August 16, 2025

For the rest of my life | season 2

───────────────────────

Could you hold me without any talking?We could try to go back where we startedI don't even have to stayI don't even have to stay butIf I woke up with you in the morningI'd forget all the ways that we're brokenI don't care if you've changedI don't even have to stay
β€”Gracie Abrams

───────────────────────

Kech kirib quyosh o'rnini yorug' oyga bo'shatganda Yoongi va Minnie uyga kelishdi

β€”Jimin hali kelmaganga o'xshaydi

β€”Lekin juda kech bo'lib ketdiku.

β€”Balki Ahyeonning oldiga borgandir

β€”Balki... Mayli yuqoriga chiqaylik. Men charchadim

β€”Sen chiqaver. Men ortingdan chiqaman

β€”Yaxshi

Minnie yuqori qavatga chiqqandan so'ng Yoongi oshxonaga kirib suv ichdi va Jiminga qo'ng'iroq qilish uchun telefonni qo'liga oldi

β€”Balki qilmagandim yaxshidir... –u shunday deb telefonni stol ustida qoldirdi

Bu paytda Jimin ko'rfaz bo'yida Auroraning bugungi gaplarini o'ylab turardi

β€”Nahotki undan shuncha vaqt nafratlanganim sababsiz bo'lsa? Gaplari yuragidan chiqib kelayotgani bilinib turardi. Uning menga gapirayotganda unga qanchalar nafrat bilan qaramay ko'zlaridagi hislar o'zgarmadi. Uning ko'zlari... Xuddi okendek chiroyli...
Chiroyli? Nima deyapman o'zi? Jimin bas qil. Nega uni o'ylayapsan? Esing joyidami? Lanati!

Jimin ko'rfaz bo'yini aylanar ekan yodiga Ahyeon keldi va ko'zlaridan yosh oqmasligi uchun biroz jilmaydi. Dengizning mavj urib tunga go'zallik baxsh etuvchi tovushi yoqimli edi ammo xotiralarni eslayotganda hatto shu ham og'riqli tuyulardi

β€”Ahyeon, yulduzcham... Nahot seni unutyapman? Qanday qilib? Buni qilolmayman deb o'ylardim. Lekin endi seni kamdan kam eslayapman. Qo'rqqan narsam sodir bo'lyapti... Meni kechir. Kechir meni...

───────────────────────

YarΔ±m tundan o'tganda Jimin uyga kirib keldi. Minnie va Yoongi uxlashyapti deb o'ylab tovush chiqarmasdan xonasiga kirib uxladi

───────────────────────

Erta tong. Minnie va Yoongi oshxonada nonushta qilishayotgandi. Jimin zinalardan pastga tusharkan Yoongi Jiminga qaradi

β€”Uyg'ondingmi? Kech kelganding. Hatto sezmapman. Bezovta qilmay deb uyg'otmagandim. Kel nonushta qilamiz

β€”Nonushta qilmayman. Bittasi bilan ko'rishishim kerak.

β€”Hozirmi?

β€”Yo'q, bir ikki soatdan keyin. Lekin kiyinib do'kondan narsalar olgunimcha vaqt tez o'tadi.

β€”Yaxshi o'zing bilasan

Yoongi va Minnie ishga ketishgach Jimin kiyinib uydan chiqib ketdi

Yo'l bo'yakay do'konga kirib gul oldi va shoshilayotgan joyiga ketdi

Yo'lda ketarkan Jimin qilayotgan ishi haqida o'ylardi

β€”Bu ishim to'g'rimi yo'qmi bilmayman lekin men buni kechga qoldirmasligim kerak

───────────────────────

Jimin kichik bir kafe oldida mashinani to'xtatdi va gulni olib ichkariga kirdi. Ichkariga kirgan zahoti uchrashishi kerak bo'lgan insonni qidira boshladi. Ha, mana u. Oyna oldida o'tirardi. U Jimin kelganini sezmagandi hali. Jimin sekinlik bilan unga yaqinlashdi

β€”Xayrli kun

Aurora Jiminni ko'rib o'rnidan turdi

β€”Se... Senga ham

β€”Kutib qolmading deb o'ylayman

β€”Yo'q. Bir necha daqiqa oldin keldim o'zi

β€”Yaxshi. Bu gullar senga

β€”Rostdanmi?

β€”Ha, senga. Olaqolsangchi. Yoki yoqmadimi?

Aurora hayrat bilan gullarni oldi. Ichida kapalaklar uchardi go'yo. Axir Jimin unga hech qachon yaxshi muomilada bo'lmagan. Endi esa to'satdan unga gul olib kelyapti

Jimin Auroraga bir muddat tikilib qoldi. U hech qachon Auroraga bunday ko'z bilan qaramagan edi hatto. Aurora gullarni avaylab oldiga qo'yayotganda ham Jimin undan ko'zini uzmasdan qarab turdi

β€”Nimadir bo'ldimi?

β€”Yo'q. Hech narsa. Shunchaki nega senga avval etibor bilan qaramagan ekanman deb o'ylab qoldim

β€”Haaa yaxshi... Bu yerga nega chaqirganingni aytasanmi?

β€”Aurora...

β€”Eshitaman

β€”Men kecha kuni bo'yi sening so'zlaringni o'ylab chiqdim... Va sen haq eding. Ha, men senga ishonaman

β€”Rostdanmi? Sendan bu gaplarni kutmagandim rostini aytsam

β€”Aurora, senga bir narsani aytishim kerak

β€”Bemalol ayta...ver

β€”Aurora, men tuyg'ularimga taslim bo'ldim. Men seni sevaman!

Jiminning so'zlari chuqur va tuyg'uga boy chiqardi. Aurora uning so'zlarini eshitib hayratdan qotib qoldi. U bir necha yillik xayolidagi narsalar hozir ro'yo ekanligiga umuman ishongisi kelmasdi.

β€”Ni... Nima?

β€”Seni sevaman Aurora. Rostdan sevaman

Aurora o'rnidan turib Jiminni bag'riga bosarkan ko'zlari yoshga to'lib ketdi. Boshida Jimin uni mazax qilyapti deb o'ylagandi. Hatto quchoqlaganda itarib yuborsa kerak deb xayol ham qildi. Ammo yo'q. Jimin uni quchoqlari. Muloyim va yumshoq. Uni bag'riga bosdi.

β€”Hozir qanchalar xursand ekanligimni bilmaysan ishon. Xuddi tush ko'rayotgandekman

Jimin Aurorani o'ziga qaratib ko'z yoshlarini artdi

β€”Shhh hammasi haqiqat. Yig'lama endi men borman sening yoningda. Men sen bilanman