For the rest of my life | season 2
—Aurora, hozir bir yerga boramiz
—Yoongining oldiga. Yangilikni aytamiz. Xo'sh nima deysan?
—Seni sevishim yoki oramizdagi tuyg'ular boshqalarning gaplariga bog'langanmi?
—Unday bo'lsa qo'lingni ber. Ketdik
Minnie xonasida dizayner bilan yangi dizaynlarni ko'rib chiqardi
—Agar ko'ylakni biroz kengroq qilsak har bir rangga mos go'zallikga ega bo'ladi
Xonaga Yoongi kirgan zahoti Minnie xodimga chiqishi mumkinligini aytdi
—Dizaynlar shu yerda qolsin. Bazi joylariga o'zim o'zgartirish kiritaman
—Xo'sh, nimalarga o'zgartirish kiritmoqchisiz Kim xonim –Yoongi shunday deb dizaynlarni qo'liga oldi
—Xo'sh, sizga dizaynlar yoqdimi?
—Kamchiliksiz? Hazillashyapsizmi? Turgan bitgani kamchilikku
—Agar men chizsam mukammal bo'lmasdi shundaymi? Sizga xodimlar chizgani yoqadida a?
—Yo'q, shunga yaqin gap gapirdingiz
—Rashk qilyapsanmi? Oddiy chizmalar sababmi?
—Nega sizni rashk qilishim kerak
—Chunki bo'lajak eringman. Ha, aytgandek. Sen bilan tortishib esimdan chiqishiga sal qoldi. Jimin kelganda turmush qurayotganimizni unga ham aytamiz. 2 haftadan keyin esa to'y bo'ladi
—Qancha tez bo'lsa shuncha yaxshi
Eshikni taqillatib Jimin ichkariga sekin kiradi
—Bezovta qilmadim deb umid qilaman
—Ikkingiz ham shu yerda ekanligingiz yaxshi bo'ldi. Bir yangiligim bor. Shuni aytmoqchiman
—Yangilik? Bizda ham senga aytadigan yangiligimiz bor. Bugun ajoyib kunmi deyman
—Unda avval siz aytavering. Keyin men aytsam hayajonli bo'lar balki
—Biz turmush quryapmiz. 2 haftadan keyin to'y.
—Sizlar uchun xursandman. Tabriklayman do'stim —u shunday deb jilmayish bilan Yoongini quchoqlab oldi
—Raxmat. Xo'sh, senda qanday yangilik bor.
—Rostdanmi? Nihoyat o'tmishni unuta olibsanda. Kim u baxtli qiz
—Ha, qizni men ham bilishni istayman. –Minnie shunday deb Yoongiga yaqin keldi
—Minnie, nimanidir boshlamoqchi emasmisan?
—Yo'q. Nega? Shunchaki qiziqdim
—Jimin ichimni qizdirib yubording o'lay agar
—Aurora –Jimin shunday deb eshikni ochdi. Ichkariga Aurora kirib kelarkan Minnie va Yoongi shunchaki shok holatda edi
—Hazilmi bu? –Minnie Yoongiga qarardi
—Yo'q. Hammasi jiddiy va hazilsiz
—Shunday bo'lishi kerak ekan. Buni avvaldan hech kim istamagandi
—Aurora mening sevgilim. Ayrilishim uchun sabab yo'q. Buni siz ham tushunasiz deb o'ylayman. Bu yerga shuni aytgani kelgandik. Endi esa ketsak ham bo'ladi
—Buni rostdan o'zing istadingmi?
—Unday bo'lsa sen uchun xursandman. O'zing uchun, baxtli bo'lishing uchun qarorni sen qabul qilasan. Men esa seni doim qo'llab quvatlayman. Hozir ham
—Jimin, hozir Minnie va Yoongining oldiga qo'l ushlashib shunday kiraveramizmi?
—Yo'q. Men shu yerda qolaman. Vaziyatni tushuntirganinddan keyin meni chaqir. To'satdan bo'lgan narsani qabul qilishmasa kerak
Men Jimin Ahyeonni shunchaki unutishiga ishonmayman. U shunchaki birinchi sevgisini unutolmaydi. Ahyeon bunga loyiq emas! Men bunga yo'l qo'ymayman!