Mashina boshqaruv oʻrindigʻiga oʻtirgan Taehyung hech nima demay gaz pedalini bosdi. Uning ortidan oʻz odamlarining mashinalari ham ergashdi. Nihoyat uyga kelishgach Taehyung motorni oʻchirib bir muddat rulga barmoqlarini urib oʻtirdi. Soʻng nigohlarini oldkoʻzgu orqali oʻrindiqda jim oʻtirgan qizga qaratdi. ~ Mashinadan tushishing uchun alohida taklifnoma kerakmi? Zaharxanda gapirgan yigit qizning asabiy xoʻrsinishiga sababchi boʻldi. Soni koʻzini suzib , mashinadan tusharkan kiyim changlarini qoqib tashladi qarshisidagi uy tomon yoʻnalarkan undan oldin uy ichiga kirib ketgan Taehyungni ortidan biroz hayron boʻlib qaradi.
Pov_Soni Menimcha bugun menga hech qanday jazo qoʻllanilmaydi. Hayratim bor ammo oʻzimni odatdagidek tutishga qaror qildim. Oʻzi nega bunday qilyapman? Hozirigina uch bezorini qoʻlida harob boʻlib ketishim mumkin edi. Biroq bari oddiydek tuyulishni boshladi. Albatta hayron qolmayman. Axir boshimga tushgan shuncha ish oldida bular nima boʻlibti? Yotoqxonamga kirarkanman u yerda Taehyung ham bor edi. Deraza tarafdan nigohini olib men tomon oʻgirildi. ~ Kichik suhbatga nima deysan xotinjon? Men ovozimni ham chiqarmadim. Taehyung xavfli tarzda menga yaqinlashib keldi. ~ Yarim tunda koʻchada nimangni yoʻqotganding? ~ Ichim siqilib ketdi shu uchun tashqariga chiqdim. Taehyung menga iddao bilan bir qoshini koʻtarib qaradi. Koʻzlari qorayib yanada yaqinlashdi. ~ Asabimni oʻynashni boshlayapsan! ~ Nima? Hali meni uyga qamab olib oʻtrimoqchimisan? Shuncha qilganing kamdek tashqariga chiqish uchun sendan izn ham soʻrashim kerakmi? Norozi tarzda ovozimni koʻtardim. Koʻzlarim oʻz hajmidan kattalashib gʻazab otiga mindim. Taehyung oʻzini bosishga urinayotgani chuqur nafas olganidan bilindi ammo men toʻxtashni hayolimni bir chetiga ham keltirmadim. ~ Aynan koʻchaga bu vaqtda chiqish uchun izn soʻrashing kerak. Men seni qoʻl oyogʻingni bogʻlab yertoʻlada saqlamayapman , Soni. Pashshadan fil yasama! Men achchiq kulib yubordim. ~ Qoʻysangchi... Menga qilmaganing faqatgina shu qolgandi. Endi esa bu bilan maqtanmoqchimisan? Ichimdagi haqiqiy aqldan ozgan qiz uygʻondi. Chunki Taehyungni jahlini chiqarayotganimni bilib turib , aybim boʻlsa-da tan olmasdim. ~ Chegaraga yaqin turibsan , qizaloq! Ogoh boʻl bir notoʻgʻri qadam ... Oʻzingga chatoq boʻladi. Uning soʻzlaridan nafratim battar oshdi. Menga tahdid qilishi va chegaralarni u belgilashi! Bundan nafratlanaman. ~ Nima qilasan? Oramizdagi masofani kamaytirib unga tikka qaradim. ~ Gapir nima qilasan? Oʻyin qilib meni qotillikka oʻxshash biror bir jirkanch ish qilishga majburlaysanmi? Yoki aqlimni kirgizib qoʻyish uchun tomosha koʻrsatasanmi? Balki ikkinchi bor zoʻrlarsan. Axir bu senga eng oson ishku! Taehyungning yuzi qorayib jagʻi siqildi. Past ammo aniq ovozda menga gapirdi. ~ Kerak boʻlsa uni ham qilaman. Kim meni toʻxtata oladi? Kim qarshi chiqa oladi? Sen xotinimsan men esa erinngman. Istaganimni qilaman senga. ~ Qilolmaysan. Alam bilan uni koʻksidan itardim. ~ Istamayman! Qilmaysan! Taehyung qoʻlimdan qattiq ushlab meni oʻziga tortdi. ~ Bas qil. Xudo guvohki oʻsha 3 zoti aynigan haromilardan oldin seni topganim uchun ham hotirjamlikni saqlayapman! Agarda oʻzingga zarar keltiradigan voqea boʻlganida men bunchalik "muloyim" boʻlmasdim senga. Biroq hali ham meni quyushqonimdan chiqarishga undayapsan. Taehyung shunday deb biroz jim boʻlib qoldi boshini men tomon egib birdan hidladi. ~ Jin ursin sendan goʻng hidi kelyapti. U shunday deb bilgaimni qoʻyib yubordi. Bu gapdan joyimda tarashadek qotib qoldim. ~ Sen!... Nima deding?! Kiyimimni hidlab koʻrdim. Ustimga yopgan qop goʻng qopi ekanligini tushunib yetdim. Chindan ham mendan qoʻlansa is kelayotgan edi. Oʻzimni shu qadar omadsiz , naynovdek his qila boshladim. Taehyung shu vaqt qoʻlimdan yetaklab meni vannaxonaga olib kirdi. Keyin esa ustimdagi pidjakni yechmoqchi boʻldi men ortga yurdim. ~ Oʻzimni qoʻlim bor!
Taehyung menga jiddiy va chuqur qarab shimimning belbogʻ qismidan barmogʻini kirgizib meni oʻziga tortdi. Uning koʻksiga urildim. U avvaliga mening yuzimni , tartibsiz va tuproq boʻlgan sochlarimni oʻrganib chiqib yana koʻzlarimga qaradi. ~ Seni bu qoʻllaring ruxsatsiz ishlarni qilishga odatlangan. Shuning uchun kiyim yechish vazifasini oʻz zimmamga olaman. Men jahl bilan uning quchogʻidan chiqmoqchi edim ammo tutqichini boʻshatmay qulogʻimga egilib shivirladi. ~ Rafiqamdan qaysidir mol tezagining hidi kelib turishi koʻnglimni hijil qilyapti. ~ Ablah! ~ Shsh.... Boʻldi qil. Bu vaqt ichida Taehyung allaqachon pidjak va futbolkamni yechishga ulgurib boʻlgandi. Meni hatto harakatlanishimga imkon bermadi.
°°°
Nihoyat yotoqda choyshablar bilan toʻliq oʻranib olgan qiz uhlab qoldi. Taehyung divan chetidagi soch quritish uchun ishlatilgan sochiq va dush halatini olib chetga tashladi. Yengil futbolka va sport shimi kiyib olgan yigit rafiqasining yonidagi bosh joyga yotib choyshabni ustiga nomiga tashlab qoʻydi. Qattiq uhlab yotgan Soniga qarab keyin nigohlarini shiftga tikdi. ~ Senga boʻlgan qiziqishim qanchagacha borarkin. Balki bir necha oydan keyin eski oʻyinchoqlarim qatoriga qoʻshilarsan. Oʻzi eshitiladigan ovozda soʻzlagan Taehyung sekin Soniga toʻliq oʻgirilib uni ortidan quchdi. ~ Ammo ular orasidan oʻrin topishga juda oʻzgachalik qilasan , Vixen xonim.