September 5, 2025

𝖬𝖨𝖲𝖳𝖤𝖱𝖮

𝖳𝖴𝖭𝖦𝖨 𝖱𝖨𝖳𝖲𝖠𝖱 𝖮'𝖹 𝖬𝖠𝖫𝖨𝖪𝖠𝖫𝖠𝖱𝖨𝖭𝖨 𝖣𝖮𝖨𝖬𝖮 𝖧𝖨𝖬𝖮𝖸𝖠 𝖰𝖨𝖫𝖠𝖣𝖨

Pov_Hae
Koʻzlarimni ochmasimdan ongim uygʻondi. Quloqlarim ostida uskunaning bir maromdagi ovozi eshitilardi. Astalik bilan ogʻir qovoqlarimni koʻtardim. Xonaga nazar soldim. Hayron qolmadim palatada ekanligim sababi ayon chunki. Tomogʻimdagi yoqimsiz ogʻriq asabimga tegishni boshladi. Qaddimni koʻtardim. Shu on kravotimni oyoq qismiga oʻtirib olgan Taehyungni koʻrib oʻtakam yorildi.
~ Hayrli tong....
~ Aytadigan gaping.... Ahhh tomogʻim.
Boʻgʻiq ovoz bilan birgalikda kuchli ogʻriq tomogʻimni egallab olgandi.
~ Yaxshisi yoz.
Taehyung menga telefon uzatdi. Unga butun nafratim bilan qarab qoʻlidan telefonni yulib oldim.
~ Daeyon qayerda?
Yozgan habarimni unga koʻrsatdim.
~ Qochib ketibdi.
Ifodasiz javob berdi u. Alam bilan jilmaydim va yana barmoqlarimni ekranda harakatlantirdim.
~ Koʻzingga ahmoqdek koʻrinyapmanmi? Sening uyingdan hatto pasha shunchaki erkin uchib ketolmaydi.
~ Lekin Daeyon udalladi. Aldaganim yoʻq. Rostdan ham qochib ketdi.
Baribir ishongim kelmadi. Taehyungga qarab turaverdim. Har bir savolimga javob olishni istardim.
~ Buqogʻingni operatsiya yoʻli bilan olib tashladik. Nega buni shu paytgacha amalga oshirmaganingga hayronman...
Taehyung oʻrnidan turib , kichik javon ustidagi idishdan stakanga suv quydi. Uni kuzatib turarkanman hech nimani tushunmasdim. U organlarimdan birini oʻziga koʻchirib oʻtkazishini tahmin qilgandim. Ammo unday boʻlmadi. Tahlil natijalarichi? Bularni qanday tushunish mumkin. Miyyam chalkashib ketdi. Taehyung qoʻlidagi ignasiz shprits bilan men tomon oʻgirildi. Unga savol nazari bilan qaradim. Shunda stakandagi suvdan shprits orqali maʼlum hajmini soʻrib oldi.
~ Suvni endi shunday oz ozdan ichishing kerak. Tomogʻingga ortiqcha bosim boʻlmasligi uchun.
U shunday deb lablarimni ajratishimni kutdi. Ikkilanib asta ogʻzimni ochdim. Suvni lablarimda his qilib oʻzimni shunaqangi yengil his qildimki , chanqogʻimni qondirishga juda muhtoj edim. Ammo Taehyung sabr bilan kichik miqdorda suvni shprits orqali joʻnatardi. Toki suvga toʻygunimcha yarim soat shu holatda oʻtirdik. Nihoyat boʻshagan stakanni chetga qoʻygan Taehyung shpritsni axlat qutisiga tashladi. Nihoyat ichimdagi oʻsha savolni berishga qaror qildim.
~ Maqsading nima?
Taehyung buni oʻqib menga qaradi.
~ Hammasini bilib olgansan deb oʻylagandim.
~ Qaysi organimni xohlaysan?
~ Nima? Aqldan ozganmisan, Hae? Narkoz taʼsiri hali tarqalmadi shekilli.
Chuqur nafas olib yozishda davom etdim.
~ Tahlil natijalarni koʻrdim hammasini solishtirgansan. Meniki mos kelgan , Daeyonniki esa yoʻq. Shuning uchun u bilan munosabatni toʻxtatib mening izimdan tushgansan. Donorlik uchun qilgansan. Oʻsha 8ta qizni nima qilding? Senga mos kelmagani uchun oʻldirib yubordingmi?
Hammasini yozib, ekranni Taehyungning savol ifodasi balqib turgan yuziga tutdim. Shu on uning qoshlari jahldan chimirilib, koʻzlari qoraygancha menga tikildi. Shu on qoʻlimdagi telefonni olib xona burchagiga otib yubordi.
~ Bilasanmi? Menimcha bu telefon senga kerak emas. Miyyangdagi ahmoqona fikrlarni yozib, aqldan ozganingni isbotlab oʻtiribsan.
Bir muddat u jim turdi. Soʻng yuzimga egildi.
~ Nazarimda hammasini xato tushungansan. Bir narsani aniqlashtirishga ruxsat et... Tahlil natijalari doim ham donorlik uchun solishtirilmaydi. Baʼzan ular oʻrtasida sogʻlom farzand dunyoga kelish imkoniyati qanchalik balandligini aniqlash uchun ham kerak boʻlishi mumkin. Deylik oʻsha 8ta qiz va Daeyonning qon tahlili menikiga teskari boʻlib chiqdi ammo Chon Haeniki mutlaqo mos.
Uning soʻzlarini eshitarkanman gaplari maʼnosini chaqqanim sari yuragimdagi hadik tezlashardi.
~ Mening farzandim onasi boʻlasan. Chunki eringning vafotidan soʻng butun boshli kompaniya va boyliklarni boshqaradigan merosxoʻr kerak.
Dunyo toʻxtadi... Koʻzlarim Taehyungning qahvarang koʻzlarida qotib qolarkan uning ovozi uzoqdan eshitilayotgandek edi. Nima u oʻlyaptimi?
~ Ha ... Men yaqinda oʻlaman. Jigar serrozi... 3chi bosqich. Sen titkilagan papkalarning eng oxirgi qatorida kasalligim haqida maʼlumotlar bor edi. Aftidan oʻqishga ulgurmagansan.
Ishongim kelmasdi. Shunchaki ishonolmadim. Ovozim ham chiqmaydi.

Faqat koʻzlarim gapiryapti. Unga shunchaki muzlagan mushukdek tikilib turardim. Koʻzlarimni bir zum ham uzolmasdim. Uning oʻlimi? Men buni hech qachon istamagandim. Yoʻq... Uni oʻlishini xohlamayman. Uni sevaman jin ursin....
Nafas yetmay qoldi. Koʻksimni gʻijimlab ogʻzim bilan kislorod yutishga harakat qildim. Boshimni koʻtarib yana uning nigohlariga duch kelarkanman achchiq yosh yuzimdan sirpanib tushdi. U esa hissiz menga tikilmoqda. Laʼnati hatto oʻlim ham bu mahluqni qoʻrqitolmaydi. Oʻzimni boshqarolmay yuziga tarsaki tushirdim. Bor ovozimda unga baqirgim kelardi.
~ S..sseennn ... A.aa...ablahsan.! Ke..kechirmayyyman.nn.nnn.
Xirillagancha shu soʻzlarni ayta oldim xolos. Nega bunday qiladi? Nega menga bunday qiladi?! Hozir mendan foydalanib hislarim bilan oʻynashgani uchun uni oʻldirishni va shu vaqtni oʻzida qattiq quchoqlab oʻlmasligini yolvorib soʻrashni xohlayotgan edim. Hislarimni oʻyin qilib uni sevib qolganimda esa ikkilanmasdan oʻlayotganini aytdi. Uni kechirmayman. Hech qachon kechirmayman.

Tarsaki zarbidan yonogʻi qizargan Taehyung Haega oʻqilmas nigohlar bilan qaradi. Oʻtkir koʻzlari qizning yuzida aylanib yurardi.
~ Buni shunchaki kelishuv deb qabul qil!
Vishillagancha soʻzladi yigit albatta tarsaki badalini toʻlatishni xohladi ammo Haening ahvoli qandayligini bilgani uchun ham oʻzini bosdi. Oʻrnidan turib palata eshigi tomon yoʻnalarkan yelkasi ortidan shunday dedi.
~ Ortiqcha hissiyotlarga berilma... Baribir men bunga arzimayman.

Oradan kunlar oʻtdi

Pov_Daeyon
Haedan hech qanday nom nishon yoʻq. Oxiri uni izlamay ham qoʻydim. Bir oʻzim nima qilolaman. Taehyungdek odamga qarshi chiqishim mumkinmi? Hamma narsa majhul boʻlib qoldi. Voqealarni miyyamda tahlil qilib tayinli javob ham topa olmadim. Hammasidan charchadim toʻgʻrisi. Ortiq oʻylashni istamayman.

Daeyon miyyasidan oʻtkazayotgan oʻylarini tarqatib doʻkondagi yumushlarini bajarishda davom etdi. Shu vaqt eshik ochilishi bilan peshtoqdagi qoʻngʻiroq ovozi jarangladi. Daeyon boshini koʻtarmay mijozga murojaat qildi.
~ Marhamat qanday yordam berolaman...
~ Kim Taehyungning ishi boʻyicha boʻlsa yoʻq demasdim.
Ayol kishining ovozi silliqina Daeyonning qulogʻi ichiga kirib ichini muzlatib yubordi.
~ Nima?
Daeyon tezda ortiga oʻgirilib oʻsha ayol bilan yuzma-yuz boʻldi.
~ Men uchun 15daqiqa ajrata olasanmi?
Kibor xodimlardek kiyingan ayol mukammal tabassum qildi.

~ Demak Hae Taehyung bilan birga yashayapti. Undan homilador ham boʻlgan shundaymi?
~ Ha...
Daeyon ayolga sinchkov qaradi.
~ Buni nega menga aytyapsiz.
~ Chunki ikkimiz ham ulardan alamzadamiz.
~ Men Haedan hafa emasman. Taehyung uni tanlasa men nima qilishim kerak? Dugonamni sochini yulishimni istaysizmi?
Hazilsiz kuldi qiz.
~ Sen ahmoq ekansan. Hae homiladorlikdan saqlanish uchun tabletka qabul qilardi. Lekin hozir unday qilmayapti. Chunki u ham Taehyungning boyliklariga qiziqib qolgan. Agar sen kabi u ham yaxshi inson boʻlsa sodiq boʻlsa nega dugonasining hissiyotlari bilan oʻynashib uni ahmoq qilgan yigitdan homilador boʻlib oldi. Rad qilsa boʻlardiku... Nega u oson yoʻlni tanlaganda sen buni qilolmaysan. Pul koʻproq kimga kerak sengami yoki hech narsaga zoriqmay oʻsgan Haegami?
Daeyon jim boʻlib qoldi.
~ Kel ikkimiz bir ish qilamiz. Evaziga senga katta miqdorda pul beraman. Mening ishlarim oʻxsgagach ikki barobar toʻlayman. Bordi-yu ishlarim oʻxshamasa ham birinchi bergan avansim senda qolaveradi. Rozimisan?
~ Siz oʻzi kimsiz?
~ Bilishing shart emas. Shunchaki ikkita omadlidan oʻzimizni haqqimizni tortib olaylik. Hae bu bilan hech nima yoʻqotmaydi.
~ Bunday qilmayman.
~ Lekin koʻzlaring boshqacha soʻzlayapti.
Daeyon hech nima demadi. Oʻrnidan turib ayolga soʻnggi soʻzlarini aytdi.
~ Meni bezovta qilmang.