August 18, 2025

My Vixen

𝖬𝖸 𝖵𝖨𝖷𝖤𝖭 || 𝖬𝖤𝖭𝖨𝖭𝖦 𝖴𝖱𝖦'𝖮𝖢𝖧𝖨 𝖳𝖴𝖫𝖪𝖨𝖬

Taehyung qadamlarini tezlik bilan kasalxona eshigi tomon yoʻnaltirib ichkariga kirdi. U asabiy xoʻrsinib lift tugmasini bosgancha betoqatlanardi. Koʻzlari bejo va oʻtkir qoshlarining uchi bir nuqtaga yigʻilib turibti.
Kerakli qavatga chiqib olgan yigit ortidan kelayotgan qizga eʼtibor bermadi.
~ Taehyung shoshma! Sen rostan uni otasini oʻldirmadingmi? Unda bu ishni kim qildi? Taehyung!
Yigit biror bir savolga javob bermay eshiklar peshtoqiga yozilgan nomlarni oʻqib nihoyat oʻziga keraklisini topdi. Ichkariga ruxsatsiz kirgach oppoq choyshab bilan yopilgan ammo yuzi ochiq turgan tanani soʻng uning tepasida jim turgan qizga koʻzi tushdi.
Soni Taehyung kirib kelganini koʻrgach stol ustidagi anjomlarni koʻtarib bor kuchi bilan unga uloqtirdi.Taehyung oʻzini chetga tortganda buyumlar devorga borib urildi. Yigitning gʻazabdan qoraygan koʻzlari Sonining oʻlim aks etayotgan nigohlariga qadalib qoldi.
~ Menga otamni qaytarib berasan!
Soni uning yoqasidan ushlab silkitdi.
~ SENI OʻLDIRMASIMDAN OTAMNI QAYTARIB BERASAN!!! OTAMNI QAYTAR MENGA! HOZIROQQQQQ!!! NEGA TUGʻILGANSAN?! NEGA SENI ONANG TUQQAN OʻZI?! HAYOTIMNI BARBOD QILDING! SEN YASHASHGA NOLOYIQ MAHLUQSAN!
Koʻziga dunyo tor koʻringan qiz uning yoqasidan qoʻlini tortib uni itarib yubordi. Hansirab , tezlik bilan yerdan oʻtkirroq buyum qidirdi va skalpelni qoʻliga oldi. Qayta Taehyungga tashlanmoqchi boʻlganda yigit uning bilagidan ushlab harakatini chekladi.
~ Sen mahluqni sevganimga hayronman.... Seni oʻldiraman.
Soni gaplarini shu qadar aniq aytdiki har kim uning qotillik qilishiga ishona olardi.
~ Seni tuqqan onanga rahmim keladi. Ichida toʻqqiz oy mahluqni koʻtarib yurgan bechora ayol. Xudo biladi balki uni ham oʻldirib yuborgandirsan?
Qoʻlidagi kuchayib borayotgan ogʻriqqa qaramay qiz gapini davom ettirdi.
~ Sendan hamma narsa kutsa boʻladi! Onang ham otang ham seni qoʻlingdan oʻlim topganligi haqida habar topsam hayron boʻlmayman. Sen jamiyki tirik jonning zavolisan , sen jahannamdan quvilgan iblissan!
Yuziga kelib tushgan tarsakidan Soni jim boʻlib qoldi. Taehyungning koʻzlari qizarib ketgan - gʻazabdan , balki biroz ogʻriqdan ham. Nihoyat Sonining koʻzlarida yosh paydo boʻldi. U otasiga sekin tikilib turar ichida dunyoga teng alamzadalik turardi.
~ Otamni mendan tortib olishga haqqing yoʻq edi. U meni otam edi. Oʻgay boʻlsada otam edi. Hozir esa qarshimda otamni qotili ammo men sevgan mahluq turibti. Bilasanmi nima? Seni oʻldiraman baribir.
Taehyung gʻazab va notanish hissiy ogʻriq bilan kamari ichidan toʻpponchani chiqardi va Sonining qoʻliga tutqizib koʻksiga uning uchini tiradi. Ikkinchi qoʻli bilan uning iyagidan siqimlab ushladi.
~ Tepkini bos va qasosingni ol. Meni ham oʻzligimdan qutqar!
Soni uning gapi tugashi bilan tepkini bosdi.
Xonaga yugurib kirgan shifokor va hamshiralar yerda qonga belangan tanani va uning yonida yerga oʻtirib qolgan qizga duch kelishdi.

Oradan keraklicha vaqt oʻtdi... Koʻzlarini astalik bilan ochgan yigit koʻksidagi ogʻriq tufayli sekin ingradi. Nihoyat qulogʻiga kasalxona uskunalarining ovozi eshitila boshladi. Oppoq shiftdan nigohini uzib xonaga nazar soldi. Jonlantirish boʻlimi... Taehyung sezilmas xoʻrsinib qoʻydi.
~ Bu safar ham eplolmadi.
Xonaga kirgan hamshira bemor uygʻonganini koʻrgach tezda doktorga habar berish uchun chiqib ketdi.

1 haftadan soʻng...
Deva boshqaruv oʻrindigʻidan tushib mashina eshigini ochayotgan Taehyungga yordam berdi. Uni qoʻlidan ushlab bilagini yelkasiga oʻtkazdi.
~ Oʻzim yura olaman.
Taehyung qoʻpol boʻlmagan ammo qatʼiy ohangda dedi. Qiz esa uning gaplariga eʼtibor bermadi. Nihoyat uy ichiga kirishgach Deva Taehyungni yotoqxonaga olib bordi.
~ Doktor oʻq yurakka yaqin joyga tekkani uchun ham xavf bor deyapti. Shu uchun kamroq oʻzingni zoʻriqtirishing kerak.
Yotoqqa joylashayotgan Taehyung uning gaplari tugamasidan savol berdi.
~ Sud boʻlmasligini taʼminladingmi?
Deva koʻzlarini suzdi.
~ Nima boʻldi kundoshimdan havotir olyapsanmi?
Taehyung yumuq koʻzlarini ochib Devaga qaradi.
~ Men savol berdim!
~ Ha gaplashdim. Yaqin orada qamoqdan chiqadi. Xohlasang "kutib olish" marosimini ham tashkillashtirib beraman!
Achchiq kulimsirab chaqib oldi qiz. Taehyung bosh silkib yana koʻzlarini yumdi qoʻlini peshonasi ustiga qoʻyib bir necha daqiqalik sukutdan soʻng yana gap boshladi.
~ Dadang senga kompaniya egaligini berganiga ham 1 hafta boʻldi. Endi bemalol ajrashamiz.
~ Ajrashamiz? Shunchalik tezmi?
~ Nima deganingni unutdingmi? Soxta nikoh uyushtirib , otangni shu yoʻl bilan koʻndirishingni aytganding. Istaganing boʻldi endi bu ahmoqgarchilikka chek qoʻyamiz.
~ Soni baribir senga qaytmaydi. U seni otasining qotili deb qabul qilib boʻlgan. Tepkini ikkilanmay bosganidan ham nahot sezmasang?
Taehyung gapirishni lozim topmadi. U Devaga chiqib ketishini ishora qilgach yana shiftga termulib yotdi.

Shu koʻyi kechga qadar qimirlamay yotgan yigit nihoyat yotogʻidan turib toshoyna qarshisiga keldi. U yerdan kerakli buyumlarini olib xonadan chiqmoqchi edi. Ammo koʻzi chiqindi chelagi ichida turgan birgina uzun tibbiyot tayoqchasiga tushdi. Avvaliga Taehyung bunga eʼtibor bermadi biroq ichidagi kichik istak tufayli egilib astalik bilan chiqindi chelagini koʻzdan kechirdi. Tibbiyot tayoqchasi deb oʻylagan buyumi aslida boshqa narsa ekanligini fahmlagan Taehyung undagi ikkita qizil tayoqchalarni koʻrib oʻqdan qolgan ogʻriqni ham unutib yubordi. Koʻzlariga ishonmay qayta qayta homiladorlik testiga termular ammo javob shubhasiz aniq edi. Yigitning miyyasi ichida birdan boʻmba porltagandek qoʻlidagi test tayoqchasini mahkam siqib xonadan oʻqday uchib chiqib ketdi. Uning yaradorligi ham tanasi kuchsizligi ham hozir hech qanday ahamiyat kasb etmasdi...
~ TAEHYUNG QAYERGA KETYAPSAN?
Deva bor ovozi bilan uning ortidan qichqirib qoldi.

Mahbuslar saqlanadigan koloniyadan chiqqan Soni osmonga charchagan koʻzlari bilan tikilib qolgandi. Birozdan soʻng koʻzlarini astalik bilan pastga qaratdi va qadam tashlagancha qamoqxona darvozasidan uzoqlashdi. Yoʻlida indamay ketayotgan qiz birdan ortidan kelayotgan yigit tomonidan devorga mahkamlandi. Taehyung bir qoʻli bilan Sonini qimirlashiga toʻsqinlik qilib tura olardi.
~ Homiladormisan?
Taehyung tomdan tarasha tushgandek savol berdi. Javobini bilsada buni Sonining tilidan eshitishni xohladi.
Qiz esa unga ifodasiz qarab turaverdi.
~ Edim...
Taehyung qattiq yutdi... Tutib turgan tutqichi qattiqlashdi. Soniga butun nafrati joo boʻlgan koʻzlarini qadarkan qizning bu birgina soʻzi uchun uni yamlamay yutishga tayyor edi.
~ Aslo! Unday deya koʻrma menga.
~ Otasini jonini olmoqchi boʻlgan kunim aksincha farzandini joni uzildi. Sen bilan bizni bogʻlab turadigan bir tiyinga qimmat oʻsha nikoh qogʻozi qoldi xolos.
~ Hoziroq inkor et! Seni shu yerni oʻzida chavaqlab tashlamasimdan inkor qil!
~ Haqiqatnimi?
Taehyung ogʻiz ocholmadi. Faqatgina gʻazab , nafrat bilan Sonining koʻzlariga tik qarab turardi.
~ Oʻldi bolam. Meni bolam oʻldi. Otasimas bolam oʻldi. Mendan tortib olmaganing birgina ukam xolos. Ammo uni ham joniga zavol keltirmasingdan olib ketaman. Shu bilan qaytib sen bilan koʻrishmaymiz. Chunki seni hech qachon kechirmayman. Menda senga nisbatan hech qanday tuygʻu qolmadi.
Taehyungning biroz boʻshashgan tutqichi orasidan qiz qoʻlini tortib olib koʻchaning narigi tarafiga burilib ketdi.