My Vixen
𝖬𝖸 𝖵𝖨𝖷𝖤𝖭 || 𝖬𝖤𝖭𝖨𝖭𝖦 𝖴𝖱𝖦'𝖮𝖢𝖧𝖨 𝖳𝖴𝖫𝖪𝖨𝖬
Butun uyning chiroqlarini oʻchirib yotoqda yotgan qiz koʻzlarini shiftdan uzmasdi. Butun nafrati qalbidan koʻpirib toshib chiqqan. Ichidagi hovurni bosish ilinjida entikib nafas olmoqda. Qoʻllari va oyoqlarini yotoqqa keng qilib yoyib olgan holda qimir etmay yotibti.
Pov_Soni
Koʻz oldimdan oʻsha ikki lanatining surati ketmayapti! Olov boʻlib yonyapman. Yuragim jahannamda jizgʻanak boʻlib pishyapti. Taehyung bilan Devaning turmush qurganiga bir bor kuysam uning yolgʻoniga 10 barobar kuyayapman! Nafratim shu qadar ulkanlashyaptiki koʻzimga hech nima koʻrinmayapti necha soat yotdim bilmayman. Balki bu soat emas asli daqiqalardir. Lekin shu kichik soniyalar ham oʻta zalvorli va asrga tatigulikdek oʻtyapti. Hech nimani eshitishni istamayman! Yetarli! Bu qilgani uchun oʻsha Kim Taehyungga tovon toʻlataman!
Yotoqdan turgan qiz yotoq yonidagi tungi javoncha ustidagi telefonini qoʻliga oldi shu payt koʻzi homiladorlik testiga tushdi. Soni bir muddat koʻzlarini undan uzolmay turarkan , keyin esa hech ikkilanmay olib uni ahlat qutisiga tashlab yubordi. Telefon yordamida qoʻngʻiroq boʻlimiga kirib oʻziga kerakli kontakt ustiga bosib goʻshakni qulogʻiga tutdi. Nihoyat liniya ulandi.
📲 ~ Agar hoziroq tovlamachi xoʻjayinning qayerdaligini aytmasang hammaga Fransiyalik biznesmen qiziga uylangan Kim Taehyungning rafiqasi ekanligimni ommaga oshkor qilaman! Tanla?!
Taehyung yangi kelinning mashinadan tushishini kutib turarkan betoqat atrofga nazar tashladi.
~ Xoʻsh demak erim yashashimiz uchun shu uyni tanlabtida?
Deva qarshisidagi dangʻillama uyga termulib keng jilmaydi.
~ Talablaringga binoan albatta...
~ Qoyil qoldim... Bir kun ichida hammasini shay qilishga ulguribsan. Xoʻsh endi urfga koʻra meni ichkariga koʻtarib olib kirmaysanmi?
Taehyung qizga oʻgirilib bir qoshini koʻtardi
~ Nega qarab turibsan... Bu yosh kelin kuyovlar udumiku axir. Koreyada unday emasmi?
Taehyung qizga yaqin kelib sovuq jilmaydi.
~ Bu yerda sen bilan er xotin rolini oʻymashga majbur emasman.
U shunday deb ichkariga kirib ketdi. Taehyungning ortidan ergashgan Deva allaqachon gʻazabdan toʻlib boʻlgandi.
~ Kel Taehyung ochiqcha gaplashib olaylik... Nega toʻyga rozi boʻlding? Shunchalik meni istamayotgan ekansan.
Taehyung javob bermadi. U nigohini Devaga qaratarkan shu on qizning ortida turgan Sonini koʻrib birdan yuz ifodasi oʻzgarib ketdi.
~ Kuning bitdi!
Soni qoʻlidagi toʻpponchani Devaga qaratib tepkini bosdi.
Taehyungning harakatlari soniya ichida roʻy berdi. Oʻqdan Devani toʻsib qolgan mahal Soni qoʻlidagi toʻpponchani asta tushirib Devani quchib turgan Taehyungga termulib qoldi. Oʻq uning yelka qismiga tekkan. Xavfli jarohat yoʻq edi. Bir muddat uydagi sukunatdan Taehyung asta boshini koʻtarib Soniga qaradi. Yelkasidagi ogʻriqqa qaramay asta bagʻridagi Devani ozod qilib oʻrnidan turdi.
Pov_Soni
Uni toʻsib qoldi. Jonini hatarga qoʻyib uni qutqarib qoldi. Men bu marazga yashash uchun imkon bermayman! Shartta qurolni unga toʻgʻirlab pastki labimni titragani sezilmasligi uchun tishladim. Ammo eski kasalim - chap qoʻlim titrab turardi. Nega mening dardim tanamda aks etadi? Bu meni ojiz koʻrsatadi! Nafratlanaman!
Hech nimaga quloq solmay tepkini yana bosdim. Afsuski oʻq chiqmadi. Bu taqdirning hazillari hech qachon tugamas ekan.
Taehyung oʻq tugaganini bilgach Soni tomon bostirib bordi. Bilagidan shu qadar qattiq siqdiki qon bosim manjeti ham bunchalik bosim bera olmaydi. Yigit koʻzlari olovdek yonib turar ammo tilidan biror soʻz chiqmasdi. Albatta jarohat tufayli , zoʻriqqanidan peshonasida ter tomchilari koʻrinmoqda. U ikkilanmay Sonini sudrab uydan tashqariga olib chiqdi. Ammo qiz uni bir kuchi bilan itardi.
~ Teginma! Seni oʻldiramam uyga olib borsang ham oʻldiramam! Dunyoni bir burchagida boʻlsam ham seni oʻldirish uchun harakat qilaveraman! Seni nafas olishingni istamayman!
~ Tomosha koʻrsatyapsanmi? Juda taʼsirli...
~ Erim qoʻygan spektaklda qorabotir rolini oʻynayapman! Xotinini ham uni ham oʻldiradigan qorabotir!
Taehyung qizning sochidan siqimlab oldi.
~ Soni ishlarimga aralashma. Hech nimani bilmay turib!
~ Seni onging pastmi? Sen UYLANDING!!! MEN BOʻLA TURIB UYLANDING!!!
Taehyung tinmay baqirayotgan qizni mashinaga majburlab olib borardi. Soni uning jarohatiga barmogʻini botirib oʻzidan itardi.
~ Bu safar osonlikcha ketmayman.
~ Muammoying nima?
~ Nima uchun unga uylanding? Tushuntirib ber hoziroq!
~ Majburman deb oʻylaysanmi?
Soni unga yaqinlashdi.
~ Ha majbursan! Chunki men seni xotiningman!
~ Demak mendan sadoqat kutibsanda? Oʻrtamizda sevgi bor deb oʻyladingmi? Men bunday deganimni eslolmayman.
Soni toʻxtab qoldi. U Taehyungga qarab turib yuziga birdan tarsaki tushirdi. Taehyungning ifodasi momaqaldiroqqa aylandi.
~ Oʻlging kelyaptimi Soni?
~ Ha oʻzim bilan birga qoʻshib seni ham oʻldirgim kelyapti!
Koʻzidagi alam yoshlari bilan vishilladi qiz.
~ Men ketaman! Ajrashaman sen bilan.
Taehyung birdan qizni mashina oʻynasiga qattiq tiradi.
~ Hech qachon!
~ Tupurdim seni fikringga!
~ Ketolmaysan! Ukang ham , xujjatlaringdan ham , otangni manziligacha meni qoʻlimda. Birgina notoʻgʻri harakat va otangdan judo boʻlasan.
Soni uning yuziga tupurib yuborgach Taehyung qizni bor kuchi bilan mashina ichiga itarib yubordi.
~ Bu turmush atigi 1 haftalik muddatni oʻz ichiga oladi. Shu uchun bu qadar kuchli harakat qilish shart emas.
Taehyung yotoqni chiroyli qilib bezatgan Devaga mensimay nigoh tashladi.
~ Birinchi xotiningdan koʻra romantikroqligim mening aybim emas.
Taehyung Devaning ovozini eshitgisi kelmay yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Shu vaqt telefon jiringladi. Deva bu Taehyungni telefoni ekanligini koʻrib , uning oʻrniga qoʻngʻiroqqa javob berdi.
📲~ Eshitaman.... Nima morgdan?! Oʻldi dedingizmi?