MY VIXEN
Temir toʻsiq koʻtarilganda Sonining qarshisida nishon belgisi paydo boʻldi. Xuddi oʻq otish mashgʻulotlarida oʻrnatiladigan odam shaklidagi nishonlar toʻplami....
Ularning har biri bir-biridan maʼlum uzoqlikda ketma-ket joylashgan edi.
Soni nigohini ulardan olib toʻpponcha uzatib turgan Taehyungga qaradi.
Soni: Otishmami?
Taehyung: Qani boshla... Yoki birinchi qadamni oʻzim qoʻyishim kerakmi?
Soni yana nishonlarga qaradi masofa biroz uzoq ammo nishonga tekkizish imkonsiz emas. Shunday boʻlsada qiz ikkilanib turaverdi.
Taehyung uni kuzatarkan yengil xoʻrsindi va qoʻlidagi toʻpponchani ortiga oʻgirilib stol ustiga qoʻydi.
Taehyung: Demak eplolmaysan....
Soni: Yoʻq... Oʻynaymiz.
Lab chetida sekin jilmaygan yigit tezlik bilan yuzini jiddiy qiyofaga qaytarib qiz tomon oʻgirildi.
Taehyung: Yaxshi ... Birinchi sen.
Soni Taehyung uzatgan toʻpponchani olib nishonga yoʻnaltirdi. Odam shaklidagi qizil rangli nishon.... Taehyung sekin Sonining ortidan turib qulogʻiga shivirladi.
Taehyung: Miyyasini nishonga ol...
Soni uning issiqligiga eʼtibor bermagan xolda koʻzlarini u yerdan uzmadi. Ichida 3gacha sanadi va tepkini bosdi.
Taehyung oʻq nishonning yelka qismiga tekkanini koʻrib yuzini mensimagandek burishtirdi.
Taehyung: 0 achko...
Soni: Nimaga? Axir qizil hududdan chiqmadimku!
Asabiy unga qaragan Soni qoshlarini chimirdi.
Taehyung: Bu hisobga oʻtmaydi...
Soni: Nohaqlik qilyapsan!
Taehyung Sonining jazavasi qaynayotganini bilinmas zavq bilan kuzatdi.
Taehyung: Yaxshi.... Unda oʻyin shartini biroz oʻzgartiramiz.
U shunday deb Sonini aylanib oʻtdi.
Taehyung: Ketma-ket otmaymiz Hamma nishonlarga sen oʻq uzasan... Agar qizil hududdan oʻtmasa mayli yutding deb hisoblayman.
Soni bir oz oʻylanib turgach bosh silkidi.
Soni: Muammo yoʻq.
Qolgan 4ta nishonni koʻzdan kechirgach Soni toʻpponchani mahkam tutib yana bir oʻq uzdi. Bu safar oʻq nishonning koʻksiga tegdi.
Taehyung hotirjam oʻqib boʻlmas nigoh ila qizni kuzatarkan koʻzlarida allaqanday xavflilik yaltirab turardi.
Ammo Soni unga zigʻircha eʼtibor bermadi. Qiz nishonlarga toʻgʻri poylayotganidan mamnun edi. 10 daqiqa ichida barcha urinishlar sarflanib boʻldi. Har bir nishonga oʻz toʻpponchasidagi oʻq donasini joylab boʻlgan Soni yengil nafas olib Taehyungga oʻgirildi.
Soni: Xoʻsh?
Taehyung Sonining yuzidagi mamnunlik va dadillikka bir muddat tikilib turgach , lablarida sezilmas jilmayish paydo boʻldi. U suyanib turgan stolidan qaddini koʻtarib yengil qarsak chaldi.
Taehyung: Ajoyib...
U Sonining koʻzlariga teshib yuborgudek tikilib hali ham gʻalati tabassum qilib turardi.
Soni: Endi esa gʻolibning sovriniga navbat..... Yaʼni mening istagim.
Taehyung: Mutlaqo toʻgʻri...
Soni bosh silkib qoʻlidagi toʻpponchani stol ustiga qoʻydi. Shunda uning koʻziga nishonning oʻq teshgan qismidan qizil tomchi oqayotgani tashlandi.
Soni nishonlar tomon sekin yurib yaqinroq bordi. Taehyung uni oʻqib boʻlmas nigoh bilan kuzatib turardi.
Soni: Bu... Bu nima?
Soni Taehyungga oʻgirildi.
Taehyung: Hozir koʻrsataman.
Taehyungning kichik barmoq ishorasi bilan nishonlar tepaga koʻtarildi. Soni savolga toʻla nigohini Taehyungdan olib ortiga qaratarkan shu on yerga yiqilgan besh jonsiz tanaga duch keldi. Nishonlar koʻtarilishi bilan toʻplangan qon ham yerga oqib ketdi.
Soni turgan yergacha oqib kelgan qon uning oyoq kiyimining chetki qismlarini egalladi. Qiz koʻzini qon koʻlmakchasi uzra harakatlanib yerda bir birining ustiga yiqilgan jasadlar uyumida toʻxtadi.
Aslida nishonga oʻq otgan Soni aksincha moʻljalga uning ortidagi ogʻzi yelimlangan erkaklarni olgan edi.
Taehyung: 12 kolibrli toʻpponchadan oʻq tekkan har qanday tana goʻyo titilgan goʻshtdek sochilib ketadi... Qon dengizdek oqishi tabiiy.
Birdan hamma narsa harakatsiz va ovozsiz qolgandek... Vaqt oqimi toʻxtagan. Soni miyyasidagi kuchli chiyillashni his qilib koʻzlari tinib ketdi. Koʻzlari katta katta boʻlgancha jonsiz tanalarga tikilarkan koʻksida daxshatli sovuq boʻshliq paydo boʻldi. Tobora yuragi ortga tortib qizni gangitib qoʻygandek... Oyoqlari majolsiz tayanch tushunchasini unutib ortga quladi.
Keng bagʻr ichiga yiqilgan qiz nafasini boshqarolmay koʻzlarini yumdi...
Keng bagʻr ichiga yiqilgan qiz nafasini boshqarolmay koʻzlarini yumdi.
Tun... Bu safar hech qanday oy nuri mavjud emas. Qora bulutlar oy va yulduzlarni toʻsib qoʻyganiga allaqachon 3 soatdan oshgan.
Keng ochilgan ayvon eshigidan kuchli shabada esib harir pardani shiftgacha koʻtarardi. Taehyung maʼnosiz ushbu manzaraga tikilarkan kreslosiga butkul suyanib olgan edi. Uzun barmoqlari viskiy qadahining chetini masxaralagancha oʻynayapti...
Yigit oʻtkir koʻzlarini yotoqda terga botib ketgan , har zamonda nimadirlar deb alahsirayotgan qizga tikdi.
Qorongʻu xonada faqatgina tungi chiroq nurlari Sonining bezovta yuzini aniq koʻrsatib berardi.
Taehyung uni oʻqib boʻlmas va qandaydir hotirjam ifoda bilan kuzatib turarkan , sekin oʻrnidan turdi.
Bu vaqt qora bulutlar quyuqlashib momaqaldiroq chaldi. Daxshatdan koʻzlari ochilib ketgan Soni hali nafas olib ulgurmasidan tepasiga sirtlondek joylashib olgan Taehyungni koʻrib butkul aqldan ozdi.
Taehyung: Shsh...
Sonining koʻz oldiga yana murdalar kela boshladi. Qon va oʻzi oldirgan odamlar jasadi. Taehyungning koʻzlariga qadalgan koʻz soqqasida qorachiqlar toʻxtovsiz harakat qildi.
Taehyung: Yomon tush koʻrdingmi?
Pichirladi Taehyung.
Sonining nafasi tiqilib koʻzlari qoʻrquv ila asta yoshga toʻldi. U hali ham boʻlgan ishni qabul qilolmasdi.
Taehyung: Jim.... Oʻrganib ketasan Kim xonim. Ering kabi sen ham qotilsan.
Taehyung shunday deb uning qulogʻiga egildi va daxshatli ovozda pichirladi.
Taehyung: Keyingi safar men bilan kelishuv tuzishda ehtiyot boʻl... Sen oʻylaganingdan koʻra xavfliroqman , judayam!
Oradan vaqt oʻtdi
Oʻtayotgan kunlar bir maromda... Albatta faqat Taehyung va kichik Suho uchun. Taehyung doim ish yuzasi bilan kunduzi ketib kechki 6 yoki 7larda uyga qaytar boʻsh vaqti boʻlishi bilan Suhoni oʻz ishxonasiga olib kirib vaqt oʻtqazardi. Bolakay uning stoli ostida oʻyinchoqlarini oʻynasa Taehyung unga onda sonda nigoh tashlab noutbook va bir necha qogʻozlarda qolgan ishlarini bajarar hatto kechki ovqatni ham xonasida bolakay bilan tanavvul qilardi. U bilan toki uhlab qolguncha oʻynashni Taehyung yaxshi koʻrardi. Bunday paytlar xonasidan umuman chiqmayotgan qiz uni zarracha qiziqtirmasdi ham...
1 hafta davomida daxshatli , bexosiyat tushlar koʻrib uygʻonadigan Soni allaqachon aqldan ozish darajasiga yetkandek edi. Koʻzini yumishi bilan yana oʻsha jasadlar gavdalanar koʻzini ochsa xona devorlari nafasini qisayotgandek siqardi. Koʻksida qandaydir sovuqlik ammo shu bilan birga kuydiruvchi nimadir mudom azob bermoqda. Miyyasida sovuq izgʻirin... Fikrlar tartibsiz. Oʻsha kungi voqea u uchun haqiqiy ruhiy zarba boʻlgandi. Uydagi ayol xizmatkor qizga taom olib kelar ammo Soni ovqat tugul suvga qarasa yana oʻsha qon bilan chaplangan yerni koʻrardi. Majburlab ovqatlantirishsa ham uni koʻp bor qayt qilib tashladi. Yotogʻida holsiz tongdan to tunggacha qimirlamay yotishda davom etdi.
Tahminan 3 kundan soʻng ahvol ogʻirlashgani haqida xizmatkor Taehyungga murojaat qildi. Bu payt Suho bogʻchada edi.
Xizmatkor: Janob Kim xonimni kasalxonaga yotqizish kerakmikan.... Ahvoli umuman yaxshi emas. Ovqat yeyolmayapti , suv icholmayapti. 1 hafta boʻlyapti. Bu ketishda oʻlib qolishi mumkin.
Taehyung: ...
Taehyung bosiqlik bilan xoʻrsinib , oʻrnidan turdi va xizmatlarga eʼtibor bermay xonasidan chiqib ketdi. Qadamlari sekinlik bilan Sonining xonasi tomon yoʻnalarkan eshikni ochib yotoqda choyshabga oʻranib yotgan kichik jussaga koʻzi tushdi.
U qizning yotogʻi tomon yaqinlashib unga teskari oʻgirilib yotgan tanasini koʻzdan kechirdi. Nafas olishi unchalik ham sezilmasdi.
Taehyung yotoqqa oʻtirib bir tirsagiga tayangan holda Sonining yuziga qaradi. Yuzini toʻsgan sariq soch kokillarini olib qizning rangpar yuzi , zoʻrgʻa ochilib turgan koʻzlari va qovoqlaridagi shish koʻkarishlarni koʻrdi.
Taehyung: Sirtdan dadil va oʻjarsan ammo ruhiyating juda moʻrt....
Soni hatto gapira olmadi ham.
Taehyung: Jahannam boshqa qanday boʻlishi mumkin Soni... Hali ham tushunmayapsan. Seni ezishimga imkon yaratib beraversang men buni ortigʻi bilan qilaman. Ammo ukang uchun ham bu yerda jon saqlab turishing kerak.
Taehyung biroz sukut saqlab bir ohangda davom ettirdi.
Taehyung: Men unga Soni opasi boʻla olmayman. Shunchaki kichik tomosha uyushtirgandim sen esa sinib ketding.
Taehyung koʻzini asabiy yumib , hotirjamlikni saqlashga urindi.
Taehyung: Meni koʻp gapirishga majbur qilyapsan! Yoki oʻrningdan turib ovqatlanishni boshlaysan yoki oʻlmasingdan avval seni tobutga solib ustingdan tuproq tortib yuboraman.
Taehyung gapini tugatib xonadan chiqib ketdi. Biroz oʻtgach xonaga kirgan xizmatkor qoʻlidagi patnisni stol ustiga qoʻydi.
Xizmatkor: Xonim.... Ovqatlaning iltimos.
Soni koʻzlarini sekin harakatlantirib ayolga qaradi. Koʻzlari yoshga toʻldi. Ammo taslim boʻlish xato ekanligini anglagach boshini arang koʻtardi. Xizmatkor ayol jilmayib uning boshiga ikkinchi yostiqni joyladi.
Xizmatkor: Barakalla xonim... Men oʻzim sizni ovqatlantirib qoʻyaman.... Qizim tengi ekansiz hammasi yaxshi boʻladi ogʻzingizni oching.
Ayol shunday uning yuzidagi yoshlarini artib ovqatlantirdi.
Sekin asta oʻzini tiklashni boshlagan Soni koʻzgudagi aksiga qarab oʻzini oldingi holati bilan solishtirdi. Koʻzlari nursiz va hissiz boʻlib qolgan terisida ham oʻzgarishlar mavjud. Ruhiy tushkunlik qizning ichini yemirish bilan birga sirtidan ham sindirishni boshlagandi.
Soni: Hammasi yonib kul boʻlsin!
Soni oʻziga qarashni istamay shkafdan kengroq hoodie va shim olib kiyib oldi. Rangli kiyimlarni koʻrsa koʻz oldiga qon tasviri kela boshlagani uchun hammasini olib axlatga tashlab yuborgandi. Hozir shkafida faqatgina kulrang oq va qora rangdagi oversize kiyimlar va yengi uzun aksessuarlarsiz bir necha koʻylaklar mavjud. Sochlarini rezinka bilan ortiga bir tutam qilib yigʻib olgach xonasidan chiqdi. Shu vaqt yugurib kelib oyogʻiga yopishib olgan Suhoning kulishini koʻrib arang jilmaydi.
Suho: Hayrli tong opaa.
Soni: Hayrli kichkintoy...
Soni uni koʻtarishni istadi ammo tanasi hali yetarli kuch yigʻmagandi. Shu vaqt ortidan kelgan erkaklar atiri va vino hididan Taehyung borligini sezib asabiy koʻzlarini yumib ochdi. Taehyung hech bir ifodasiz Suhoni qoʻliga koʻtarib oldi.
Taehyung: Nonushta vaqti keldi.
U Suhoga nim tabassum qilib Soni tomon oʻgirildi va qulogʻiga pichirladi.
Taehyung: Bugun sendan kichik aktrisalik mahoratini kutaman.
Uning ilmoqli gapirib indamay zinadan pastga tushib ketishini kuzatgan qiz hech nimaga tushunmadi.
Soni: Yana nima qilmoqchi?
Oʻz oʻziga pichirlagan qiz ogʻir nafas chiqarib ularning ortidan bordi.
Pastki qavatga tusharkan kecha eshigi ochilib yopilgani va bir necha qadamlar daxlizdan mehmonxona tomon yoʻnalayotganini sezdi. Ukasini stol atrofidagi oʻrindiqda jim oʻtirganini koʻrib ortiga oʻgirildi. Eshikdan kirib kelgan 3 inson... Soning koʻzlari ularga qadalib qoldi. Bu vaqt Taehyung uning yoniga kelib turdi.
Taehyung: Mehmonlar faqat ikki kishi boʻladi deb oʻylagandim.
Ifodasiz soʻzladi u koʻzlari teshib yuborgudek unga jilmayib turgan qora sochli qizga yuzlandi.
Ma Donsok va Jungkook hech nima demay dasturxon oldiga joylashishdi. Taehyung otasiga kichik taʼzim qildi.
Taehyung: Ota rafiqam , Soni.
Taehyung Sonining yelkasidan yengil ushlab gapirarkan nigohi hali ham qora sochli qizda edi.
Ma Donsok: Xursandman...
Sekin bosh chayqagan Soni tabassum qilishga bazoʻr undadi oʻzini. Bu vaqt Jungkook indamay stulga oʻtirib Suhoga qarab qoldi. Taehyung Sonidan sekin uzoqlashayotganda qiz Taehyungning kostyumidan qattiq ushlab oldi va unga oʻzi eshitadigan darajada past gapirdi.
Soni: Nima qilmoqchisan?!
Taehyung: Nonushta... Sen ham nonushta qil!
Taehyung shunday deb undan uzoqlashdi. Nihoyat qora sochli qiz oʻsha tabbasumi bilan Taehyung tomon keldi.
Deva: Koʻrishmaganimizga ancha boʻldi... Tae.
Taehyung: Qachon kelding? Fransiyadan.
Deva: Kecha...
U Taehyungga noz karashma qilgancha Soniga kichik nazar tashlab oʻrniga oʻtirdi. Bu payt miyyasidagi asab tolalari kuchli chertilgan Soni damini chiqarmay bir nuqtaga tikilgancha jim oʻtirardi. Jungkook ham Ma Donsok ham sukutda. Taehyung yuzidagi asabiylikni ifodasizlikka yashirib oʻrniga oʻtirdi.
Xizmatkor ayol nonushta uchun tayyorlagan spagettini dasturxon atrofida oʻtirganlarga tarqatib chiqdi. Soni oʻqraygancha Jungkookka keyin esa Taehyungdan koʻz uzmayotgan qizga oxirida esa Suho bilan kulib oʻtirgan Ma Donsokka qaradi.
Ma Donsok: Menimcha u seni ukang shundaymi Soni.
Soni: Ha.
Qiz yengil javob berdi.
Taehyung ovqatlanishga imo qilgach hamma nonushtani boshladi. Shu vaqt Taehyung va Sonini kuzatib oʻtirgan Deva sekin sochlarini yelkasidan ortga tashladi.
Deva: Taehyung bu qiz... Jungkookning klubida ishlagan deb eshitdim...
Jungkook qoʻlidagi sanchqini xafsala bilan spagetti ichiga botirib otasi tomon egilib sekin gapirdi.
Jungkook: Uni ergashtirmaslik kerak degandim.
Ma Donsok unga xafsala bilan qarab indamay stakandagi suvidan simirdi.
Taehyung: ...
Deva: Aslida hayron qolmasam ham boʻladi. Uning nasl nasabi yoʻqligi koʻrinishidan maʼlum. Amakim seni uylandi degan gapiga ishonolmagandim... Hoynahoy pul toʻlab yana bir oʻyinni boshlagandirsan...
Jungkook: Nonushtani zahar qilma Deva.
Taehyung sekinlik bilan ogʻzidagi taomni chaynashda davom etdi. Ammo Soni ovqatiga nazar ham solmay Devaga baqrayib koʻz uzmay oʻtirardi.
Deva: Taehyung ochigʻi men hayratdaman oʻrmon kirpisiga qiziqadigan odam edingmi?
Soni lab chetida kuldi.
Taehyung: Nayoung Suhoni xonasiga olib chiq.
Xizmatkor ayol kelib kichkintoyni olib ketdi. Bola ketgach Soni oʻrnidan turib qoʻliga likopchasidagi spagettini oldi.
Taehyung qizning harakatini jim kuzatarkan uni dasturxondan turib ketmoqchi ekanligini oʻyladi. Biroq Sonining yoʻnalishi eshikka emas Deva tomonga yoʻnalgandi.
Soni qizning tepasiga kelib boshiga likopchadagi sousli spagettini quyib yubordi.
Hamma jim boʻlib qoldi.
Soni: Yoqimli ishtaha koʻcha kirpisidan fransuz qurbaqasi uchun maxsus!
Deva: Sen aqldan ozganmisan? Tarbiyasiz madaniyatsiz! Jin ursin!
U Sonini itarib kiyimi va sochini quruq salfetka bilan tozaladi.
Taehyung oʻrnidan turib Sonining qoʻlidan ushladi va majburlab mehmonxonadan olib chiqib ketdi. Jungkook va Ma Donsok nima deyishni ham bilishmas ammo Jungkook uchun Sonining bu ishi yangilik emas edi. U Devaga sochiq berib mazaxladi.
Jungkook: Yangi laqabing yarashdi.
Deva: Ovozingni oʻchir!
Taehyung Sonini xona ichiga olib kirib eshikni yopdi.
Taehyung: Men rol oʻynashni aytgandim... masxarobozlik qilib tomosha koʻrsatishni emas!
Soni: Uni yuziga likopcha bilan urmaganim uchun oʻzimni kechira olmasam kerak.
Taehyung lab chetida xavfli jilmaydi.
Taehyung: Tezda tiklanibsanmi?
Oʻtkir koʻzlari Sonini biroz vahima solayotganini koʻrgan Taehyung unga yaqinlashishda davom etdi.
Taehyung: Menimcha senga Kichik Shaytonchadan koʻra yaxshiroq laqab bor..... Vixen* ... Kichik qoʻrqoq Vixen