For the rest of my life | season 2
Har ikki kompaniyada ishlar juda ham qizg'inlik bilan ketardi. Kai va Jimin shirkatni boshqarishsa Yoongi va Minnie Dior brendini gullab yashnatishardi. Minnie dizayn bo'yicha juda katta o'zgarishlar qilgandi va bu sarmoyaning keskin o'sishiga yordam berardi
—Juda ham ishga berilib ketibsan –Yoongi Minniening xonasiga kirib kelarkan uning ishga berilib ketganini ko'rdi —Ertalabdan beri shu xonadan chiqmasdan ishlayapsan. Dam olsangchi
—Yo'q. Dam olishga vaqt yo'q. Yangi dizaynlar bilan tanishib chiqyapman. Bazisiga o'zgartirish kerak. Ertalabdan beri hech narsaga ulgurganim yo'q
—Bo'ldi. Ozgina dam ol. Keyin ham qilaverasan
—Shu gapni ishdan bo'shamaydigan odam aytyaptimi?
—Ishdan bo'shamaydigan odam ham o'zini o'ylab turadi. Buni unutma
—Hm? –u qog'ozlardan ko'z uzmasdan javob berdi
—Bugun kechqurun bir yerga boramiz
—Borganda bilasan. Ishlaringni tezroq tugatib tayyorlanaver
Xona eshigi taqillarkan. Minnie eshikga qaramasdan gapirdi
—Xonim, yangi dizaynlarni olib keldim
Yoongi xodim qo'lidagi qog'ozlarga qaradi
—Olib keting. Ertaga olib kelasiz. Kim xonim xozir band. Ertaga tekshiradi
—Yo'q, Yoongi nega? Band emasman
—Yo'q bandsan. Chiqishingiz mumkin
—Qani tur. Indamasam kechqurun ham shu yerda qolasan
—Lekin soat hali endi 6 bo'ldi
—Ha, muammo bormi? Turaqol tezlash Minnie
—Yo Xudoyim –Minnie shunday deb o'rnidan turdi. Yoongi Minniening qo'lidan ushlab xonadan olib chiqdi
—Avval uyga. Keyin aylanib kelamiz
Jimin shirkatda Kai bilan hujjatlarni ko'rib chiqarkan eshikni taqillab kirgan kotiba ularni chalg'itdi
—Janob Park, Baek Aurora keldilar
—Aytdim, ishonmadilar. Sizni so'rayapti. Shirkatni boshimga ko'tarmasimdan boshlig'ingni chaqir dedi
—Jimin, men xodimlar oldida bo'laman. Shu yerda gaplashaveringlar
Aurora eshikdan kirarkan Kai unga pichirlab xonadan chiqdi
—So'zlaringga ehtiyot bo'l. Noto'g'ri narsa eshitsam seni Jimin emas men o'ldiraman
—Ko'ramiz kim kimni o'ldirkan –Aurora shunday deb ichkariga kirdi
—Seni ko'rgan kunim hech qachon xayrli bo'lmagan
—Sen bilan gaplashish uchun keldim. Biror joyda chaqirsam baribir kelmasding
—Nega ortimdan yugurib yuribsan? Nima kerak senga o'zi?
—Mehr, etiboring kerak. Menga ham kulib qarashingni, yaxshi so'zlarni aytishingni istayman
—Shunga yarasha ish qildingmi?
—Hozirgi muomilangga yarasha ham hech narsa qilmadim
—Aurora! O'tmishni eslashni sen ham men ham istamaymiz. Shunday emasmi?!
—Sevgilingga hech narsa qilmagandim. Otang bilan suhbatlashyotganingda sevgiling kirib kelishini qayerdan bilgandim men? Lekin o'shanda ham aybni o'z bo'ynimga olganman. Aybim shumi? Seni sevishim gunohmi?
—Istaganingcha gapir Jimin lekin haydama iltimos. Ketishimni so'rama
—Aurora. Ket. Keyin gaplashamiz. Hozir esa ket.
—Aniq gaplashamiza? Keyinroq qo'ng'iroq qilasana? So'z berasana?
—Ha, so'z beraman. Endi esa ket
Dengiz bo'yi. Yoongi Minniening ko'zlarini yumgan holda dengiz bo'yiga olib kelardi
—Shhh deyarli keldik. Yana ozgina
Yoongi o'ylagan joyiga kelishganida u Minniening ko'zlarini ochdi
—Yo Xudo, Yoongi buncha chiroyli
Yoongi Minnieni stulga o'tkazdi (типо джентльменладай)
—Minnie –Yoongi yuzini yerga qaratib Minniega murojat qildi
Yoongi egilib cho'ntagidan quticha chiqardi va uni ochdi
—Kim Minnie, menga turmushga chiqasanmi?
—Xudoyim, Yoongiiii –Minnie o'zida yo'q sevinardi albatta. So'z bilan tariflash ojiz –Ha...
—Men bilan butun umr birga bo'lishga rozimisan?
—Ha, Yoongi, ha... Roziman! –U o'rnidan turib Yoongini qattiq bag'riga bosdi
Jimin xonada yolg'iz turarkan Auroraning so'zlari qulog'i ostida takror yangrardi.
«Sevgilingga hech narsa qilmagandim. Aybim shumi? Seni sevishim gunohmi?»
«Seni sevishim gunohmi?» Bu so'zlar qulog'im ostida takror yangramoqda. Aurora... Men seni sevmagandim. Sevolmasdim. Ko'nglim yo'qligidan keyin o'zimni qanday majburlardim. Sen bilan hatto ko'ngilxushlik uchun ham gaplashmagandim. Ahyeonni uchratganimdam so'ng sen ham baxtingni topasan, meni unutasan deb o'ylagandim...
Ahyeon... Ahyeon... Meni uning oldiga bir haftadan beri bormadim... Qanday boray? Nima deyman unga? Aurora qaytdi deymanmi? Mendan kecholmaganini aytamanmi? Qaysi yuz bilan boraman? Nima qilishni bilmayapman... Bu nimasi axir