi. Shu uchun ortiga oʻgirildi. Ammo Taehyung unga aytish uchun gaplari tugamagan edi , u qizning qoʻlidan ushlab tortgan edi natijada Sonining sumkasi yerga tushib ketdi.
~ Jin ursin!
Suhoni yerga tushirib tezda narsalarini yigʻayotgan edi Taehyung unga yordam berish uchun yerga choʻkdi. Shunda uning eʼtibori maxsus idishdagi vitaminlarga tushdi. Taehyung uni yerdan olib yozuvni oʻqidi va koʻzlari qorayib ketdi. Soni buni payqab uni qoʻlidan dorini tortib olmoqchi edi ammo bari kech.
~ Qaytar!
Taehyung xavfli qiyofada Soniga qarab turdi.
~ Buni qanday izohlamoqchisan , xotinjon?
U shunday deb qoʻlidagi homiladorlik uchun vitaminlar solingan idishni yuqoriga koʻtardi. Taehyungning lablariga iblisona tabassum yugurdi.

𝖪𝖨𝖬 𝖳𝖠𝖤𝖧𝖸𝖴𝖭𝖦