August 18, 2025

My Vixen

𝖬𝖸 𝖵𝖨𝖷𝖤𝖭 || 𝖬𝖤𝖭𝖨𝖭𝖦 𝖴𝖱𝖦'𝖮𝖢𝖧𝖨 𝖳𝖴𝖫𝖪𝖨𝖬

Koʻzlari tong nurlaridan asta ochilgan qiz qarshisida dyumchalik masofada joylashgan Taehyungning uyqudagi chehrasiga duch keldi. Uning quchogʻidan chiqib boshini yostiqdan koʻtararkan tanasida holsizlik his qildi. Sezdiki burni bitib , boshida ogʻriq turgan. Erinib ustidan koʻrpani olishni istamadi... Birdan qattiq aksa urib yuborgani uchun Taehyung tezlikda koʻzlarini ochdi. Yigit uyqusiragan holda Soniga tushunarsiz qarab turgach yotoqdan tanasini koʻtarib qizni savolga tutdi.
~ Nima shamolladingmi?
Soni javob bergisi kelmay yuzini boshqa tarafga burib yotoqdan asta oyoqlarini polga tushirdi.
~ Yoʻq...
Burni bitib qolgani uchun manqalanib gapirarkan Taehyung uning yolgʻonidan ensasini qotirib toʻshakdan turdi va deraza oldiga kelib uni ochdi. Xonaga yengil tong havosi kirib tanasini ancha tetiklantirdi. Yigit shu holatda biroz turgach yotoqda oʻtirgancha oyogʻini polga qoʻyib boshini egib olgan qizga oʻgirildi.
~ Tayyorlan... Uyga qaytamiz. Bu yerdagi kichik sayohatimiz oʻz nihoyasiga yetdi.
Taehyung shunday deb qoʻlini sport shimiga solgancha Sonini yolgʻiz qoldirib xonadan chiqib ketdi.
Soni esa uning ortidan indamay tikilib qoldi.
Pov_Soni
U bilan umuman yashab boʻlmaydi. Hissiz eshshak!

Taehyung barmoqlarini uhlab yotgan bolakayning sochlari orasidan yurgizdi.
~ Uygʻonish vaqti keldi kichkina Jangchi.
Lablaridagi jilmayish bilan Suhoni uygʻotarkan uning koʻzlari ochilishini kutib turdi.
~ Qani boʻlaqol...
Suho koʻzlarini ishqalab yotogʻidan turdi.
~ Hayrli tong amaki.
~ Xoʻsh bugungi kun uchun tayyormisan?
Suho Taehyung yarim jiddiy yarim hazilomuz yuziga oʻychan tikildi.
~ Ha tayyorman.
~ Yaxshi.
Uni koʻtarib yuvinish xonasiga olib kirdi
~ Avval yuvinib olamiz. Keyin esa nonushta.
~ Bugun nima qilamiz Taehyung amaki?
~ Koʻp narsa...

°°°

Pov_Soni
Qachon kasal boʻlishga ulgurganimni tushunmayapman. Dori qutisidan kerakli hap dorilarni olib ichdim. Ammo yarim soatdirki boshimdagi ogʻriq toʻxtagani yoʻq. Oʻzimni chalgʻitishga urinardimu ammo tanam juda holsiz edi. Hatto nonushta uchun nimadir tayyorlashni istamasdim. Oshxona stoliga boshimni qoʻyib jim oʻtirdim. Shu vaqt ichkariga ukamni yetaklab Taehyung kirib keldi. Suho yonimdagi stolga oʻtirib menga termuldi. Men u uchun tabassum qilib boshimni stoldan koʻtardim.
~ Yaxshi dam oldingmi?
Suho oʻyinqaroqbosh silkidi. Keyin esa yuzimdan ushlab ifodasi birdan havotirga tushdi.
~ Opa siz qiziyapsiz.... Taehyung amaki opamning yuzi xuddi pechkadek issiq.
Gaz plitasi yonida nonushta tayyorlash uchun tuxumni tovaga chaqayotgan Taehyung oʻgirilib birrovga Suhoga qaradi.
~ Hech qisi yoʻq kichkina Jangchi. Soni opang shunchaki achchiq qalampir chaynab olgan va shu uchun qizib ketyapti.
Uning beparvo va kinoyali soʻzlaridan gʻazablanishga ham kuchim yoʻq edi. Ammo past ketgim kelmay ukamning yuzidan tutib oʻzimga qaratdim.
~ Bu uyda baʼzi birlar kabi muz qiroli boʻlishdan koʻra achchiq qalampir chaynab yongan yaxshiroq.
Shunday deb baʼzoʻr jilmaydim. Taehyung soʻzlarimdan pinagini ham buzmadi.
Nihoyat nonushta tayyor boʻlgach u likopchalarga yegulikni ajoyib did bilan joylagancha oldimizga qoʻydi ammo men ovqatga qarashni ham istamadim. Ishtaham yoʻq edi. Taehyung ahvolimni sinchkovlik bilan oʻrganib menga keyin esa tegilmagan nonushtamga qaradi.
~ Dori ichdingmi?
U ogʻzida taomni chaynab mendan koʻzlarini ayirmay oʻtirdi.
~ Ha.
~ Nechta?
~ 2ta
~ Hmmm... Koʻrinib turibdiki foyda bermapti.
U shunday deb oʻrnidan turdi. Va qoʻlimdan ushlab meni ham oʻrnimdan turgʻizdi.
~ Kichkina Jangchi ovqatlanishda davom etsin.
U Suhoga gapirib meni qoʻlimdan tortgancha oshxonadan olib chiqdi.
~ Qayoqqa?
~ Xotinimga gʻamxoʻrlik qilgani.
Taehyung mingʻirlagancha meni xonaga olib kirdi.
~ Yotoqqa yot.
~ Nega?
~ Igna orqali tomirimgdan dori joʻnataman. Boʻl , tezda yot.

~ Kerak emas. Xohlamayman.U qoʻlimdan ushlab meni koʻtarib oldi va yotoqqa tashladi. Asabiylashib oʻrnimdan turmoqchi edim. Ammo qoʻli bilan qornimga qattiq bosib meni qayta yotoqqa mahkamladi.~ Men soʻramadim , Vixen xonim! Men aytdim sen esa qilasan.Unga gʻazab bilan qaradim.
Qanchalik boʻysunishdan nafratlanishimni bila turib baribir hukm oʻtkazadi. ~ Menga bunday qarashda davom et va labingda soʻnggi tomchi qon qolguncha tishlab soʻrib olaman.~ Sen!U mening asabiy ovoz koʻtarishimga eʼtibor bermay tungi stol tortmasidan shprits va dori ambulasini oldi.Qoʻlimni majburlab tortib mabjetni taqdi soʻng shprits vakuumiga idishdagi suyuq dorini tortib , ignanini tomirimga sanchdi. Ogʻriqdan biroz ingradim. Ochigʻi u bilan janjallashadigan holatda emas edim. Buni Taehyungning oʻzi ham juda yaxshi bilib turardi. ~ Dori taʼsir qilgunicha joyingdan qimirlama... Baribir ketishimizga qadar 1 soatdan oshiq vaqt bor.U shunday deb shprits va dori idishini axlat qutisiga tashladi soʻng ustimga choyshabni tortib yopdi.~ Uhla.U xonadan chiqib ketdi men esa indamay uhlashga harakat qildim. Koʻzlarimni yumib tanamda sodir bolayotgan qizishga chidashga urindim va oradan qanchadir muddat oʻtgach butkul uhlab qoldim.

°°°

Allaqanday ovozdan koʻzlarimni pirpiratgancha atrofga qaradim. Yotoqda uhlab yotardim. Tongdan asar ham qolmagan derazadan tungi osmon koʻrinib turardi xona ham qorongʻu... Xonaga sekin nazar tashladim biz Taehyungning uyida edik oʻrmondagi uyda emas. Hali ham holsiz va uyquga toʻymay yotardim. Keyin esa divanning narigi tomonida menga orqa oʻgirib oʻtirgan , futbolkasiz keng yelkali Taehyungning telefonda suhbatlashayotganini koʻrdim. Tungi stoldagi boʻshagan viskiy idishini ilgʻab u mast ekanligini tushundim. Nimadirlarni mingʻirlab , xirildoq ovozda kulgach , telefonini oʻchirdi. Men esa hali ham tush va oʻngni ajratolmay alahsirab turardim.
Taehyung barmoqlarini tartibsiz sochlari orasidan yurgʻizgach yotoqqa choʻzildi koʻzimni yumib oʻzimni uhlaganga soldim. Uning yaqinligini his qilarkanman issiq nafasi yuzimga urildi. Birdan yanogʻini peshonamga bosib , jim qoldi.
~ Isitmang tushipti....
U shunday asta yuzini peshonamdan oldi ammo hali hal yaqin masofada edi.
~ Qorachiqlaring yumuq qovoqlaring ostida tinmay harakat qilyapti. Bu bilan meni uhlab qolganingga shubhalantiryapsan , xotinjon.
Jin ursin bu ablahni! Bilib qolsada koʻzimni ochmaslikka qaror qildim.
~ Mayli davom et... Menga shu qulay.
Birdan ustimga chiqib lablarini menikiga bosganini his qildim. Koʻzim moshdek ochilib ketdi. Uni oʻzimdan itarishni boshladim. Chunki Taehyung mast edi!
Ammo u barcha harakatlarini chuqurlashtirdi.
~ Taehyung!
Tomogʻim boʻgʻilgani uchun ovozim zoʻrgʻa eshitildi. U eʼtibor bermay yuzimni yon tarafga burib boʻynimdan qattiq tishladi.
~ Yana eringni ahmoq qilishga harakat qilyapsan. Qachon aqlli xotinga aylanasan-a , Kim xonim?
Uning harakatlari tobora gʻalatilashib borardi. Negadir tanam titrab oʻzimni sovuq his qildim. Bu odatiy oʻzini bosib olgan Taehyung emas allaqanday manik istakli telbadek koʻrinardi. Beixtiyor koʻzlarim viskiyning yonida turgan qora qogʻoz qatlamli kukun tutatilganini koʻrdim. Koʻzim kattalashib ketdi. Chiqmayotgan ovozim bilan uning ismini takrorladim.
~ Bas qil!
Nafasim ichimga tiqildi. Chunki Taehyung nimadir chekib olganini fahmlagandim. Va bu oddiy tamaki emas edi.