For the rest of my life
βββββββββββββββββββββββ
βββββββββββββββββββββββ
Bu menman... Jung Ahyeon! Yoshligidan ota onasidan ayrilgan va boy hayotda yashasa ham o'zini baxtli his qilmagan. O'tmishini unuta olmagani uchun ruhiy kasallik orttirgan qiz. Boy bo'lishiga qaramasdan biror marotaba munosabatda bo'lmagan oddiy qizman. Balki men uni kutgandirman... Ha, men Jiminni kutdim... Uning zulmatdek hayotimga yorug' nur bo'lib kirib kelishini kutdim. Hozir esa u yonimda, men bilan... Baxt nima ekanligini, haqiqiy sevgi qanday bo'lishini menga o'rgatyapti uπ« U bilan hammasi boshqacha, yangicha hayot boshlagandekmanβ€οΈβπ©Ή u mening borlig'im...
βββββββββββββββββββββββ
Sohil bo'yidagi yam yashil va keng maydondagi daraxt ostida turgan juftlik birga ekanliklaridan quvonishardi
Ahyeon: Borligingiz uchun raxmat. Yaxshiyam hayotimga kirib keldingiz, bo'lmasa hozir xonamda yana siqilib turgan bo'larmidim...
Jimin: Aslida senga raxmat aytishim kerak. Menga yaxshi inson bo'lishni o'rgatding. Sen rostdan ham yulduzdeksan
Jimin: Qop qora tunda oy bo'lmaganda eng yorug' yulduz yo'lingni yoritadi. Uni ko'rganingda boshqa yulduzlarga etibor bermaysan. Faqat unga qaraysan
Ahyeon: Unda meni sog'insangiz va men oldingizda bo'lmasam eng yorug' yulduzga qarang va tinchlaning. Uni ko'rsangiz men deb tasavvur qiling. Shunda hammasi yaxshi bo'ladi
Jimin ko'zlarimga biroz vaqt termulib turdiyu Β«xo'pΒ» deganday bosh silkidi. Uning ichidan nimalar o'tayotganini sezib turibman. Men bir kun vafot etib uni yolg'iz bu dunyoda tashlab ketishimni hatto u ham biladi. Lekin menga sezdirmaslikga harakat qiladi
βββββββββββββββββββββββ
Yoshligimdan beri bir xususiyatim bor: Agar kimdir mendan nimanidir yashirsa ko'zimga qarolmaydi. Hatto eng mukammal ayyor inson bo'lsa ham. Oyim bu xususiyatim sabab Β«Senda qirolichalarning ko'zi bor. Ayyorlar ham ularni aldolmaydi hattoΒ» deb ko'p aytardi. Balki shu sababdan Jimin ham mendan nimanidir yashirsa yoki aldasa ko'zlarimga qarolmas...
βββββββββββββββββββββββ
Jimin bilan quyosh botgunigacha shu yerda qoldik va quyoshning nulari dengiz ortiga qanday qilib so'nib borishini kuzatib turardik... Bu men ko'rgan eng go'zal manzaralardan biri edi
Jimin: Juda ham chiroyli, shunday emasmi?
Ahyeon: Ha, men quyosh botishiga hech qachon etibor bermaganman
Jimin: Rostdanmi? βUning menga ajablanib qaraganidan biroz kulgim kelardi
Ahyeon: Rost. Men doim yomg'ir tomchilarining yerga qanday tushishi, chaqmoqning bulutlar orasidan shiddat bilan chaqishi va shunga o'xshash manzaralarni ko'p kuzataman
Jimin: So'zlaringni eshitib hali ham seni yaxshi bilmasligimga amin bo'lyapman
Beixtiyor uning so'zlaridan kulib yubordim.
Ahyeon: Barcha menga shunday deydi
Jimin: Barchaniku tushunish mumkin, lekin men sevgilingman
Ahyeon: Biz sevishganlar ekanligimizga bir necha oy bo'ldi. Hali meni hammadan yaxshi bilib olasiz, so'z beraman
βββββββββββββββββββββββ
Quyosh botgandan biroz vaqt o'tgach uyga qaytdik. Yo'l bo'yi bir birimizga o'tmishimiz haqida aytib berdik. Uni bilmadimu lekin bu suhbat menga ko'proq yoqdi
Ahyeon: Bir savol meni juda qiynayapti. Lekin so'rasammikan yoki yo'qmi bilmay qoldim
Jimin: Bemalol so'rayver. Yashirmasdan hammasini aytib beraman
Ahyeon: Bolalar uyiga kelishingizdan avval hayotingiz qanday bo'lgan?
Savolim uni o'tmishdagi xotiralarni eslatishga majbur qildi shekilli u biroz xo'rsinib gap boshladi
Jimin: Kichkinaligimni uncha eslamayman va bu haqida og'iz ochmayman. Lekin senga aytib berishim mumkin...
Oilada yolg'iz o'g'il edim. Otam, onam va men yashardik. Otam mafialarga xizmat qilardi. Ular nima deyishsa shuni qilardi. Onam esa model bo'lgan. Bir kuni otam uyga juda ham xursand bo'lib qaytdi. Ammo meni ko'rishi bilan yuzi jiddiylashdi. Ichkari xonaga onam bilan kirib nimalarnidir pichirlashishardi. Oxiri dadam onam oldimga kelib Β«Bir joyga boramizΒ» deb aytdi. Uning gapidan borayotgan joyimiz qiziqdek tuyulardi menga. Men rozi bo'ldim. Qish sababli onam meni qalin kiyintirdi va xonamga kirib nimanidir qidira boshladi. Yosh bo'lganligim tufayli bunga etibor bermaganman. Shunday qilib bolalar uyiga meni olib kelishgan. Keyin bilsam mafialar otamga katta pul berish sharti bilan mendan voz kechishini talab qilishgan ekan. Hammasi juda oddiy bo'lgan. Shu xolos
Ahyeon: Nahotki onangiz bunga qarshilik qilmagan bo'lsa?
Jimin: Boy insonlarga faqat pul kerak bo'lgan. Ammo sen va men bundan mustasnomiz
Ahyeon: Odam shunchalikam razil bo'lishi mumkinmi a?
Uning o'tmishini eshitib juda achina boshladim. Ichimda nimadir "Nega uni avvalroq uchratib uni yupatmagansan" derdi. Balki bu taqdirdir...
βββββββββββββββββββββββ
Pov/Aurora: Men boy qizman. Pulim bor, juda ko'p binolarim va xizmatkorlarim. Lekin meni ko'rgan inson baxtsizligimni darrov faxmlaydi... Men baxtsizman. Sevgim rad etilgan. Lekin Jimin, agar meniki bo'lmasang o'zgasiniki ham bo'lmaysan! Kerak bo'lsa seni ham yo'q qilib yuboshim mumkin. Ha! O'z sevgimni yo'q qilaman!
X: Xonim, aytgan insoningiz keldi
Aurora: Kutib tursin. Hozir chiqaman
Aurora shunday deb pastki qavatga tushdi. Zinalardan mag'rurona qadamlar tushib pastda turgan taxminan 45 yoshli erkakga qaradi
Aurora: Kelasiz deb o'ylagandim. Sizni pulga o'ch deganlari rost ekan, janob
X: Bu gaping bilan nima demoqchisan. Yordam so'raganing uchun shu yerdaman. βerkakning baland ovozda gapirayotgani Auroraga umuman yoqmadi
Aurora: H-o-o-y, yordam berasiz ham. Chunki boshqa ilojingiz yo'q. Sizga pul kerak. Uni sizga beradigan yagona inson esa menman! Manavi yarim pulingiz βu erkakga konvert ichida pul tutqazdi βbuni olingda yaxshiroq kiyinib oling. Bundan keyingi qiladigan ishlaringizni ust boshingiz va o'tmishingiz hal qiladi
Aurora: Endi esa keting. Bu yerda qiladigan ishingiz qolmadi
βββββββββββββββββββββββ
Jimin uyimning katta darvozasi oldida mashinani to'xtatdi
Jimin: Balki yana biroz vaqt qayernidir aylanarmiz
U qola olmasligimni bilib qo'limni ushladi
Jimin: Kechroq telefon qilaman. Ungacha o'zingni asra
Ahyeon: Siz ham. Yaxshi yetib boring
Mashinadan tushib unga qo'l silkidim. Ichkariga kirib ketmagunimcha mashinani haydamadi. Odatda u doim shunday qiladi. Balki xavotirlanadi. Yoki menga nimadir bo'lishidan qo'rqadi