SWEET SIN
Taehyung biroz tinchlangan qizni qoʻlida koʻtarib yotoqxonaga olib kirdi. Shkafdan quruq kiyim olib qizning ustidagi hoʻl dush halatini yechishni boshladi.
~ Nima qilyapsan!?
Tezlikda halatning belbogʻini qoʻli bilan mahkam siqib yotoqdan ortga harakatlandi. Taehyung Soniga ensasini qotirib kiyimlarni tizzasiga tashladi.
~ Ahvoling yaxshi boʻlsa kiyimini oʻzing kiyib ol...
Xonadan chiqib ketgach oradan vaqt oʻtib qaytib kirdi bu safar qoʻlida tinchlantiruvchi dori va suv bor edi.
~ Buni ich va yotib uhla.
~ U yana qoʻngʻiroq qilsachi?
~ Telefoningni sidirib tashlabsanku nima kabutarlardan habar joʻnatadimi?
~ Nega bunchalar sovuqqonsan?
Alamdan ovozini koʻtargan qiz oʻrnidan turdi.
~ Undan qorqyapman! Tushunyapsanmi? Ruhiyatimga zoʻravonlik qilyapti!!! Sen hal qilib berishga vaʼda berganding!
~ Hal qilaman. Bundan koʻngling toʻq boʻlsin. Dorini ich va uhla. Qorning och boʻlsa taom buyurtirib ketaman.
Soatiga qarab gapirarkan Taehyung telefoni orqali ovqat buyurtma qilish ilovasiga kirdi.
~ Nima? Ketasanmi? Meni bir oʻzimni tashlab shu vaqtda?!
~ Ishlarim bor.
~ Yarim kechasimi?
~ Soat endi kechki 8 boʻldi , Soni. Nima otangdek seni ovutib oʻtirishim kerakmi?
Soni nimadir demoqchi ediyu ammo tiliga soʻz kelmadi. Ich ichidan keraksizlik tuygʻusi oʻtarkan , negadir Taehyungning bu qiligʻidan hafa boʻlgandi. Achchigʻi kelib dorini olib ichdi.
Kuryer tomonidan ovqat yetkazilgach Taehyung uni Sonining xonasiga olib kirib berib oʻzi uydan indamay chiqib ketdi.
Qanchalik uhlashga harakat qilmasin soat 12ga bon urarkan haligacha Sonining koʻzlariga uyqu kelmasdi. Yuragi notinch dukillashdan charchamas havo tanqisligi tufayli ichi siqilardi. Oʻrnidan turib derazani ochgach yengil shamol yuziga urildi. Shu vaqt pastda oʻziga tanish mashina turganini payqadi raqamiga eʼtibor berarkan oʻzi oʻylagan inson ekanligiga amin boʻldi.
Soni hech narsani oʻylamay ustiga pidjagini tashlab kvartiradan chiqdi.
Tungi salqin havoda sochlari birdan yuzini oʻrab olarkan Soni ularni qulogʻi ortiga oʻtkazib mashina tomon yaqin keldi.
~ Sonkang?
Yigit tezda u tomon qarab mashinadan tushdi.
~ Oldingga qanday chiqsam ekan deb oʻylab turgandim. Telefoningga nega javob bermading?
~ Sindirib qoʻydim.
~ Men qoʻngʻiroq qilganim uchunmi?
Hazilsiz kuldi yigit.
~ Nega kelding? Taehyung yoʻq mahal kelganingga qaraganda menda muhim gaping bor.
~ Toʻgʻri aytding.
Sonkang qiz tomon yaqinlashib uning yuzini sinchkovlik bilan kuzatdi.
~ Taehyungni sevib qoldingmi?
~ Shunga ishonasanmi?
~ Yoʻq...
~ Hammasi juda chalkash senga nima deyishni ham bilmayapman.
~ Muammoni ayt vassalom. Men hal qilaman. Toʻyimizni toʻxtatish niyatim yoʻq. Gaplarimni yaxshi tushungandirsan.
~ Menga yordam berasanmi?
~ Nima muammo boʻlsa hammasini oʻzim hal qilaman. Sen shunchaki ayt. Kerak boʻlsa Taehyungni koʻz oldidayoq bu tomoshani soniyalarga bormay toʻxtataman.
Soni yigitning qatʼiy soʻzlarini tinglarkan endigina ogʻiz juftlamoqchi edi biroq ortidan kelgan ovozdan gapi ichida qoldi.
~ Soni uyga kir!
~ Nima?
Qizning bilagidan qattiq siqib ortga tortgan Taehyung uning qulogʻiga zarb bilan shivirladi.
~ Oʻzim uloqtirib yubormasimdan yoʻqol uyga.
~ Sen kimga buyruq beryapsan?! Qoʻyvor qoʻlimni.
~ Taehyung haddingdan oshding. Hoziroq qoʻlini qoʻyib yubor.
Sonkang oʻrtaga aralashib Soning ikkinchi bilagidan ushlab oldi. Taehyungning koʻzi birdan yigitga qaratilib ikkinchi qoʻli bilan uni koʻksidan itarib yubordi.
~ Taehyung aqldan OZGANMISAN?
~ Sen meni shu yerda kut.
Taehyung barmogʻini Sonkangga bigiz qilib koʻrsatgach Sonini oʻzi bilan tortib mashina ichiga itarib yubordi.
~ Sobiq sevgiling bilan gaplashib olgunimcha shu yerda uningni oʻchirib oʻtir.
Qiz qarshi harakat qilishga ulgurmasidan Taehyung eshikni yopib qulflab qoʻydi.
~ TAEHYUNG ABLAH!!!
Nihoyat Sonkangning qarshsiga chiqqan yigit unga boshdan oyoq qaradi.
~ Hammani aldasang ham meni aldayolmaysan.
Sonkang xavfli ovozda oʻzini bosib olib gap boshladi.
~ Xotinim bilan oʻrtamizdagi muammolarni oʻzimiz hal qilib olamiz.
Javoban Taehyung ham tishini tishiga qoʻyib soʻzladi.
~ Qogʻozdagi ikki imzoga ishonib ertakda hayolan uchib yuribsanmi? Soni kimni tanlashini juda yaxshi bilasan. Kichikligimizdan shunday edi. U uchun seni qadring juda ham past oʻrnida mavqeyingdek.
Taehyung Sonkangga yaqinlashib uning yoqasidan ushladi.
~ Oʻtmish bilan oʻzingni ovutib nimaga erishmoqchisan? Kel senga bir yaxshilik qilib sirimni ochay.
Taehyung shunday deb uning qulogʻiga pichirladi. Bu vaqtda Sonkangning koʻzlari hayrat va naftaddan kattalashdi. Taehyung boshini ortga tortib lab chetida sezilmas jilmaydi.
~ Yugurganniki emas... Buyurganniki doʻstim.!
Yoqasidan qoʻlini olib Sonkangning yelkasiga qoqib qoʻygach ortiga oʻgirildi va mashinaga oʻtirdi. Sonkang bularni kuzatib turarkan mashina bu yerdan uzoqlashib ketgach gʻazab bilan mushtini koʻcha chirogʻi ustuniga urib uni pachoqladi.
~ Oʻldim deyaver , Tae!
Yoʻldan koʻzini uzmay mashinani boshqarib ketayotgan Taehyung Sonining gaplariga pinagini ham buzmadi.
~ Qayerga olib ketyapsan? Toʻxtat mashinani!!! Jonimga tegib ketding! Sonkangga nima deding? Gapir nega indamaysan? Tilingni yutdingmi?
Taehyung mashina rulini chapga burgani uchun Soni boshini mashina oynasiga urib oldi. Qizning ogʻriqdan ingrashiga eʼtibor bermagan yigit hech bir soʻzsiz toʻxtash joyiga yetgach dvigatelni oʻchirdi va mashinadan tushdi. Soni mashina oynasidan politsiya idorasining binosini ko'rib hech nimaga tushunmay qoldi. Bu orada Taehyung allaqachon mashina eshigini ochib uning tushishini sabrsizlik bilan kutardi
~ Nega bu yerga keldik? Nima meni qamatmoqchimisan?!
~ Mashinadan tush.
Taehyung bosiqlik bilan gapirdi.
~ Tushmayman.
~ Qadrli Gersoginya marhamat qilib jilovsiz oyoqchalaringizni yerga qoʻying.
Qiz mashinadan qoʻrslik bilan tushgach Taehyung eshikni yopdi.
~ Demak mana shu arizani toʻldirib imzo cheksangiz bas. Biz sizning shikoyatingizni koʻrib chiqamiz.
Ofitser varoqni Sonining oldiga ruchka bilan qoʻyarkan Taehyung oraga qoʻshildi.
~ Koʻrib chiqish emas hal qilamiz desangiz toʻgʻriroq boʻladi.
~ Hal qilamiz.
Ishonch bilan javob qaytargan ofitser ularni xonada yolgʻiz qoldirib chiqib ketdi.
~ Umid qilamanki undan qutulaman.
~ Albatta...
Qiz arizani yozib boʻlganini koʻrgan yigit nihoyat oʻrnidan turdi.
~ Darvoqe.. bu yerga yana bir marta kelib ketishimizni istamasang sobiq yigiting bilan koʻrishishni toʻxtat.
~ Tushunmadim.
~ Keyin tushunib olasan qani yur.
~ Meni rashk qilyapsanmi?
Mensimay yoqimsiz tabassum qilgan qiz Taehyungning ortidan ergashdi. Ular politsiya mahkamasidan chiqishar ekan yigit mashinaga bir ogʻiz soʻzsiz joylashdi. Ammo Soni bugun ozroq qadrli* eri bilan kichik koʻngilxushlik qilishni istab qoldi. Mashinaga oʻtirmasdan avval Taehyung oʻtirgan oʻrindiq oynasini taqillatdi.
~ Nima qilyapsan?
Savol nazari ila qoshini chimirdi u.
~ Balki ozroq xotining bilan klubda sherikchilik qilarsan.
~ Mastlik senga muammodan boshqa hech nima keltirmagan , xotinjon.
~ Yonimda sen borsanku
Hazilsiz kularkan Taehyungning rozi boʻlishini kutdi.
~ Xoʻsh evaziga nima?
~ Nima xohlaysan?
~ U yerga borganda bir oʻyin oʻynaymiz.
~ Kelishdik.
Qiz rozi boʻlib mashinaga oʻtirdi.
Klub chiroqlariga tikilib oʻtirgan qiz qarshisidagi yigitning uzluksiz nigohlarini oʻzida his qilib unga oʻgirildi
~ Nima?
~ Kelishuv...
~ Haya.. yodimdan koʻtarilibdi. Xoʻsh qanday oʻyin oʻynaymiz?
Qoʻllarini bir birini ustiga qoʻyib barmen stoliga tiradi qiz.
~ Tosh qaychi qogʻoz... Yutqizgan shart bajaradi.
~ Boʻsa va quchoqlashuvlarni roʻyxatdan olib tashla.
Taehyung boshini egib kulib yubordi.
~ Ular shusiz ham roʻyxatda yoʻq.
~ Okay.
Taehyung va Soni kaftlarini koʻtarib oʻyinni boshlashdi.
~ Tosh qaychi qogʻoz
Ikkisi bir varakayiga gapirib nihoyat toʻxtashdi. Shartda Taehyung yutqazdi.
~ Xoʻsh senga qanday shart bersam ekan.... Topdim , ofitsiantni qoʻlidan ichimlikni olib oʻtirgan yigitlarga oʻzing tarqat.
Soni ich ichidan Taehyungni tahqirlashni istagancha shartni aytdi. Taehyungning yuz tuzilishi labidagi tabassumi oʻzgarmadi ammo undagi qiziquvchanlik butkul yoʻqoldi. Koʻzlarida qorongʻuroq nimadir miltillagach oʻrnidan turdi.
~ Buyrugʻingiz bosh ustiga .
Taehyung Sonining shartini bajardi. Soʻng qayta oʻz joyiga oʻtirdi. Ikkinchi raundda esa Taehyung gʻalaba qozondi. Yigit klubni sinchkov oʻrganib chiqarkan koʻzi sahnada turgan qizga tushdiyu bir muddat oʻylanib qoldi.
~ Oʻylab boʻldingmi?
Martinoni hoʻplab savol bergan Soni Taehyungning javobini kutdi.
~ Bir daqiqa...
Yigit yon choʻntagidan ruchkani olib salfetkaga nimadirlarni yozdi. Soni ularni oʻqishga harakat qildi ammo iloji boʻlmadi.
~ Buni ana oʻsha qizga berib kelasan.
~ Yoqtirib qoldingmi?
~ Qaydam...
Taehyung sirli jilmaydi. Soni unga ensa qotirib oʻrnidan turdi va sahnada turgan qizga salfetkani berib qaytib keldi.
~ 3-raundni boshladikmi?
~ Menimcha bugunga yetadi.
Taehyung rad qildi va boʻshagan stakanini barmen tomon uzatib 2 hissa soʻradi.
~ Salfetkaga nima deb yozganding?
~ Hozir oʻzing bilib olasan.
~ Nima? U qiz kim taniysanmi?
~ Ha sobiq sevgilim.
~ Nima deding?
Birdan asabiy ovoz koʻtargan Soni unga qaradi. Shu vaqt oʻsha qiz kelib qoʻlidagi salfetkani taraqlatib barmen stoliga urdi.
~ Agar eringga bola kerak boʻlsa oʻzing tugʻib ber. Sen esa Kim Taehyung yodingda boʻlsa mendan voz kechganing uchun qattiq afsuslanasan degandim. Aytganimdek boʻldi.
Qiz shunday deb ketib qolgach Soni hech nimaga tushunmay salfetkani olib uni ochdi va ichidagi yozuvni oʻqidi.
• Men Taehyungning xotiniman. Uni sevaman ammo farzand dunyoga keltira olmadim. Iltimos erimga farzand tugʻib bering. Men sizga nima desangiz beraman. U sizga befarq emas. Erim uchun bariga tayyorman.
Kim Soni
Yozuvni oʻqib boʻlgach Sonining koʻzlari kattalashib ketdi. Gʻazab bilan Taehyung tomon oʻgirilarkan uning iblisona tabassumini koʻrib nafratdan kipriklari titrab , koʻzlaridan oʻt chaqnadi.
~ Ajoyib kecha boʻlyapti shunday emasmi?
Soni salfetkani gʻijimlab stakanidagi ichimlikni Taehyungning yuziga sepib yubordi.
~ Meni yer bilan bitta qilishdan qanchalik zavqlanyapsan? Jirkanch iflos!
Taehyung yuzidagi ichimlikni stul suyanchigʻiga ilingan Sonining pidjagiga artib tashladi va vishilladi.
~ Buning hisobi koinotga sigʻmaydi.
~ Tagipast!
Pidjagini olib yuzini artgan Taehyungga nafrat bilan baqirib yuziga tarsaki tushirdi.
Oxiri sabr kosasi toʻlgan yigit qizni yelkasiga koʻtarib oldida klubdan chiqib uni mashinasining ichiga uloqtirdi. Hali oʻzini oʻnglab ulgurmagan Soni birdan Taehyungning barmoqlari tomogʻi yomon chirmalganidan nafasi tiqildi. Yigit maksimal darajada qizning yuziga yaqinlasharkan tanasini unga bosdi. Tinchimas oyoqlarini esa ikki tizzasi orasiga qisib Sonini harakatsiz qoldirdi.
~ Doimgidek oʻzingni osmon deb bilasan. Ammo hozirchi? Hozir tagipast deb atagan insonni ostida ilojsiz yotibsan. Bu qanchalik haqiqatga mos?
~ Qoʻyvor!
Taehyung barmoqlari orasidagi bosimni yanada oshirdi.
~ Bu yaqinlik menga doim oʻsha kechani eslatadi , Soni.
Qizning qorachiqlari birdan harakatdan toʻxtab qotib qoldi.
Soni Taehyungning uyi eshigi oldida turib tinmay qoʻngʻiroqni bosardi. Eshikni ochgan yigit qarshisida soch va kiyimlari yomgʻirdan hoʻl va joyida zoʻrgʻa turgan mast amakivachchasini koʻrib bir zum toʻxtab qoldi.
~ Nima boʻldi?
~ Ichkariga kirsam maylimi?
Taehyung indamay chetga oʻtdi. Uy ichiga kirgan Soni nam sochlari orasidan barmoqlarini oʻtkazdi. U mast ammo nimadandir havotirda ekanligini yigit allaqachon tushunib yetgandi.
~ Gapir.
~ Menga qara menga yordaming kerak?
~ Nima?
Eshitganiga ishonmay Soniga qaradi.
~ Klubda muammo chiqardim. Qandaydir erkak yoʻq uning yoshi dadam bilan teng bir chol... U menga tahdid qilyapti. Izimdan quvib yuribti.
~ Politsiyaga ayt.
~ Bitta oʻzim borolmayman. Axir aytyapmanku ortimdan izma iz yuribti.
~ Unda otangga ayt.
~ Aqling noqismi? Qanday aytaman?
Ovozi titrab asabiy gapirdi qiz.
~ Menga yopishib olgan u. Tushunyapsanmi? U xuddi manyakdek harakat qilyapti.
Soni oʻsha ohangni yoʻqotmay yalinganamo davom etdi.
~ Boshqa ilojing yoʻq otangga aytaver. Seni muammolaringni hal qilishga majbur emasman.
~ Otamga aytsam klubga borib yurishimdan habar topadi! Nega tushunmaysan?!
Hali ham mastligi ketmay norozi ovozini koʻtardi.
~ Menga qara qadrli amakimning qizi... Sen uchun doim yalangoyoq boʻlgan insondan nega yordam soʻrayapsan? Arzirli beradigan narsang bormi evaziga?
~ Ming laʼnat nega buncha yalintirasan? Nima xohlasang qilaman. Kerak boʻlsa xotin boʻlaman senga tushundingmi? Yordam ber!
Chidolmay agressiv tarzda ovozini koʻtargan Soni yigʻlashdan beri boʻlib turardi.
Yigit bu gapdan qizga bir muddat tikilib qoldi soʻng lab chetida iljaydi.
~ Yaxshi hozirni oʻzida nikohdan oʻtamiz. Ammo ertasiga bunga afsus chekasan.
Mast holda turgan qizga iblisona iljaydi.
~ Menga yordam ber deyabman! Asabiylashib ketyapman. Butun tanam titrayapti.
Boshini siqimlab olgan qiz ogʻir nafas olarkan Taehyung unga yaqinlashdi.
~ Kiyimlaring hoʻl...
~ Yordam berasan toʻgʻrimi?
Soni Taehyungning qoʻlidan tutib shu qadar yaqin keldiki Taehyungning nafasi ushlanib qoldi. Qizning yashil oʻrmonni eslatuvchi koʻzlari yomgʻir suvlaridan jipslashgan kipriklari... Qontalash lablari... Necha yildan buyon u qarshi chiqolmagan bu goʻzallik shunday aldamchi yuz va muzyurakka tegishli.
~ Beraman...
~ Vaʼda ber! Otamga aytmaysan tushundinga?! Aytmaysan!
Toʻxtamasdan gapirarkan orada lablari titrab ketardi. Soni oʻzi bilmagan holda Taehyungga toʻxtovsiz yaqinlashardi.
~ Aytmayman... Ammo sen ham bu kecha haqida hech kimga aytma maylimi?
Taehyungning barmoqlar qizning boʻynidan ushlab lablarini lablariga bosdi. Bir muddat ich ichidan oʻsha imkonsiz va nafrat ustiga qurilgan hislarini chiqarib oʻpishni chuqurlashtirdi. Lablarni dam tishlab dam soʻrib Sonining nafas olishiga imkon bermasdi. Ammo qiz ham mastlik tufayli hech qanday qarshilik bildirmas ichidagi qoʻrquv huruji yoʻqolayotgandek Taehyungning lablaridan u ham oʻpishni boshladi.
Yigit bundan mast boʻlgancha qoʻli bilan uni koʻtarib oyoqlarini belidan oʻtkzadi va uni devorga bosib kuchliroq va ayovsiz bosim berdi. Nihoyat uzoqlashib oʻzini koyigandek yuzini burishtirib mushtini devorga bir bor urarkan nafasini rostlagancha Sonining yelkasiga peshonasini tiradi.
~ Seni burdalab tashlashga tayyorman! Menga nima qilyapsan?!
Oʻzini toʻxtatolmagan Taehyung yana qizning lablariga yaqinlashdi ammo ichidagi gʻurur va qarshilik tuygʻusi koʻkragini kuydirardi. Gʻazabdan Sonining sonlarini ogʻriqli siqib uni devorga qattiqroq bosardi. Oyoqlari orasiga* kuchliroq itardi.
~ Sendan nafratlanaman , Kim Soni.
Boʻynidan qattiq tishlab chuqur nafas oldi. Soni Taehyungning yoqasidan siqimlab yuzini uning yuziga yaqinlashtirdi.
~ Meni tinchlantira olasanmi?
~ Katta xato qilyapsan.
~ Shirin gunoh...
Bu soʻzlar Taehyungni tamoman chegaradan chiqardi. Ana endi yigitning niyyati aniq edi.
Yotoqqa tashlangan tanani kiyimlardan halos qilish barobaridan lablardan toʻxtamay boʻsa olgan Taehyung tashqaridagi yomgʻir tomchilariyu momaqaldiroqqa butkul eʼtibor bermasdi. Koʻksini yondirayotgan shirin gunohga* tashnalik hissi oʻz chegarasini kesib oʻtib boʻlgan!
Barmoqlar yalang qorin sohasiga kuchliroq bosilib , qizni ingratib yubordi. Endigi navbat pastki qisimga. Taehyung kiyimlar yoniga Sonining shimini va oʻzining kamarini tashladi.