My Vixen
𝖬𝖸 𝖵𝖨𝖷𝖤𝖭 || 𝖬𝖤𝖭𝖨𝖭𝖦 𝖴𝖱𝖦'𝖮𝖢𝖧𝖨 𝖳𝖴𝖫𝖪𝖨𝖬
Soniyalar ichida Taehyung qizning bilagini siqib oldi.
~ Beomgyu , Suhoni mashinanga olib bor.
Soni jon holatda qichqirib Suho tomon talpindi.
~ SUHO
Ammo Taehyung uni oʻziga tortib , belidan qattiq siqib ushlab oldi.
~ Men sen bilan hali tugatmadim.
U shunday degancha qizni yelkasiga tashlab mashinasiga eshigini ochdi.
~ Jin ursin tushur meni. Razil tushur meni
Tinmay oyogʻi bilan yigitni tepayotgan Soni negadir koʻzidagi yoshlariga egalik qila olmadi. Taehyung uning qarshiliklarini bartaraf etib mashina ichiga uni joyladi. Harakatlarini qoʻpol qilmasada , ushlashi qattiq edi.
~ QOʻYIB YUBOR MENI.
Tizzasini tirab olgan qiz yigitni oʻzidan itarishga urinar mashina oʻrindigʻida tinmay tipirchilardi.
~ YORDAM!
Taehyung uning ogʻzini qoʻli bilan yopib bilagini qizning boshidan teppasiga mahkamladi. Tanasini Sonining qoʻrnidan uzoqroq ushlab turdi. Toki uning vujudidagi tirik jonga ozor yetmasin
~ Jim...
Taehyung past ammo gʻazabli , umidsiz ohangda pichirladi. U qizning hazel koʻzlarida toʻplanib turgan yosh tomchilariga tikilarkan asta uning ogʻzidan qoʻlini oldi.
Soni bosim bilan hansirab nafas chiqararkan , Taehyungning qoʻllaridan chiqish uchun qimirlashga harakat qildi. Biroq bu imkonsiz edi.
~ Boʻldi qil.
~ QILMAYMAN! QILMAYMAN! KETMAYMAN! BORMAYMAN! SEN BILAN YASHASHNI ISTAMAYMAN! SEN BILAN BOʻLISHNI ISTAMAYMAN! MEN SENI XOHLAMAYMAN!!!
~ Qorningdagi bolam uchun ham qaror chiqarolmaysan.
~ U seniki emas!
~ Qoʻyib yuboradi deb oʻylasang adashasan. Nima boʻlishidan qatʼiy nazar seni qoʻyib yubormayman.
~ Tavqi laʼnatimsan sen! Nafratlanaman sendan.
Yigʻlamsirab uning qoʻlidan chiqishga urindi.
~ Ming laʼnat senga tushunyapsanmi! Ming laʼnat senga Taehyung.
Yigit qizning lablariga oʻzinikini bosib barcha shovqinni oʻchirdi.
~ Tan olaman... Bu safar tan olaman , Kim Soni. Seni juda sogʻindim.
~ Tegma!
Yigʻidan ovozi buzilib undan yuzini burib oldi. Taehyung peshonasini uning peshonasiga bosib jim turarkan boʻsadan betartib boʻlgan nafasini rostlashga urindi. Bu vaqt ichida qulogʻiga Sonining yigʻi ovozi eshitilib turar ekan yigit asta labini uning burun koʻprigiga toʻlib qolgan koʻz yoshlari ustiga bosdi.
~ Endi ishondingmi , menga?Taehyung ichkaridan chiqqach Soniga past ovozda gapirdi. Qizning koʻzlari Devaning iqrorligidan soʻng bir nuqtaga tikilib qolgancha turar , u oʻzini yaxshi xis qilmayotgan edi.~ U men uchun koʻp nohaqliklar qilsada , menga ilk mehr bergan erkak edi. Men bolaligimda u inson bergan sovgʻa va shirin soʻzlar bilan katta boʻlgandim. Hozir qanday inson boʻlishidan qatʼiy nazar otam men uchun qadrli... Uni mendan tortib olganlarga bergan jazoying ham kamlik qiladi aslida. Taehyung qizga indamay qarab turaverdi.~ Men baribir seni yoningga qaytmayman. Sen bilan boʻladigan hech narsani xohlamayman. Toʻyib ketdim sendan!~ Hammasini boshidan boshlaymiz.~ Yoʻq xohlamayman.~ Bolamiz uchun. Meni otalik huquqidan mahrum qila olmaysan.~ Sen meni mahrum qilganlaring ichida bu hech narsa emas.~ Soni!~ Fikrimdan qaytara olmaysan.Taehyung unga yaqinlashdi.~ Qarshiliging hech nimani oʻzgartirmaydi. Uyimga , ostonamga ilk qadam qoʻygan kuningdan meniki boʻlib boʻlgansan. Hozirni oʻzida seni majburlab yotoqxonamga qamab qoʻyishim mumkin. Ammo bunday qilmayman. Chunki bilasanmi nega? Men jiddiyman! Men bu safar munosabatlarimizda jiddiyman. Hech qanday soxtalik , qiziqish va koʻngilxushlik yoʻq. Men chindan ham sen bilan turmushimni qayta davom ettirmoqchiman. Mening sherigim , umr yoʻldoshim , farzandlarim onasi boʻlishingni xohlayman. Doim yonimda boʻlishingni , meni qoʻrqmay seva olishingni xohlayman. Menga hayotingni buzgan laʼnati iblisdek emas , seni doim himoya qilib ardoqlaydigan inson sifatida qarashingi istayman. Men soʻz beraman... Boshqa oʻyinlar boʻlmaydi. Endi begona ayollar , sovuq munosabatlar boʻlmaydi. Endi hech qanday dorilar boʻlmaydi. Hech qanday qasos , hech qanday oʻtmish boʻlmaydi. Faqat biz boʻlamiz. Sen ... Men ... Suho... va U...
U Sonining biroz chiqqan qorni ustiga barmoqlarini yurgizdi.~ Men bilan qol. Shunchaki qol...Va bari oʻzgaradi.
Mashinasiga suyanib turgan yigit universitet binosidan imtihon topshirib chiqayotgan yigit qizlarga jim qarab turardi. Uning nigohi oʻqilmas ammo oʻtkir koʻzlari bu notanishlar orasidan oʻz rafiqasini izlardi. Nihoyat qoʻlida dumaloq qilib oʻralgan oq qogʻoz bilan bilinib qolgan qorinchasini quchoqlab chiqqan ayolini koʻrgach sekin mashina eshigini ochib chiroyli bir dasta nargisslarni qoʻliga oldi.
Uzoqdan Taehyungni koʻrgan Soni uning qoʻlidagi sevimli gullarini koʻrib qadamlarini tezlatdi.
~ Tabriklayman.
Sezilmas tabassum qildi yigit gullarni Soni tomon uzatarkan.
~ Universitetga qabul qilinganimni qanday bilding?
~ Deylik mening oʻz yoʻllarim bor.
Soni undan gullarni olib ularni quchdi va jilmaydi.
~ Rahmat.
~ Uyga yoki restoranga tanla.
~ Uyga... Oyogʻim ogʻriyapti.
Taehyung Soniga boshdan oyoq tikildi.
~ Borgan sari toʻlishyapsan. Yangi oyoq kiyim olishimizga toʻgʻri kelyapti.
U rafiqasining yengil oyoq kiyimidan boʻrtib chiqqan oyoqkaftiga tikildi. Homiladorlikning 7 oyligi ketayotgan edi. Soni semirib ketayotgani haqida Taehyungdan eshitib ozroq ranjidi.
~ Senga ozgʻinlar yoqishi esimdan chiqibti.
Gulni Taehyungga qaytarib mashinaga oʻtirdi. Taehyung esa Sonining arzimas narsaga asabiylashishni homiladorlik davridagi holat deya qabul qilishni boshlagandi. U farzandining onasiga oʻz gʻazabini koʻrsatmaslikka harakat qilardi.
Nihoyat mashinani qoʻrgʻon ichiga olib kirgan Taehyung Soni tushib ketmasidan avval qoʻlidan ushlab qoldi. Qiz u tomon qaraganida Taehyung tezda lablarini unikiga bosib yumshoqlik bilan shimdi. Avval tepa lab keyin esa pastki labini oʻparkan bu boʻsani chuqurlashtirmaslikka va qoʻpollashmaslikka harakat qilardi. Shu asnoda barmoqlari bilan Sonining bilinib turgan qorinchasi ustidan siladi. Bir zumda bola tepkisini his qildi va oʻpichni buzib lab chetida kuldi.
~ Kichkintoy ham onasi kabi hayajonda.
~ Taehyung!
~ Tshhh.
U yaqinroq egilib Sonining qulogʻiga shivirladi.
~ Unutma... Menga xotinimning har qanday koʻrinishi yoqadi.
Gapini tugatgach qizning sochi ustidan oʻpib qoʻydi. Soni unga qarab labini burdi.
~ Bitta shirin gap bilan eritolmaysan.
~ Tan ol erib boʻlding... Balki allaqachon oʻrindiq nam boʻlgandir.
U bamaylixotir gapirib , mashinadan tushdi.
~ Ablah , uyatsiz!
Kechki vaqt Soni achchiq qalampirdan tayyorlangan sneeklarni yegancha televizor qarshisida oʻtirarkan Taehyung uni kuzatib oʻtirardi.
~ Qanday qilib bu achchiq narsalarni yeyolyapsan? Hidiga hatto koʻzim achiyapti.
Chuqur uhh tortib koʻzlarini barmogʻi bilan ishqaladi.
~ Pulim borki yeyapman. Senda boʻlsa sen ham ye!
~ Nima?
Qoshi gʻayritabiiy bukilib ketgan Taehyung Soniga ishonqiramay qaradi.
~ Men boshqa narsani nazarda tutdim.
~ Qiziq emas.
~ Shunaqami? Demak endi meni pulimni olmaysanmi?
~ Yoʻq! Stipendiyam oʻzimga yetarli.Taehyungning assbiylikdan jagʻi siqildi. Unga Sonining bu feʼlini koʻtarish anchagina ogʻirlik qilayotgandi.~ Farzandimiz tugʻilgandan keyin bariga Birma bir javob berasan.Soni indamadi.~ Bugun Suhoni aylantirishga olib boraman deb vaʼda berganman. Tezroq boʻl.~ Men bormayman.~ Soni!~ Oyogʻim ogʻriyapti chindan bormayman.Taehyung hech nima demadi. Yuqori qavatdan Suho bilan tushib keyin esa uydan chiqib ketishdi.
Soat 10ga yaqinlashganda qattiq ovozdan Sonining koʻzlari ochilib ketdi. Divanga suyanib uhlab qolgani uchun boʻyni qotib qolgan edi. Amallab tanasini koʻtargach qornini sekin ushlab tinchlanishga urindi. Televizorni oʻchirib ovoz kelgan tomon qaradi. Ammo sukunat.... Qiz hayron oʻrnidan turib deraza oldiga yaqinlashayotganda pastki qavatdan oʻq ovozlari eshitildi. Soni qichqirib yerga oʻtirdida quloqlarini mahkam berkitdi. Oq derazalarga urilib hamma yoqni chil chil qildi. Tashqarida qoʻriqchilar himoya pozitsiyasini egallashdi ammo ularni ham otib tashlashdi.Soni chinakamiga daxshatga tushib nima qilishini bilmay qoldi. Shu vaqt divan ustidagi telefonini koʻrib Taehyungga qoʻngʻiroq qilishi kerakligini oʻyladi. Yerdagi deraza siniqlari ustidan emaklab yurib telefonini oldi. Taehyungga qoʻngʻiroq qilar ekan pastdan kelayotgan notanish ovozlardan yuragi dukillab urib ketdi.~ Eshitaman?~ Taehyung! Kimdir uyga bostirib kirdi! Hammani otib tashlashdi. Tezroq kel.Ingrab gapirgan Soni nafasi tezlashganidan hansirab qoldi. ~ Hozir boraman. Offis xonamdagi yashirin shkafga berkin! Telefonni oʻchirma!Soni inqillab oʻrnidan turdi. Pastdagi ovozlar kuchayarkan qadamlarini tezlatdi. Siniqlardan kesilgan oyogʻiga eʼtibor bermay zina tomon bordi va yuqoriga koʻtarildi. Ammo hayajon va ogʻriq kuchaygan. Ogʻzini toʻldirib nafas olib chiqargan qiz zina tutqichini ushlab tanasini harakatlantirardi.~ Soni men boryapman! Ovoz berib tur.~ Hammasi yaxshi.Nihoyat zinadan chiqib olgach devorga suyanib nafasini rostladi.~ Hammasi yaxshi hammasi yaxshi ...Qornidagi ogʻriqni sezgan Soni barmoqlari bilan kichkintoyini tinchlantirishga urindi.~ Dadang kelyapti.... Keladi... Oying esa sen bilan yana ozroq chida. Shu vaqt uy ichiga kirgan odamlarning oyoq tovushlari eshitildi. Soni oʻzini chetroqqa olib ularga koʻrinmaslik uchun yoʻlakni boshqa tarafiga oʻtmoqchi boʻldi. Ammo telefon pastki qavatga tushib ketdi.~ Ming laʼnat.Pichirlagan qiz tezda sudralib offis xonasi tomon bordi.Pastga tushgan tushgan telefon ovozidan bosqinchilar eʼtiborini zina tomon qaratdi. Ulardan biri telefonni olib qolganlarga yuqoriga chiqishlarini aytdi.Bu vaqtda Taehyung toʻxtamasdan Sonining ismini takrorlardi. Nihoyat telefon oʻchganini anglatuvchi signal eshitilgach ichiga xuddi musht bilan urgandek boʻlgan yigit mashina tezligini mingga chiqardi. Soʻng yordamchisiga qoʻngʻiroq qildi.~ Alo , Beomgyu Suhoni xavfsiz joyga olib bor! Qolgan odamlarni esa qoʻrgʻonga joʻnat!Taehyung aloqani tugatgach yana tezlikni oshirdi. Negadir yoʻl oldingidanda uzoqroqdek tuyulardi. Bu esa Taehyungni aqldan ozdirmoqda.~ Jin ursin!
Soni allaqachon Taehyungning kabinetiga kirib olgan shkaf eshigiga talpindi. Ammo ogʻriq bu safar juda kuchaygani uchun qimirlay olmay qoldi. Tanasi suv boʻlib pastki qismida namlikni his qilgach koʻzlari daxshatdan kattalashib ketdi.~ Hozir emas... Iltimos hozir emas. Pichirlagancha sudralib shkaf tutqichiga qoʻlini qoʻydi. Bosqinchilar har bir xonani izma iz tekshirishdi.Va soʻnggi eshik Taehyungning kabineti edi. Eshikni tepib ochishdi.Ammo ichkari boʻm boʻsh. Ikki yigit xonani yaxshilab koʻzdan kechirishdi.~ Hech kim yoʻq bu yerda ketdik.Shu vaqt sherigining yelkasidan ushlab toʻxtatib qoldi.~ Buni qara.U qoʻli bilan poldagi nam boʻlgan joyni koʻrsatdi. Suv pol boʻylab devor tomon yoʻnalgan soʻng gʻoyib boʻlgandi. Shunda ulardan biri yonidagiga qaradi.~ Xotini homilador deyilganmidi?Ikkisi bir biriga iljayib qoʻyisharkan ratsiyaga gapirishdi.~ Agent ilon habar beradi nishon topildi.
Pov_Soni
Bu ogʻriqdan oyoqlarim titrab oʻzimni tutolmay qolgandim. Tor bu shkaf ichida nafasim tobora qisar ammo chidashga majbur edim. Koʻylagim siqsa suv oqadigan boʻlib qolgandi. Ovoz chiqarmaslik uchun ogʻzimni kaftim bilan yopdim. Bolajonim ozroq chida iltimos. Qoʻrqyapman. Taehyung ulgurmasachi? Shu vaqt xonaga kirganlarning ovozlari eshitildi. Ularning gapini eshitib oʻlim sharpasini koʻrgandek boʻldim. Tamom boʻldim. Ular bu yerga yaqinlashayotgan edi. Qornimni quchib koʻzimdagi yoshlarga egalik qilolmay qattiq yumdim.
Ikki yigit tutqich tomon qoʻllarini uzatganda ortidan kelgan odamni sezishmadi. Taehyung tepkini bosdi va ikkisi ham yerga yiqildi. Shoshilgancha shkafni ochgan yigit ichkarida xushsiz yotgan qizni koʻrib muzladi. Uni qoʻliga koʻtarib tashqariga olib chiqarkan Sonining koʻylagi butunlay suv boʻlib ketganini angladi.
Shifoxona eshiklaridan bir daqiqa koʻzini uzmay oʻtirgan Taehyung butun boshli kiyimi qonga belanganiga parvo qilmadi.
~ Janob jasadlarni daf qildik
Sekin kelib Taehyungga pichirladi Beomgyu. Javoban Taehyung yengil bosh chayqadi.
~ Suho uhlayapti.
Taehyung bir oʻgʻiz ham gapirmadi. Hayoli ichkarida jon olib jon berayotgan rafiqasi va tugʻilajak farzandida edi.
~ Bu ishni kim qilganini aniqladim... Deva xonimning...
Taehyung gap yakunlanmasidan hammasini tushundi. U oʻrnidan sekin turib xavfli aurasiga qaytdi.
~ Ichkariga hech kimni yoʻlatma!
U shunday deb yoʻlakdan yurib ketdi. Bu safar bariga nuqta qoʻyadi. Shifokorning 1 soat avval aytgan " Ikkisidan birini saqlab qola olamiz " degan gaplari bu nafratni yana kuchaytirardi.
Tungi soat 02:32
Atrofida toʻplangan boʻlaklangan tanalar orasidan yurayotgan Taehyung ikkilanmay Devaning harakatsiz tanasini oyogʻi bilan bosdi.
~ Senga nima degandim? Xotinimdan va mendan uzoq yur degandim. Aksini qilding.... Ana endi koʻr otangni boʻlaklangan tanasi koʻz oʻngingda.
Taehyung shunday deb qon boʻlgan uzun pichoqni yerga tashladi. Uning bir harakati bilan yigitlar benzin bachoklarini olib kelishdi. Deva hatto gapirolmasdi. Uning koʻzlari kattalashdi. Ammo tanasi jonsiz edi.
~ Oʻyin tugadi.
Taehyung ortiga oʻgirildi va uzoqlashdi. Yigitlar benzinni sepib chiqishgach Taehyung yondirgichni yoqib ular ustiga tashladi. Shu on Deva va uning hamtovoqlari yonib kul boʻldi.
Kasalxona.
Taehyung yoʻlakka yaqinlashgan sari yuragi koʻksida notekis tebranardi. U qoʻrquv tuygʻusini butun tanasida his qila boshlagan hozir oʻsha eshik tomon kelganda goʻyo Sonining yoki farzandining jasadini koʻradigandek his qilardi.
~ Jin ursin! Kerak emas!
Past ovozda pichirladi. Shu payt Beomgyu yaqinlashib Taehyungni yelkasidan ushladi.
~ Janob tabriklayman. Qiz tugʻildi.
Taehyung unga qaradi.
~ Kim xonim ham sizni kutyapti.
Taehyung eshitganiga ishonolmadi. Tezda palataga kirdi. Shu vaqt palata karavotida bolasini bagʻrida tutib yotgan Sonini koʻrib turgan joyida qotib turardi. Bir necha soniyadan soʻng qadamlari rafiqasi tomon yoʻnaldi. U yaqin kelib Sonining koʻzlariga termulib peshonasiga oʻpich bosdi. Yerga tizzalab tugʻilgan qizalogʻiga termuldi. Barmoqlarini kichik kaftchalariga bosib qoʻlini ular tomon oʻradi. Egilib chaqaloqning hididan nafas olarkan Sonining koʻksiga peshonasini bosib koʻzlarini qattiq yumdi.
~ Rahmat.
Tutqichi himoya bilan qattiqlashgan Taehyung yana qizalogʻiga tikildi.
~ U senga oʻxshagan...
Taehyung sekin kuldi. Bu kulguni Soni hali eshitmagan. Bu oʻzgacha begʻubor edi. Shifokorlar ikki jonni saqlab qolishganidan oʻzlari ham hayratda edi
~ Unga onamni ismini qoʻysam boʻladimi?
Taehyungning soʻzlaridan Soni hech nima deya olmadi. Chunki Soni uning koʻzlaridagi tushunarsiz ogʻriqni koʻrgandi.
~ Albatta
~ Ismi Hazel boʻladi... Hazel Anna Kim
Toʻliq ismni talaffuz qilgach chaqaloqni koʻtarib Sonining yoniga yotdi kichkintoyni ikkisining oʻrtasiga yotqizdi.
Taehyung nihoyat hotirjam koʻzlarini yumgancha peshonasini Sonining peshonasiga qoʻyib chuqur nafas oldi.
~ Endi hammasi yaxshi... Juda yaxshi...
Soni unga jim termularkan asta koʻzlarini yumdi.
~ Seni sevaman Kim Soni
~ Seni.Sevaman Kim Taehyung
Nihoyat salkam 7 oy davom etgan fanfigimni tugatdim. Toʻgʻrisi bu fanficning yozilish jarayonida juda katta chalkashliklar oʻzgartirishlar boʻldi. Ayrim sahnalar toʻliq ochib berilmadi. Ming xil oʻzgartirilgan idealar bilan soʻnggi qism yakunlandi. Koʻpchilik ayrim qahramonlar taqdiriga qiziqishgan boʻlishi mumkin. Ammo men bor eʼtiborimni #Iblis va uning #Vixeniga qaratishni istadim. Bu fanfigim mening comfortim edi. Undagi erkak mening comfortim. Sizlarga fanfic boshqa asarlarim kabi kuchli hissiy toʻlqin berolmagan boʻlishi mumkin. Ammo men bu sevgi qissamni hech qaysi asarim bilan tenglashtirishni istamasdim. Umid qilamanki finalga munosib fikr va hurmatingizni bildirasizlar.