My Vixen
𝖬𝖸 𝖵𝖨𝖷𝖤𝖭 || 𝖬𝖤𝖭𝖨𝖭𝖦 𝖴𝖱𝖦'𝖮𝖢𝖧𝖨 𝖳𝖴𝖫𝖪𝖨𝖬
Sonining bu harakatlarining sababini fahmlagan Taehyung ustki kostyumini yechib bir chetga tashladi. Yotoq yoniga oʻtirgan yigit qizning teskari oʻgirilib yotgan holatiga zum qarab turarkan sukunatni buzdi.
~ Agar men ular gʻamxoʻrlik qila olmadi desamchi? Balki men imkon ham bermagandirman...
~ Kostyumingdagi soch tolasi ham shu "imkon bermaganing" natijasimi?
Taehyung lab chetida sezilmas kuldi.
~ Sen rashk qilishni bilasanmi? Hm , Vixen xonim?
~ Faqat senga mumkinmi?
~ Bilmasam...
Qizning achchigʻi chiqdi.
~ Sen hech narsani bilmaysan!
~ Tsk...
Tilida chertib inkor qildi yigit.
~ Adashasan men koʻp narsalarni bilaman.
Taehyung shunday deb qoʻlini Sonining belidan oʻtkazgancha yotoqqa tiradi. U Sonining gʻazabdan qimtilgan lablariga nazar solib koʻzini yengil suzdi.
~ Nimani bilasan? Masalan? Meni yoqtirgan rangimni bilasanmi? Yoqtirgan ovqatimnichi? Nimani yomon koʻrishimni , juda rashkchi ekanligimni bilasanmi?
Taehyung birdan boshini ortga tashlab kulib yubordi.
~ Soni ... Qachondan yosh bola boʻlishni boshlading.
~ Hahahaha juda kulgili...
Taehyungning kulishiga kinoya bilan taqlid qilgan Soni eridan oʻtkir va hisoblovchi koʻzlarini bir zum ham uzmadi.
~ Savolimga javob ber bilasanmi?
~ Yaxshi... Toʻgʻrisini aytsam faqat bittasini bilaman. Rashkchi ekanligingni... Va sen yonimda mast boʻlgan vaqtim juda erkin ekanligingni...
Soni unga savol nazari bilan qaradi.
~ Ishon menga xotinjon... Mast boʻlganim uchun juda xushmuomalaman senga.
~ Koʻproq ichkilik ichishingni tilashimni kutyapsanmi?
~ Yoʻq kamroq gapirib yoningdan qadrli ering uchun joy berishingni kutyapman. Bugun juda charchadim...
Qiz ensasini qotirib koʻzini yuqoriga qaratdi.
~ Albatta ... Baʼzilar gʻamxoʻrlik qilib seni juda qiynab qoʻygan.
~ Zahar!
~ Sen bilan uhlamayman.
Taehyung koʻylagini yechayotib nihoyat xoʻrsindi.
~ Yetar asabimni egovlashni boshlading.
~ Men jiddiyman.
Qizning qatʼiy soʻzlaridan Taehyung rostmana asabiylashib ketdi. U oʻrnidan turayotgan Sonining pijama yoqasidan ushlab ortga tortdi. Va qizni yotoqqa mahkam bosib ustidan choyshabni tashladi.
~ 3 gacha sanayman va sen koʻzlaringni yumib uhlaysan.
~ Yoʻq.
~ Soni!
~ Nima?
~ Oʻzingga tilab olding...
Taehyung shunday deb qizning yuzidan siqimlagancha lablarini unikiga qattiq bosdi. Barmoqlari qizning pijamasi ostiga kirib yumshoq terisini ezgʻiladi...
Yarim soatdan soʻng...
Hansirab shiftga termulib yotgan yigit yonidagi insonga qarab erinib kuldi.
~ Endi shu oyoqlaring yurib boshqa xonaga chiqib keta olarmikin?
~ Jin ursin seni!
Pov_Soni
Koʻzgu qarshisida oʻzimga termulib sochlarimni taradim. Oxirgi vaqtlar oʻzimga juda koʻp oro beradigan boʻlganman. Ayniqsa Taehyung ishdan qaytish vaqti yasan tusan qiladigan odat chiqarib olgandim. Hatto pardoz qilishni oʻrgandim. Bu oʻtayotgan vaqt va uning yonimdaligi menga shunchaki qarashi jin ursin bularni bari meni aqldan ozdirishni boshlagan. Oldin uning teginishlariga qarshilik qilsam endi aksincha ularning ostida moydek erib ketardim. Uning taftisiz turolmaydigan boʻlib qoldim. Taehyungga nisbatan shu qadar kuchli tuygʻu his qilyapmanki bu meni junbushga keltiradi. Dunyolarga sigʻmay hapqirib ketaman. Uni sevib qoldim. Hozir qoʻlimda homiladorlik testi turibti. Ich ichimdan natija ijobiy chiqishini istab chuqur nafas oldim. Xizmatkorga iltimos qilib Taehyungga bildirmay olib keltirgandim. Agar chindan homilador boʻlsam buni unga syurpriz qilishni niyyat qildim. Pastdan mashina ovozini eshitishim bilan tezda deraza oldiga bordim. Taehyung qaytib keldi. Qoʻlimdagi testni yashirib koʻzgu oldida sochimni epaqaga keltirgach yugurib pastga tushdim. Zinadan tushayotganimda Taehyung allaqachon qarshimda turardi.
~ Hayrli kech.
~ Hayrli...
Taehyung qoʻlidagi hujjatni koʻtarib javob qaytararkan men shosha pisha unga gapirdim.
~ Ovqatlanamizmi?
~ Bugun yolgʻiz ovqatlanishingga toʻgʻri keladi.
~ Nima uchun? Axir hozirgina keldingku.
~ Baʼzi narsalarimni olishim kerak.
U shunday deb yuqori qavatga chiqib ketdi. Men hech nima deyolmadim.
Pov_Soni
Qoʻlimdagi test natijasini koʻrib turgan joyimda hushimdan ketay dedim. Ikkita chiziq! Men homiladorman. Aqldan ozay darajada xursand boʻlib joyimda sakradim. Qornimda murgʻak jon uryapti. U rivojlanyapti. Men hayotim davomida bu qadar xursand boʻlmagan edim. Sabrim yetmay Taehyungga qoʻngʻiroq qildim ammo uning raqami oʻchiq edi. Soʻng uning yordamchisi Beomgyuga bogʻlandim
📲~ Alo Beomgyu Taehyung qayerda?
📲~ Hayrli kech xonim... Janob Kim hozir band.
📲~ Band qayerda u?
📲~ Ish boʻyicha Busanga ketdi.
📲~ Shundaymi?
Men oʻylanib qoldim. Shu payt Taehyungdan habar keldi.
Xabar:
Hozir yigʻilishdaman telefon qilma.
Habarni oʻqib qoshlarim chimirildi. Ikki xil gap...
📲~ Aniq Busandami?
📲~ Ha xonim... Biror muammo boʻldimi?
📲~ Yoʻq hammasi joyida.
Men telefonni oʻchirdim. Ichimga gʻulgʻula tushdi. Taehyung qayerda?
Nima qilishni bilmay u yoqdan bu yoqqa yurdim. Oradan 1 soat vaqt ham oʻtib ketgan edi. Yuragim siqilib ketdi. Oxiri oʻzimni chalgʻitish uchun televizorni yoqdim. Kanallarni sabrsizlik bilan aylanib chiqarkanman birdan ekranda koʻrgan manzaramdan tanam muzlab qoldi.
Yangilik:
Mashxur Fransiyalik biznesmen oʻzining yagona qizini turmushga berdi. Juftliklar bugun toʻy oqshomini nishonlashmoqda.
Kelin kuyov sifatida yonma yon turgan Taehyung va Deva.... Qoʻlimdan pult tushib ketdi.