ALMASHILGAN BAXT
Mashina yoʻli tarafdan koʻzga koʻringan qurollangan odamlarni ilgʻagach Demir tezda toʻponchasini oʻqlab Leylani himoya qilgancha yaqinroq tutdi. Akin ham Deryani qoʻliga koʻtarib odamlariga ishora qildi.
~ Ular kim boʻldi?
Akin qurolini mahkam tutgancha Demirga qaradi.
~ Meni odamlarim emas. Tezroq biror joyga yashirinish kerak . Ular bizni oʻldirmoqchi.
Demir tezda bagʻridagi qizga qaradi. Leyla yelka tomonidan jarohat olgandi. Tobora xushini yoʻqotardi. Derya esa son qismidan oʻq yegan ogʻriqdan xushini yoʻqotgandi. Ikki yigit qizlarni koʻtarib olishdi.
~ Yuragidan oʻq yeganmi?
~ Yoʻq yelkasidan ekan.
Akin Va Demir pana joyga oʻtishayotganda ularning odamlari qurollanganlar bilan otishma boshlab yuborishdi. Jarlik yoqasida qora mashinalar ortida yashiringancha bir biriga oʻq uzishdi. Demir bilan Akin esa oʻrmonning chetidan kesib chiqib , aylanib oʻtishdi. Demir qoʻlidagi qizga tez tez nigoh tashlab qoʻyardi. Akin ham shim kamarini yechib Deryaning oʻq yegan oyogʻidagi qonni toʻxtatish uchun qattiq bogʻlab qoʻydi. Oʻqlardan oʻzlarini pana qilgancha katta yoʻldagi oʻz mashinalariga yetib kelgan ikki yigit sezdirmay otishma maydonidan joʻnab ketishdi. Ammo buni sezib qolgan qurollangan erkaklardan ikkitasi mashinaga oʻtirib ular ortidan bordi. Shu vaqt Demir old oynadan mashina raqamidagi tanish harflarni koʻrib lab chetida asabiy kuldi.
~ Jin ursin! Aslanzoda! Qizlari bilan qoʻshib bizni oʻldirish uchun joʻnatibdi bu shoqollarni!
Akin va Demirning mashinalari birgalikda harakatlandi. Ular oʻz qurollari bilan ortidan kelayotgan mashina shinasiga oʻq uzib katta trassadan chiqarib yuborishdi.
Nihoyat Demir boshchiligida kichik uyga yetib kelingach Akin ham mashinadan tushib Demirning qarshisiga turdi.
~ Qaynotang oʻz qizini oʻldirish qotil joʻnatdimi? Yoki sen yana bir oʻyinni boshladingmi?
~ Hozir sen bilan pachakilashib oʻtirishga vaqtim yoʻq! Demir mashina ichidan Leylani koʻtarib tezlik bilan uy ichiga yoʻnaldi. Deryaning yaradorligini bilgani uchun Akinga bir qaradi. Yigit ham Deryani mashinadan koʻtarib ichkariga olib kirdi. Xona ichiga kirishgach birini yotoqqa ikkinchisini divanga yotqizishdi. Leylaning jarohati aniq edi. Demir Deryaning oyogʻini tekshirayotgan Akinni yelkasidan itarib yubordi
~ xotinimdan qoʻlingni tort!
Demir shunday deb Deryaning oyogʻini koʻrdi kamarni yechib tashladi qon biroz sekinlashgan edi. Baxtiga qizning oyogʻini oʻq shunchaki yalab oʻtgan edi. Demir tezlik bilan uning oyogʻini bogʻlashi kerak edi biroq Leylaning jarohati jiddiy nima qilishni bilmay qotib qolgach Akin uning qoʻlidan bintni oldi.
~ Xotiningga pastkashlik qiladigan darajada nomard emasman! Sen opasini qutqar. Derya buni koʻrmasin.
U shunday deb Deryaning yarim ochilgan koʻzlarini opasiga qarashiga imkon bermay uni yotoqdan koʻtardi. Ammo Demir tezda uning yoqasidan siqimladi.
~ Qoʻlingga erk berma tushunarlimi? Meni bilasan jangdan qoʻrqmayman.
Akin indamay Deryani boshqa xonaga olib oʻtdi. Soʻng Demir Leylaning qon boʻlib ketgan koftasini yirtib ochdi. Qizni qorniga aylantirib yotqizib yaralangan yelkasini koʻzdan kechirdi.
~ Oʻqni olib tashlash kerak jin ursin.
Ogʻriqdan va qon yoʻqotishdan sillasi qurigan Leyla zoʻrgʻa nafas olardi. Demir oʻqni chiqarib olishi kerak ammo bu yerda narkoz berib boʻlmaydi. Kasalxona esa uzoqda uydan tashqariga chiqish xavfli oxiri yigit chuqur xoʻrsinib nafasi ostida soʻkindi.
~ Kechir boshqa ilojim yoʻq
U shunday deb anjomlarni tayyorladi hammasini qaynoq suvda yuvib , soʻng shkaf ostidagi seyfdan paketchadagi Oq kukunni olib suv bilan aralashtirdi. Bu ogʻriq qoldirishga yagona yordam beruvchi dori edi - giyohvand modda!
Yigit oʻzini laʼnatlagancha Leylaga dorini amallab ichirdi. Bir necha daqiqadan soʻng dori organizmga tarqab qiz biroz ogʻriqni sezmadi. Soʻng Demir oʻz ishini boshladi.
Yarim soatdan soʻng.
Qoʻlidagi qonni artib tashlagan yigit ogʻriqni oʻz boʻlsada his qilib yigʻlagan qizning koʻz yoshlarini artib tashladi. Leyla entikib nafas olarkan uning terisi suvdan yaltirab turardi
Demir qizning tanasini yelkasiga choyshab bilan yopib jarohatini bogʻlagan bandajni mahkamadi.
~ Dori oʻz kuchini yoʻqotganmikin? Har ehtimolga qarshi yoningda qolaman.
Demir horib charchab yotoqning ikkinchi tarafiga yotdi.
Tun oʻtar ekan yigit ovozdan koʻzlarini ochdi. Shu vaqt unga termulib turgan Leylaning koʻzlariga duch keldi. Leylaning koʻz qorachiqlari hali katta edi. Demir angladiki u hali ham dori taʼsirida. Shu vaqt qizning tushunarsiz harakat qila boshlayotganini koʻrib nafasi ostida laʼnatladi.
~ Leyla oʻzingda emassan!
Qizning qoʻlini koʻksidan olib tashladi.
~ Meni tanimayapsanmi? Doruk?
Qoshlarini chimirgan Demir uni alahsirayotganini tushundi. Bu biroz kuchli giyohvand modda edi.
~ Leyla uhlashing kerak.
Ammo qiz dori taʼsirida oʻzini oʻnglay olmasdi. Jarohatidagi ogʻriqni ham sezmasdan tanasini yotoqdan koʻtardi. Shu vaqt choyshab sirgʻanib uning faqatgina ich kiyimdagi yuqori qismini toʻliq koʻrsatdi. Demirning nafasi boʻgʻzida qoldi.
~ Doruk meni istamayapsanmi? Mendan jirkangandek harakat qilyapsan hozir.
Uning boʻyniga osilgan qiz lablarini beixtiyor Demirning boʻyniga tekkizdi.
~ Leyla! Sen ... Hozir!
Qizni oʻzidan uzoqlashtirishga urindi. Ammo kiyimsiz bu tana unga tegar ekan oʻzini idora qilishi mushkullashdi.
Uning ifori .... Demir yuzini yon tomonga burib bosim bilan nafas chiqardi. Ammo Leyla harakatlarini cheklamasdi. Nihoyat ehtirosga yengilgan yigit qizning lablariga oʻzinkini bosib uning belidan barmoqlarini yurgʻizgancha pastki shimining tugmalarini boʻshatdi. Boʻsani chuqurlashtirib uning boʻyin qismiga yirik ogʻizli oʻpich va tishlash hadya qildi. Tobora harakatlari jidiylashib nihoyat uni yotoqqa bosdi.
Erta tong
Yelkamdagi kuchli ogʻriqdan koʻzlarimni ochdim, ammo kimning bagʻrida ekanimni koʻrmadim, ne koʻz bilan qarayki men Demirning bagʻridaman , O yoʻq faqat bu emas , jin ursin yoʻq yoʻq , biz Demir bilan bunday qilmaganmiz , uni qoʻllaridan chiqishga harakat qildim, natijada yelkamdagi ogʻriq kuchaydi.
~Mendan nari tur iflos
Men kuchim yetgancha uni oʻzimdan itardim.
Demir uyqudan yuzini burishtirib uygʻondi.
~Nima boʻlyabdi ?
~Ma’lun qanday jur’at qilding bunday qilishga javob ber.
Leyla yopinchiqni bir qoʻlli bilan tortib olib tanasini yopishga harakat qildi.
~Jirkanaman , jirkanyabman men ham endi jirkanchliman. Razil
Leyla yigʻlab ortga tisarildi. Yelkasidagi yarasi sal avval keskin harakat qilgani uchun ochilib ketgandi. Demir chuqur nafas oldi, chunki kecha tunda u shu ishni qilsa Leyla nima qilishini bilardi.
~Meni eshit buni oʻzing xohlading kecha , oʻzing menga suykalding
~Ishonmayman ! Men bunday qilishimga ishonmayman
~Sen dori ta’sirida eding, kuchki giyohmand modda , men undan tanangdagi oʻqni olib tashlashda kuchli ogʻriqni his qilmasliging uchun foydalangandim .
~Razilsan ma’lun sendan nafratlanaman. Sendaqa erkaklardan , men giyohmand modda tasirida aqlimdan ayrildim. Senchi ? Sen mahluq , singlimni zoʻrlab xomlador qilgan eding ! Endi navbat mengami ? Ma’lun sendan nafratlanaman, seni oʻldiraman Demir . Tirik qoʻymayman seni
~Oʻzingni bos yomon ish boʻlgani yoʻq
~Qanday qilib buni xotirjam ayta olyabsan ???? Sen mahluq hech narsa boʻlmagandek yashashda davom etarsan menchi? Singlimni ham hayotini barbod qilgan eding , meni ham hayotimni barbod qilding, endi men seni tirik qoʻymayman.
Leyla Demir tomonga tashlanishga urindi , ammo yelkasidagi ogʻriq sabab oh tortib yiqilishiga oz qoldi.
Demir u tomonga yugurganda Leyla toʻxtatdi .
~Yaqinlashma , hayvon yaqinimga yoʻlama . Allohga qasamki oyoqa turib olsam goʻshtingni burda burda qilaman .
~ Sen koʻzlayapsan iflos qasos deb singlimni zoʻrlading! Homilador boʻlganida bolasini olib qoʻyib uni oʻldirmoqchi boʻlding! Endi esa yaradorligimdan foydalanib meni bulgʻadingmi?! Seni oʻldiraman!
~ Meni eshit kecha oʻzing...
Qiz uning yuziga tarsaki tushirdi.
~ Sen bilarding! Otam xuddi singlim kabi meni oʻlimga hukm qilishini bir oʻq bilan ikki quyonni uraman degansanda? Xoʻsh nima qilasan endi singlimga oʻxshab meniyam xotin qilib olasanmi? Sen meni badnom qilding! Xushsizligimdan dori taʼsirida ekanligimdan foydalanding nomard!
Tarsaki zarbidan quturgan yigit qizni tomogʻidan hippa boʻgʻdi.
~ Kimni uyida ekanligingni unutyapsan. Yaxshi gapimga ishonma sen va siglingni tirik qoldirishimga arzirli sabab yoʻq. Shunday ekan hayoting meni qoʻlimda. Xotin qilishimga kelsak kerak boʻlsa qilaman. Meni kim va nima toʻxtatib qolardi?