𝖬𝖨𝖲𝖳𝖤𝖱𝖮
Daeyonning raqamiga tikilib turarkan Haening yuragi notekis ura boshladi. Qoʻngʻiroq tugmasi bosilgach uzoq vaqt liniya ulanish signali yangradi. Nihoyat tanish ovoz... Hae chuqur nafas olib dugonasining ismini chaqirdi.
~ Daeyon...
~ ...
Sukunatni tinglarkan Hae yana bir bor uni chaqirdi.
~ Daeyon , meni eshityapsanmi?
~ Ha... Yaxshimisan , Hae.
Biroz quruq eshitilgan bu ovoz Haening ichiga izgʻirin kiritgandek boʻldi. Ammo shashtini soʻndirmay yana tilga kirdi.
~ Yaxshiman. Sen bilan bogʻlanishga qancha uringanimni bilsang edi.
~ Qayerdasan?
~ Taehyungning uyida.
~ Tushunarli... Biz aniqlagan maʼlumotlar nima boʻldi. Aftidan oʻsha kecha meni Taehyungning odamlari oʻgʻirlab ketdi. U seni ham majburlab uyiga olib ketdimi.
~ Yoʻq... Seni oʻldirish bilan tahdid qildi shu sababli oʻzim borishga majbur boʻldim. Ochigʻini aytsam hammasi biz oʻylagandan koʻra boshqacha tus oldi. Daeyon , menga keraksan.
Daeyon bu soʻzlarni eshitgach ichidagi bosib turgan gʻazabni nihoyat yuzaga chiqardi.
~ Demak shu uchun telefon qilibsanda, Hae. Qoyil , gap yoʻq senga. 1 oy deganda ilk marotaba qoʻngʻiroq qilding. Va yordam kerak deyapsan. Nima yordam kerak? Taehyungga tuzoq qoʻyish uchunmi? Balki ehtirosli kechangizni maroqli qilish uchun ajoyib dekoratsiyalar yasash kerakdir. Aslida yordam deb men murojaat qilsam yarashadi.
Hae gapirolmay qoldi.
~ Taehyungdan homilador ekanligingni ham aytmayapsan. Shuni kutib turgandim. Toʻgʻrisini aytsam, Hae chindan ham ikki dugonaning oʻrtasiga erkak kishi tushsa aniq ulardan biri oʻsha erkakka ergashib ketadi. Sen shunday qilding. Mayli omadingni bersin. Baxtli boʻlinglar!
Telefon oʻchishi bilan Hae ekranga qarab qotib qoldi. Ushlab turgan nafasini chiqararkan ortidan Taehyungning ovozi yangradi.
~ Yoqimli suhbat boʻlganga oʻxshamayapti.
~ Unga sen aytdingmi? Homiladorligim haqida sen aytdingmi?
Haening nafasi boʻgʻziga tiqilib Taehyungga baqirdi.
~ Daeyon bilan umuman gaplashmayapman. Aytishdan menga nima foyda bor!
Hotirjam va qatʼiy ohangda soʻzlarini yakunladi yigit.
~ Jin ursin...
Boshini changallagan Hae yotoqqa oʻtirib uhh tortdi.
~ Men ahmoqman! Ming laʼnat hammasiga. Nega ham seni uchratganman. Endi ahvolimni qara. Sen uchun tayyor buyumdek xizmat qilyapman. Oʻzimni boqilayotgan qoramoldek his qilyapman. Senga boʻlgan hislarim esa...
Hae achchiq kuldi.
~ Sendan nafratlanaman, Kim Taehyung.
Taehyung Haening soʻzlarini tinglagancha qoʻlidagi dori idishini javonga soldi.
~ Hayotingni keyin ham izga tushirib olasan. Bola ortiqchalik qilmaydi.
Hae chidolmay oʻrnidan turib, Taehyungning yuziga tarsaki tushirdi.
~ Yanami?
Koʻzlarini asabiy yuqoriga qaratib pichirlagan Taehyung qarshisidagi homilador qizga zarar yetkazmaslikka urinardi.
~ Menga umuman gapirma!
Taehyung tund nigohlarini tikkancha turgach, oʻylab oʻtirmay Haeni bagʻriga tortib lablaridan oʻpa boshladi. Boʻsa esdan oʻgʻdiruvchi, lanj qiladigan darajada yoqimli edi. Ammo Har bunga yengilmadi. Bir kuchi bilan Taehyungni oʻzidan itarib yubordi.
~ Bu nima qilganing?
~ Gapirishni taqiqlading, ogʻzimni esa boshqa ish bilan band qilyapman.
Eshitiboq jazavaga tushgan Hae unga qarata yostiq uloqtirdi.
~ Ablah, koʻzimdan daf boʻl uqdingmi?
~ Bolamni qiynayapsan, asabiylashaverma!
Achchiq ohangda bayon qildi Taehyung.
~ Sen sogʻ emassan! U hatto rivojlangani ham yoʻq asab tolasi ham mavjud emas.
Hae gapini tugatib xonadan chiqib ketdi.
•
Ultratovush tekshiruvi uchun moʻljallangan karavotda yotgan Hae shiftga tikilarkan ichidagi hayajonni bosishga urinardi. Nihoyat doktor tomonidan muzdek malham surtilgan moslama kindigining pastki qorin qismiga bosilgach tezda nigohini ekranga qaratdi. Gʻira-shira, anglab boʻlmas qoramtir dogʻlar orasidan loviyasimon shaklni ilgʻagan doktor biroz jilmaydi.
~ Kichkintoy shu yerda... Rivojlanish bosqichi 2-oyda boʻlgani uchun toʻliq oyoq qoʻllari shakllanmagan.
Hae ekrandagi murgʻak jonga tikilib ichidagi titroq nafasni chiqarib yubordi. Ona boʻlish baxtidan quvonishi kerakmi? Yoki otasiz qolish arafasidagi tugʻilmagan farzandini qanday ulgʻayturish haqida oʻylash kerakmi? Balki ozroq xudbinlik qilib , ham sevgan ham nafratlangan insonidan judo boʻlayotgani uchun dunyoga oʻt qoʻyar.
Koʻz gavharida oʻynay boshlagan yoshlarni ortga qaytararkan deraza oldida ekranga termulib turgan Taehyungni kuzatdi.
Yigitning koʻzlarida maʼsumlik lablarida bilinar bilinmas nim tabassum yashiringan edi. Buni koʻrgan Hae yuragidagi ogʻriqli tebranishdan xoʻrligi kela boshladi.
~ Kerakli vitaminlarni yozib beraman. Iloji boʻlsa shifokor nazorati ostida qolganingiz ham maʼqul. Chunki dastlabki 3 oy ichida xomila tushish xavfi boʻladi. Har ehtimolga qarshi.
~ Uyda maxsus hamshira biriktiraman.
Taehyung maʼlum qildi. Soʻng bilagiga olib turgan ayollar paltosini rostlab oʻrnidan turgan Haening yelkasiga tashladi.
Doktor yozib bergan qogʻozdagu dori va vitaminlarni koʻzdan kechirgan Taehyung Haening qoʻlidan yetaklagancha lift eshigi oldiga keldi.
~ Balki endi sen bilan shugʻullanarmiz.
Taehyung qizga savol ila qosh chimirib qaradi.
~ Tekshiruvni aytyapman. Davolanishing uchun.
~ Sendan farqli oʻlaroq men dorilarimni oʻz vaqtida qabul qilaman.
Past ovozda qogʻozga eʼtibor qaratgancha soʻzladi yigit.
~ Baribir tahlil natijalaringni koʻrish kerak.
~ Qachondan menga qaygʻuradigan boʻlib qolding? Yaqindagina boʻgʻib oʻldirishga tayyor yurardingku?
Hazilsiz iljaydi.
~ Juda kulgili...
Lift eshigi ochilgach Taehyung Haeni ichkariga yengil itardi.
~ Men jiddiy gapiryapman.
Taslim boʻlishni istamay gʻinshigan qiz norozi nigohlarini yonidagi yigitga qaratdi.
~ Mening tashvishimni qilma. Oʻzingga va qorningdagi farzandimga gʻamxoʻr boʻlsang yetarli.
Hae Taehyungga gapirish befoyda ekanligini fahmlagach oʻgʻir xoʻrsinib qoʻydi.
Yarim tun soat millari birinma keting millar ustida harakatlangancha toʻxtovsiz davom etardi. Koʻzlarini uyqudan ochgan qiz tush vaqti uhlab qolgan holida endigina uygʻonganini tushundi. Naqt 11 soatlik uyqu qizning koʻz qovoqlarini shishirib yuborgandi. Hae oʻrnidan turib eshik tomon yoʻnaldi...
Qorongʻu yoʻlak atrof jimjit edi. Derazadan tushib turgan oy nuri devorlarga koʻkimtir rang berarkan Hae yupqa tungi koʻylakda zinaga yaqinlashdi shu vaqt ogʻir ovozlar qulogʻiga chalindi. Bu ovoz tobora kuchayib borar, uning ostida kuchli ogʻriq va asabiylik yashiringan edi. Hae koʻzlarini mahkam yumgancha tezlashgan yuragini tinchlanishini kutdi. Ammo foydasiz. Nihoyat qiya ochiq eshik tomon yoʻnalarkan yotoq ustuniga peshonasini tiragancha oʻgir nafas olayotgan yigitning yalang yelkalariga duch keldi. Ogʻriqdan noxush ovozlar chiqar, ularga barmoqlar orasida silayotgan choyshablarning shitir shitiri joʻr boʻlardi. Birdan yoʻtal tutishi bilan Taehyung yotoqdan polga tizzaladi Hae oʻylab oʻtirmay ichkariga yugurdi. Qoʻllari yigitning yuzidan ushlab yuqori koʻtararkan barmoqlari orasida qonni his qildi.
~ T.t.ttaehyung? Ey Xudo...!
Tungi koʻylak etagi bilan yigitning lablaridagi qonni artishni boshladi.
~ Tez yordamga qoʻngʻiroq qilaman.
Hae oʻrnidan turmoqchi boʻlganida Taehyung qoʻlidan tutib qoldi.
~ Shart emas... Dori taʼsir qilishi bilan oʻtib ketadi.
~ Axir qon qayt qilyapsanku
Titroq ovozda yalindi qiz.
~ Oʻtib ketadi... Hozir oʻtib ketadi.
Ogʻriqdan nafassiz soʻzlab Haening koʻksiga peshonasi bilan suyanib qoldi. Biroq oʻzini tutishga urinib qizdan uzoqlashdi.
~ X.x.xxonangga q.qayt..
~ Qaysarlik qilma! Bu xavfli!
~ Jin ursin! Meni koʻp gapirishga... gapirishga m.mmajbur qilma.
Taehyung yotoq devoriga suyanib, ogʻir nafas chiqardi. Ammo Hae joyidan qimirlamadi. Qani edi oʻsha laʼnati dori tezroq taʼsir qilsayu, bu ogʻriqlarga barham bersa...
Oradan vaqt oʻtarkan Taehyungning nafas olishi maromiga kela boshladi. Bor kuchini toʻplagan yigit Haening qoʻlini muloyimlik bilan bilagi ustidan olib tashladi va oʻrnidan turdi. Hech bir soʻzsiz yuvinish xonasiga yoʻnalarkan devor tayanib eshikni ochdi. Hae uning ortidan tikilib qolarkan ichidagi ogʻriq tomogʻini hippa boʻgʻib qoʻygandi. Soʻz chiqmagan ogʻzidan hatto ovoz ham eshitilmadi. Bir zum qoʻli va kiyimidagi qon dogʻiga qarab koʻzlaridagi yoshlariga egalik qilolmadi.
Daqiqalar oʻtib Taehyung yuvinib oʻsha oʻsha kuchsiz holda xonaga qaytib kirarkan yerda koʻz yoshga toʻlib oʻtirgan Haeni koʻrib harakatini biroz tezlashtirdi. Sekinlik bilan uning qarshisiga tiz choʻkarkan barmoqlari u tomon yoʻnaldi
~ Nega yigʻlayapsan? Yaxshiman. Bu shunchaki ogʻriq oʻlganim yoʻq hali.
Hae tezlik bilan Taehyungni quchib oldi.
~ Oʻlma maylimi? Nima boʻlsa ham oʻlib qolma. Seni oʻzim oʻldirishim mumkin faqat, lekin baribir oʻlma... Ketma hoʻp?