For the rest of my life | season 2
Broken trust and broken hearts
Yarim tun. Minnie uxlolmagani sabab telefonidagi Ahyeon bilan birga tushgan rasmlarini tomosha qilardi
Minnie yuqori qavatdan zalga tushib kelayotgan Yoongiga qaradi
—Yo'q. Uyqum kelmadi. Siz nega uxlamadingiz?
—Bir narsa aytsam jaxlingiz chiqmaydimi?
—Aurora bilan Jimin... Birga bo'lishiga qarshilik qiling
—Bir tomondan ha. Lekin men Jimin Aurorani rostan sevib qolgan deb o'ylamayman. Amerikadan kelganimizda qanchalik tushkun ahvolda edi. Eslaysizmi? Birdaniga Aurorani sevib Ahyeonni unutishi mumkin emas
—Lekin bu uning hayoti. Uning tuyg'ulari. O'tmish sabab uning hozirgi kuni va kelajagini buzolmayman
—Yoongi... Axir o'zingiz Aurora Ahyeon o'limiga sababchi bo'lishi mumkin degandingiz
—O'sha paytda Jimin uni sevmasdi. Qolaversa Jiminni doim qo'llab kelganman. U meni do'stim. Agar men sabab baxtsiz bo'lsa o'zimni kechirolmayman. Tushun Minnie! Endi esa mavzuni yopib uxlashga yotamiz
Agar siz do'stingiz sabab bu ishni qila olmasangiz, men dugonam uchun qilaman. Menga qasos kerak
—Kiraver. —Xonasida kecha Jimin bergan gullarga qarab turgan Aurora xodimni ichkariga taklif qildi
Minnie ichkariga jiddiy va og'ir qadamlar bilan kirib kelarkan boshdan oyoq Auroraga qaradi
—Kel Minnie. O'tir. Nihoyat men bilan yuzma yuz gaplashishga kelipsanda
—Ha, nega kelganimni tushuntirishimga hojat yo'q deb o'ylayman
—Bilaman. Nega kelganing va nima demoqchi ekanligingni ham. Mendan jaxling chiqqani ko'rinib turibdi
—Jiminni o'zingniki qilding. Ahyeonni o'ylab undan hech qachon voz kechmaydigan odamni bir zumda o'zgartirding. Nima deding unga? U nega o'zgardi?
—Men uni o'zgartirmadim. Qutqardim. Eshityapsanmi? Men uni jarlik yoqasida turganida qutqardim. U o'zgardi. Hozir baxtli. Oylar davomida yo'qotgan baxtini, quvonchini qaytaryapman unga.
Ha, aytgancha men unga hech narsa demadim. Tuyg'ularini o'zi menga birinchi kelib izhor qildi
—To'satdan a? Bu ertakga kim ishonadi?
—Minnie, men o'z hikoyamni senga aytishimga to'g'ri keladiganga o'xshaydi
—Qanday hikoya? Nima demoqchisan?
—Kichkina qiz edim. 5 yoshli, pushti rangni sevuvchi qizaloq. Orzularim bor edi mening ham. Ota onam, baxtli kunlarim. Toki o'sha kungacha...
Erta tong. Baek xonim tuni bilan uxlamasdan jaxl bilan uydagi barcha narsalarni sindirib tashlagandi. Otasi uyda yo'qligi sabab xonasida qamalib olgan Aurora faqat deraza ortida oynaga urilib tushayotgan yomg'ir tomchilari va onasining sindirib, otayotgan buyunlarining tovushini eshitardi.
To'satdan uyda jim jitlik cho'kdi. Faqat bir necha soniyaga xolos. Janob Baekning baqirgan ovozidan qo'rqqan Aurora tezlik bilan eshikni ochib ovoz kelayotgan tomon yugurdi
—Menga xiyonat qilding! Meni aldading –Baek xonim eriga qarab qo'liga ilingan narsalarni otar. Unga nafrat bilan qarardi
—Rora! Bas qil. Bu mening hayotim. Meniki! Istagan ishimni qilaman. Aralashmaysan. Shunchaki jim bo'lib kuzatasan
—Hech bo'lmaganda qizingni o'ylamadingmi?
—Ko'chadagi yetti yot beganadan orttirgan qizingni meniki deya ko'rma! Istasam hoziroq o'ldirib tashlayman uni
O'sha kuni Auroraning ota onasini ko'rayotgan oxirgi damlari edi. Otasi uydan jaxl bilan chiqib ketgach Baek xonim hech ikkilanmasdan xonasiga kirib o'zini osgandi. Otasi esa o'sha kuni kechda Aurorani bolalar uyiga tashlab ketgandi. Yig'lagan va qolishini iltimos qilib so'ragan yagona inson 5 yoshli Aurora edi
Yillar o'tdi. Aurora 10 yoshga to'lganda boy 60 yoshli ayol uni asrab olgandi. Ayolga faqatgina vafotidan keyingi merosxo'r kerak bo'lganligi sabab uni vafotigacha o'zi taebiyaladi. Aurora o'zini malikalardek his qilardi. Saroydek bo'lgan uy ichki tartib qoidalariga bo'ysunishi, ovqatlanish, kiyinish qoidalariga qatiyan amal qilishi, bir marotaba kiygan kiyimini 2chi marotaba kiymasligi shart edi. Tashqi tomondan bu xavas qilingudek hayotga o'xshaydi. Ammo bunday emas. U doim kuzatuv va himoyada edi. So'roqsiz hech qayerga borolmasdi va istagan payti ko'chaga chiqolmasdi. Qoidalar sabab hammadan o'zini olib qochadigan introvert insonga aylanib qolgandi u.
Ayolning vafotidan so'ng Aurora hamma narsaga ega chiqdi. U ishbilarmon, qoidalarga qatiyan amal qiluvchi robortdek his qilardi o'zini
15 yoshli, ammo ich ichidan 30 yoshli ayoldek tarbiyalangan qiz shahar bo'ylab 50dan oshiq kompaniya va har xil do'konlarga egalik qilardi.
Ish bo'yicha oldiga kelgan har bir odamni bir necha xodimlar nazorat qilishardi.
Kunlardan bir kun 19 yoshli 2 do'st Jimin va Yoongi qizlar savdosi haqidagi ish bo'yicha uning oldiga kelishgandan so'ng Aurorada Jiminga nisbatan hislar paydo bo'lgandi
Qizlar savdosiga ko'nmasa ham narkotik moddalar sotib Jimin va Yoongi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygandi
Jimin bilan qanchalar ko'p suhbatlashsa yengil tortar, kayfiyati ko'tarilardi. Bu munosabatlar vaqtlar o'tib Jimin uchun do'stlikgaz Aurora uchun esa sevgiga aylangandi
Kunlar, oylar o'tdi. Jimin va Auroraning ko'p vaqt o'tkazishi Yoongiga umuman yoqmadi. Agar kompaniya foizlari tushsa Jimin boshlig'idan jazo olishidan qo'rqardi. Va yagona yo'lni qo'llashdan boshqa chorasi qolmadi. Aurorani qamatish. Garchi hamkorlik foizlari tushsa ham, Jimin yana ishga qaytardi. Yoongi bu ishni bajardi. Aurora qamaldi. 5 yilga. Rejadagidek Jimin yana ishga qaytdi. Auroraga nisbatan hech qanday tuyg'ulari mavjud bo'lmagani sabab uni o'ylamasdi ham
Aurora esa 18 va 20 yoshini qamoqxonada nishonladi. Qiz bola uchun bu qiyin tuyg'u bo'lishi mumkindir lekin aynan o'sha tuyg'u Aurorada qasos olish maqsadini uyg'otgandi
—Men shunda ham Jimindan nafratlanolmadim. Hatto Ahyeonni sevishini bilganimda ham. Uni sevaverdim. U meniki bo'lishiga ishondim. Har safar uni dugonang bilan ko'rsam ham umidim so'nmadi
—Lekin nega Ahyeonni o'ldirding? Agar Ahyeonga barini tinchgina tushuntirsang u sizlarni tinch qo'yardi
—Minnie, men uni o'ldirmadim. Men Jiminni o'tmishini oshkor qilsam Ahyeon undan kechar degandim. Kasalligini qayerdan bilgandim men?
Minnie shunchaki jim qoldi. Hech narsa demadi. Faqatgina Auroraning oxirgi so'zlarini o'ylab turardi u
—Minnie, menga ishon. Senga yolg'on gapirganimdan menga nima foyda?
—Bu qiyin. Men shuncha payt Ahyeonni o'limida doim seni isming tilga olinganini eshitganimdan so'ng, sening gaplaringdan keyin... Men hech narsa deyolmayman
—Unda unut. O'tmishni qo'yib yubor. Ichingdan nima o'tayotgan bo'lsa menga ayt. Ahyeondek bo'lolmayman lekin seni tinglashim mumkin