August 18, 2025

My Vixen

𝖬𝖸 𝖵𝖨𝖷𝖤𝖭 || 𝖬𝖤𝖭𝖨𝖭𝖦 𝖴𝖱𝖦'𝖮𝖢𝖧𝖨 𝖳𝖴𝖫𝖪𝖨𝖬

Pov_Taehyung
Negadir ilgari holatimga qaytyapman. Menda doimgidek eski ruhiy muammolarim boshlandi. Yana oʻylayapman... Yana tasavvur qilyapman... Va oʻtmish estaliklaridan iborat tushlar changalidaman. Tanam istayotgan narsa bu men uchun ajoyib ammo uni berishi kerak boʻlgan inson uchun juda qoʻrqinchli. Necha yillardan buyon hissiyotlarimni oʻchirib yashab kelayotgan edim. Qorongʻu xohishlarim ovozini javobsiz qoldirayotgan edim... Endi hammasi aksincha. Bu safar aqlim emas , yuragim ham emas koʻksimdagi qora ehtiros oʻyin oʻynashga boʻlgan qiziqish oʻtashdek uchqun sochmoqda. Hammasi dorilarimni ichmay qoʻyganim uchunmi? Buni bilmayman. Bilganim shuki bu safargi olov juda kuchli...
Bu menga yoqyapti. Men nazoratni yoʻqotishni juda istayapman. Seyfim ichidan anchadan buyon qoʻlimni uchini ham tekkizmagan oʻsha ogʻuni oldim. Jin ursin bu juda kuchlisi... Ichimdagi yongʻinga u moy sepishini bilib turibman. Yotogʻimda uhlayotgan qiz uchun buning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi. Lekin aytganimdek aqlim bu safar oʻz vazifasini bajarmoqchi emas.

Oradan oʻtayotgan soatlar ichida butun xonani tutun hidiga toʻldirdim. Har safar yonayotgan ogʻuning isini ichimga yutarkanman bu boshqacha yengillik berardi. Telefonimning jiringlashi ham goʻyo mayin musiqadek quloqlarim ostida jaranglar ekan goʻshakni olishga shoshilmadim. Barmoqlarimni tizzamdan olib telefonim tomon yoʻnaltirdim.
~ Eshitaman...
~ Taehyung sen bilan gaplashib olmoqchi edim.
Devaning ovozi negadir menga u bilan oʻtkazgan kechalarimni eslatib yubordi. Biroz jim turgach sekin kuldim.
~ Mastmisan? Odatda ichimlik uchun bu qadar tez.... Shoshma sen?! Nahotki sen yana!
~ Sekinroq... Xotinim uhlayapti. Uni uygʻotib yuborishingi istamayman.
~ Aqldan ozganmisan?
Koʻzlarimni yumib yengil nafas olib chiqardim. Hayollarim har yoqqa tarqab ketgani uchun ham Devaning birorta gapi qulogʻimga kirmasdi. Telefonni oʻchirdim.
Ortimga oʻgirilib uhlab yotgan qizning yumuq koʻzlariga termuldim. Tana harorati tushganini bilish uchun yuzimni uning yuzi aralash boʻyin qismiga bosdim.
~ Isitmang tushipti.
Unga qarashda davom etarkanman. Bu yolgʻonchining qorachiqlari harakatlanib turardi. Doimgidek yana meni ahmoq qilmoqchi.
~ Qorachiqlaring yumuq qovoqlaring ostida tinmay harakat qilyapti. Bu bilan meni uhlab qolganingga shubhalantiryapsan , xotinjon.
Qiziq ichimdagi oʻsha qora oʻyinqaroq iblis unga nimalar qilmoqchi ekanligini bilsa hozirgidek men bilan yosh boladek oʻyin oʻynarmikin?
Ortiq kutmay uning lablariga yaqinlashdim. Bugun u Kim Taehyungning boshqa versiyasi bilan tanishadi.

Hali koʻzlarini ochmay turib ogʻriqdan ingragan Soni qoʻlini harakatlantirishga kuch ham topa olmadi. Zalvorli kipriklarini pirpiratib asta ocharkan oppoq shiftni quyosh qaymoq rangga bezab qoʻyganini ilgʻadi. Demak allaqachon tush vaqti boʻlgan. Sekin yuzini yon tomonga burib yotoqning boʻsh qismini koʻrgach ogʻir va adabiy xoʻrsindi.
~ Maxluq! Meni nima ahvolga soldi?!
Qiz shamollash azobi bilan birga tanasidagi "kechagi tun" asoratlari tufayli yanada zorlanib belini ushlab qoldi.
~ Ey Xudoyim!
Bu vaqtda garderob xonasidan ustiga kostyum kiyib chiqqan Taehyung toʻshakda qornini quchgancha bukchayib yotgan qiz yoniga yaqinlashdi. Tungi stol ustidan stakan va ogʻriq qoldiruvchi hap dorini oldi va yotoqning chetiga oʻtirib qizga uzatdi. Boshini koʻtargan Soni Taehyungni koʻrishi bilan ogʻriqni ham unutib yubordi.
~ Sen qaysi yuz bilan menga qarab turibsan? Xuddi hech nima qilmagandek... Ahhh
Gapini tugatolmay yana qornidagi sanchiqdan egilib qoldi. Taehyung chuqur xoʻrsinib , uning iyagidan tutdi va dorini ogʻziga solib suv ichirdi.
~ Ogʻriq yarim soat ichida qolmasa yana bitta ich.
Yigitning xushmuomala soʻzlari Sonini battar asabiylashtirardi.
~ Kecha qanday edingu hozir qandaysan.
Soni shunday deb Taehyungga tanqidiy va asabiy nigoh bilan qaradi. Yigit uning gaplaridan bir zum qizga tikilib turarkan uning sargʻish sochlaridan asta silab boshining ortidan tutdi va yuzini oʻzining yuziga yaqinlashtirdi.
~ Yaxshi qiz boʻlsang men ham yaxshi er boʻlaman.
Gapini tugatgach oʻrnidan turib kostyumini soʻzladi va hech nima demay xonadan chiqib ketdi.

°°°

1 oydan soʻng...

Pov_Soni
Qanchalik tan olishni istamay ammo shu vaqt ichida biz Taehyung bilan haqiqiy er xotinga aylandik. Oʻzimdan 10 yosh katta yigit bilan yashash turmushimiz haqiqiy boʻlgandan keyin qoʻrqinchli tuyula boshladi. Tun kirishi bilan yuragim hapqirib ketardi... Ammo borgan sari bunga koʻnikyapman. Baʼzan yoqadi... Eng koʻp yoqadigani hammasi tugagach issiq quchogʻida avaylab olib uhlashi. Men nafratlansamda uning iliqligini yaxshi koʻraman. Tezda uhlab qolaman. Doim shunday edi. Eng boshidan ...
Hayotimiz bir maromda oʻta boshlarkan men ham Taehyungga oʻrganib qoldim. Gap talashsam ham oldingidek butun nafratim bilan tikilmasdim unga. Bilmadim menga nimalar boʻlyapti...

~ Taehyung?
Ish stolida noutbookda nimadirlar qilib oʻtirgan yigitning yoniga yaqinlashdim. U boshini koʻtarib menga boshdan oyoq qaradi.
~ Hm?
~ Qornim ochdi...
Taehyungning qoshlari ikki bukildi.
~ Seni ovqatlantirib qoʻyishim kerakmi?
~ Yoʻq shunchaki bugun biror joyga ovqatlanishga borsak boʻlmaydimi?
Soʻzlarimni oʻylab turarkan sekin bosh chayqadi.
~ Yaxshi 1 soatda ishimni bitiraman.
Men bosh chayqab xonasidan chiqib ketdim. Ogʻzim qulogʻimga yetgudek yotoqxonamga kirib tayyorlana boshladim.

°°°

Qimmat restoran ichida oʻtirgan Soni va Taehyung indamay ovqatlanishar ekan Taehyung eʼtiborini qizning ovqat chaynaganidan shishib turgan yonoqlariga qaratdi.
~ Toʻlishibsan... Seni yuzing tez semiradimi?
Ovqatni chaynashdan toʻxtab qolgan qiz unga qoshlarini uyib gapirdi.
~ Buni haqorat deb qabul qilaymi?
Yigit yelka qisib qoʻydi.
~ Qanday xohlasang shunday... Lekin vazn yiqqaning juda yaxshi. Juda ozib ketganding.
Soni uning gapidan ishtahasi boʻgʻilib qoshiqdagi luqmasini ogʻziga olib bormay likopchaga tashladi.
~ Sen ajoyib kechki ovqatni beliga tepding.
Taehyungning birdan past ovozda kulishini koʻrgan Soni unga hayron qaradi.
~ Birinchi marotaba samimiy kulding... Qoyilman.
~ Men uchun bu ilojsiz ish emas. Shunchaki xohlayman va qilaman.
~ Koʻproq xohlab tur unda.
~ Kayfiyating bugun juda aʼlomi deyman , Vixen xonim...
Taehyung ayyorona jilmaydi.
~ Aftidan "kechki darslarim" baxt gormonlaringni oshirib yuboryapti.
~ Axloqsiz!
Birdan ovozi balandlashib ketgach qizga atrofdagi ovqatlanayotganlar qarab qoʻydi.
~ Bilaman juda qoni qaynoq odamsan. Ammo bu yerda pastroq gapirish kerak. Endi esa ovqatlan.

Kechki taraf uyga qaytgan Soni va Taehyung mashinadan tushishdi shu vaqt telefoniga kelgan habardan joyida toʻxtab qolgan Taehyung Soniga qarab uyga kirishini ishora qildi.~ Ichkariga kir... Men kechroq qaytaman.
~ Qayerga?
Taehyung javob bermay mashinasiga oʻtirdi va uy oldini tark etdi. Soni hech narsaga tushunmay yelka qisdida uyga kirdi.

Oradan bir necha soat oʻtgach Taehyung qaytmasligini oʻylab yuvinish xonasiga kirib ketgan Soni devordagi soat 12ga bong urganini koʻrdi. Dush qabul qilib ustiga momiq halat kiyib olgach tishlarini tozalashni boshladi. Koʻzguga qaramay uyqusirab tish choʻtkasini ogʻiz boʻshligʻida harakatlantirayotgan Soni bir vaqt ortidan iliqlik his qilib beliga oʻralgan qoʻllar taʼsirida jim qoldi.
~ Davom etaver.
Taehyung boʻgʻiq tovushda gapirib iyagini Sonining yelkasiga qoʻydi.
Qiz hech nima demay harakatini davom ettirdi. Ogʻzidagi tish pasta koʻpigini chayish uchun egilganida Taehyung biroz qizga joy berdi. Soni ogʻzini chayqab boʻlgach ortiga oʻgirildi. Taehyungning yuzi juda yaqin.
Yigit yana mast... Ammo bu safar chakmagan.
~ Qayerda eding?
~ Xotinim soʻroq qilyaptimi?
Taehyung oʻyinqaroq emas jiddiy gapirdi. Soni hech nima demadi. Taehyungning kostyumi ustida turgan yongʻoq rang soch tolasini koʻrib jim boʻlib qoldi. Soʻng Taehyungning koʻzlariga qarab indamay yonidan oʻtib ketdi. Taehyung kostyumini yechib yotoqqa tashladi. Sonini uhlashga yotib olganini koʻrib , ustiga topmoqchi boʻlgan koʻrpani ushlab qoldi.
~ Arazladingmi?
~ Nimaga?
~ Unday boʻlsa bugun eringga gʻamxoʻrlik qilmaysanmi?
Soni uning yuziga qarab turib lab chetida achchiq kulimsiradi.
~ Aftidan yetarlicha gʻamxoʻrlik qilishib boʻlishgan senga.
Soni shunday deb Taehyungga teskari oʻgirilib oldi.