August 10, 2025

For the rest of my life | season 2

Pov/Ahyeon

Insonlar vafot etgach ruhi bu dunyodan butkul uziladi deb o'ylaysizmi? Yo'q, unday emas ekan. Avvallari vafot etganlar tiriklarni ko'ra olishiga, ularni eshita olishiga qiziqardim. Ha, ular ko'rishadi va eshitishadi. Jumladan men ham... O'ylashingizcha Jimin har kuni qabrim oldiga kelishini, menga dunyoda nimalar bo'layotganini aytishini bilmaymanmi? Men uni eshitaman, ko'raman. Men bilan bog'liq har bir xotirasi bor joyda men uni ko'ra olaman. Boshqa yaqinlarim bilan ham xuddi shunday... Bugun Minnie va Yoongi Amerikadan kelishganda aeraportda men Minnieni qattiq quchib oldim, lekin u meni sezmadi. Bundan xafa bo'lmayman, axir bu oddiy hol.
Qabrim oldiga kelib yig'laganda ham tinmasdan yig'lamasligini iltimos qildim, ammo u meni eshitmadi

Eng hayratlanganim nima bilasizmi? Jiminning sadoqati. O'lganimdan keyin uzog'i bilan bir oy men uchun qayg'urib yursa kerak deb o'ylagandim, ammo yo'q. U meni chindan sevgan ekan. Har kuni qabrim oldiga kelganida xursand bo'lib ketaman qandaydir. Buni tariflayolmayman. Hatto har kuni uni ko'rish uchun soatlar kutaman. Meni eslash uchun qadrli joyimizga borganda o'sha joyda paydo bo'laman. Ajoyiba?

Bir tomomdan u meni unutishini istayapman. Yangi hayot boshlashi va qayg'ulari arishini. Balki bir kun shunday bo'lar, u boshqasini sevib qolar va mening oldimga boshqa kelmas... Nima bo'lganda ham, men endi marhummanku. Muhimi uning baxtli bo'lishi. Shuncha payt azoblangani yetar

Jimin uyimga tez tez keladi. Men buni istamayman. Yo'q, uyimni qizg'anmayman, xotiralar ichida azoblanishini istamayman. Har gal xonamga kirganida kravatimga soatlab tikiladi. So'ng esa qizarib ketgan ko'zlaridan yoshlar oqa boshlaydi. Buni ko'rish naqadar achinarli.

—Jimin, iltimos o'zingizni qiynamang. Sizni azoblanishingizni istamayman. Hammasini unutishingizni istayman iltimos.

Uning oldida shu gaplarni aytdim. Bilaman eshitmadi. Eshitmaydi ham. Lekin menda umid bordek bularni doim takrorlayveraman

U bilan gaplashish uchun menda imkoniyat bor. Uning tushida. Ammo shu paytgacha uning tushida biror marta bir og'iz ham gapirmadim. Bu to'g'rimi yoki yo'q bilmayman lekin men endi buni qilishim kerak. Shuncha payt hech narsa demasdan undan qochib yurganim yetar (uning tushida).

───────────────────────

—Jimin...

—Ahyeon, nahotki bu sensan?

—Ha, bu menman. Sizni sog'indim

—Ahyeon, meni kechir. Senga mehr berolmadim

—Yo'q, Jimin. Men sizdan butun hayotim davomida qidirgan mehrni toptim. Siz bilan bo'lganimda rostdan ham baxtli edim

—Ishon, hozir nima deyishni ham bilmayman. Seni juda sog'indim

—Jimin, siz baxtli bo'lishingiz kerak.

—Sensiz baxt menga kerak emas

—Lekin men endi tirik emasman. Sevgilim, endi men uchun azoblanishni bas qiling. Yangidan hayot boshlang. Lekin qalbingiz tubida meni unutmang

—Seni hech qachon unutmayman

—Endi esa xayr. Uyg'onganingizda men haqimda ko'p o'ylamang. Sizni sevaman

───────────────────────

—Ahyeon?

—Minnie, meni quyoshim. Seni ko'rgani keldim

—Ahyeon, nega meni tashlab ketding? Seni sog'indim...

—Men buni istamagandim

—Ahyeon, senga kim yomonlik qildi ayt. Ketayotganimda meni tark etadigan ahvolda emasding

—Buni tarixi uzun. Menda esa vaqt kam. Tong otyapti. Men ketishim kerak. O'zingni asra. Meni unutma

—Hech qachon unutmayman. So'z beraman farishtam

───────────────────────

Anchadan beri tongning mayin nurlari bilan uchrashmayotgan uyning har bir burchagi yorug'lik bilan to'ldi. Yoongi ko'zlarini ochishi bilan oldida uxlayotgan Minnieni ko'rdi. Sekin o'rnidan turib pardani yopdiyu Jimindan xabar olish uchun uning xonasi tomon yurdi. Xonada hech kim yo'qligini ko'rib unga qo'ng'iroq qildi

—Eshitaman –telefondan Jiminning ovozi eshitildi

—Qayerdasan?

—Uyda

—Ahyeonning uyida?

—Xo'sh, muammo bormi?

—Yo'q, uyga kelmaganing uchun xavotirlangandim

—Bir necha daqiqada boraman

Jimin telefonni o'chirishi bilan Yoongi chuqur xo'rsinib qo'ydi

—Yoongi

Yoongi Minniening ovozini eshitib u tomonga qaradi

—Xayrli tong. Qachon uyg'onding?

—Hozir

Minnie Yoongining xavotirli yuziga qaradi

—Nimadir bo'ldimi?

—Yo'q, hammasi joyida

—Unda men yuvinib nonushta tayyorlayman

—Yaxshi, hozir Jimin ham keladi. Keyin birga nonushta qilamiz

───────────────────────