For the rest of my life | season 2
Jimin uyga kirib kelarkan oshxonada Minniening oldida uni erkalab turgan Yoongi Jimin kelganini sezib uning oldiga bordi
U shunday deb eshikdan kirib kelgan Jiminni so'roqqa tutdi
—Men ham. Nonushta qilmagansan bilaman. Kel birga nonushta qilamiz
—Mayli, kiyimlarimni almashtirib, yuvinib tushay. Kechadan beri bir kiyimdaman
Nonushta davomida Jimin Yoongiga ishxonadagi holatlar haqida aytib berdi. Minnie ham bular haqida allaqachon bilardi albatta.
—Bir taklifim bor edi –Minnie Yoongi va Jiminga sekin qarab gap boshladi
—Xo'sh, qanday taklif ekan? –Yoongi Inga sinchkovlik bilan qaradi
—Dior KR ning yarmini sotib olishga nima deysizlar?
—Dior kr? Nega aynan Dior? –Jimin ham Minniega qaradi
—Shunchaki, Dior menga yoqadi. Dunyoga mashxur kompaniya. Xaridorlari ham juda ko'p
—Fikringiz menga yoqdi. Sen nima deysan Yoongi?
—Menga ham maqul. Kai bilan ham gaplashib ko'raylik.
—Aytganday, Kai bilan uchrashdingmi?
—Yo'q, bugun ko'rishib shu mavzu haqida unga ham aytaman
Nonushtadan keyin Minnie va Yoongi ishxonaga kelishdi. Yoongi mashinadan tusharkan binoning o'zgarib ketganini ko'rib atrofga nazar soldi
—Bino juda katta ekan –Minnie Yoongiga hayrat bilan qaradi
—Uncha emas. Lekin bo'laveradi
Ular ichkariga kirishdi. Xodimlar Yoongini ko'rib biroz qo'rquv aralash salomlashishdi
—Yaxshi. Yuraqol –U Minniega ishora qildi
Liftdan yuqoriga chiqisharkan Minnie atrofni kuzatardi
—Yuqoridan ichkari yanayam chiroyli ko'rinarkan
—Shundaymi? Etibor bermagan ekanman
—Biror marotaba etibor bermaganmisiz? Rostdanmi?
—Yo'q. Ishxonaga kelganimda doim jiddiy va ishga etibor qaratganman. Boshqa naesalarga emas
—Agar Dior ishi o'xshasa qizlar savdosini to'xtating
—Bu jinoyatku. O'sha qizlar o'rnida meni tasavvur qiling
—Jim. Bu haqida gapirma. Buni tasavvur qilish tugul aytish daxshatli
—Lekin o'sha qizlarning ham sizde shu gapni aytadigan insonlari bor
Lift to'xtagach Minnie va Yoongi liftdan tushib keng va uzun yo'lakdan yurib borishdi. Yo'lak shunchalar chiroyli ediki chap tomonda katta derazadan shaharni ko'rish mumkin bo'lgan shahar unga yanada go'zallik baxsh etardi. Yoongi bir eshikni ochib ichkaridagi xodimga qaradi
—Xush kelibsiz janob –u shunday deb o'rnidan turdi
—Yaxshi. Kel Minnie –Minnie ichkariga kirdi. Yoongi Kai turgan xona eshigini ochib gap boshladi
—Ish bilan banddeksiz o'rtoq boshqaruvchi
—Kel o'tir. –U Minniega qaradi –Salom. Yosh xonimmi –U Yoongiga ishora qildi –O'tiring marhamat. Menga aytmading hatto. Jimin biladimi?
—Unda yaxshi. Ahvollaring yaxshimi? Amerikadagi hayot qanday bo'ldi?
—Doimgidek. Faqat avvalgidanda biroz uzoq muddatga ketgandim. Shu xolos. Ishlar qanday ketyapti?
Yoongi Kaiga yangi ish haqida barchasini aytib berdi
—Yaxshi fikr. Men gaplashib ko'raman. Bu oson ish emas
—Yaxshi. Bu bilan shug'ullanib ko'r. Agar men yoki Jiminni chaqirsa aytasan. Biz ketaylik unda
—Ishga qachon qaytasan? Jimin ham juda kam keladigan bo'lib qolgan
—Jiminga ishong bo'lmasin. Bir necha kun Koreaga moslashib olay, keyin butkul qaytaman
Minnie va Yoongi shirkatdan chiqishgach mashinada biroz sayr qilishdi
—Istaysanmi uyingga borib kelamiz?
—Otam bergan daxshatli kunlar, onam uchun yig'lagan xotiralarim bor. Istamayman
—Sen nima desang shu. Agar istamasang bormaymiz.
Yoongi Minniening qo'lidan ushlab oldi
—Yo'q. Shunchaki yoningda ekanligimni his qilishingni istayman malikam
—Men uchun malikasan. Doim shunday bo'lib qoladi –u shunday deb uning qo'lidan ohista o'pdi
—Birinchi tanishgan kunimizdek emassiz
—Sovuqqon, jiddiy, ehtirosli va qo'pol
—Yo'q, xuddi mushukdek yuvoshsiz
—Balki, axir endi sevib qolgan insonman
—Inkor qilma. Ko'zlaring boshqa narsani aytyapti. Menga yolg'on gapirolmaysan
Bir necha kun o'tdi. Kompaniya Dior KR bilan bo'lgan shartnomasi muvaffaqiyatli imzolandi. Endi Dior KR ning yarimi Shirkatga tegishli
Yoongi yangi ish joyini ko'rib kelishidan avvalroq Jimin u yer bilam tanishib chiqdi. Uning ortidan Minnie va Yoongi ham kelishdi
Bino juda ham chiroyli edi. Har bir burchak did bilan bezatilgan, o'ylagandanda go'zal. Minnie o'z sevgan brendining nisbatan raxbari edi endi.
Ahyeon, qani edi Sen ham shu yerda bo'lganingda... Universitetni bitirgach Dior kompaniyasi bilan hamkorlik qilaman deganding. Buning bari sen uchun shirinim
Yangi binoni ko'rib bo'lishgach Minnie darrov ishga kirishib ketdi
—Yangi dizaynlarni o'ylab qo'ydim. Menimcha yaxshi bo'ladi. Dizaynerlar bilan bir necha kunda bitirsak kerak. Ha, aytgandek, modellarni ham ko'rishimiz kerak
—Minnie, kompaniya katta. Hammasini qilishga ulgurasiz.
—Lekin hozirdan boshlasam degandim
Minnie yangi xodimlar bilan tanishib chiqarkan Jimin Yoongi bilan ochilish marosimi haqida sihbatlashardi
—Bugun kechqurun ochilish marosimi o'tkazishga nima deysan?
—Ha, bunday narsalarni tezda o'tkazib qo'ygan yaxshiroq
—Unda ishlarni tezlashtirish kerak. Taklifnoma va ziyofat uchun joy bilan o'zim shug'ullanaman
—Mayli. Omad. Oqshomda ko'rishamiz
Marosim boshlandi. Mehmonlar kela boshladi. Barcha bayram kayfiyatida edi
Jiminning bugun kayfiyati biroz bo'lsada yaxshi edi.
Yoongi bundan juda ham xursand.
—Ko'z tegmasin, kayfiyating yaxshi
—Yo'g'e, bilmasam
—Doim shunday kulib yur. O'zingni qiynashni bas qil do'stim
—Harakat qilyapman. Balki o'xshab qolar
Barchaning kayfiyati ajoyib edi. Toki bir inson kelmaguncha.
—Hammaga salom
—Sen? –Jimin mag'rurona qadam tashlab kelayotgan 2 qizlarga qaradi
—Baek Aurora va uning laychasi Kan Jea –Kai soxta jilmayish bilan ularga qaradi
—Sen kimni laycha deyapsan hoy?
—Jea, bas qil. Biz bu yerda mehmonmiz. Urush qilish uchun kelmaganmiz
—Mehmon? Senga kimdir taklifnoma yuborishini aytganimni eslolmayapman
—Jimin, menga taklifnoma kerak emas. Men Calvin Klein rahbariman axir
—Yoongi bular kim? –Minnie Yoongiga pichirlab gapirdi
—Ashaddiy dushmanimiz. Ahyeonning o'limida undan gumonim bor
—Nima?
—Shhh, sen hozircha aralashma. Batafsil uyda aytib beraman
Jimin Auroraga sinchkovlik bilan qaradi
—Sen Calvin Klein rahbarimisan? Qachon ulgurding?
—Ha, rahbarman. To'laqonli rahbar. Sizlarga o'xshab brendning yarimiga egalik qilmayman. Har xolda pulim bor
—Xuddi shunday –Jea Auroraning oldida turib uning gapini maqulladi
—Kimdirlar birovni qilgan ishi uchun ham maqtanyapti shekilli a? –Kai kulib yubormaslik uchun qo'li bilan og'zini yopdi
—Senga o'xshab soyasida qolmaganman yigitcha
—Ish boshqaruvchi hech qachon soyada qolmaydi. Hozirda Kai kompaniyani deyarli bir o'zi boshqaryapti. Xo'jayining senga hech bo'lmasa shu ishni qilishingga imkon berdimi? –Yoongi sovuqqonlik va bir xil ohangda javob berdi
—Bo'ldi qiling. Bu yerga kelishingizdan maqsad nima? Senga oxirgi ko'rishganimizda boshqa yo'limdan chiqma degandim
—Maqsadim? Balki maqtanish. Balki nimalarga ega bo'lganimni ko'rsatish. Ha, aytgandek Park Jimin! Endi bilganingni qil. Sendan qo'rqmayman. Istaganimcha yo'lingdan chiqaman. Istaganimcha qarshingda paydo bo'laman. Chunki endi seni rashk qilishim uchun sabab yo'q. Sevgiling yo'q!
Jimin ko'zlarini yumib chuqur nafas oldi
—Rashk deysanmi? Shuncha ishdan keyin ham sevgi, rashk haqida gapiryapsanmi? Senmi? Haqqing bormikan?
—Haqqim va huquqimni sen yoki boshqasi belgilab bermaydi. Bilganimcha gapiraman. Bilganimni qilaman
—Ochilish marosimi dafn marosimiga aylanmasdan yo'qol ikkalang ham. Ket!
—Yo'q
—Nima? –Jimin tishlarini g'ijirlatib gapirardi
—Janob, so'z navbati sizlarga keldi. Bazmni ochib berishingiz kerak
Jimin o'zini tiyib orqaga tortdi
—Jimin, ketdik. Hozir bormasak, shubhalanishadi
—Yaxshi
—Kai, Minnie sizlar ham.
───────────────────────
So'z navbati Minniega kelganda Aurora Minniega diqqat bilan qaradi
—Jea, bu kim? Yoongi bilan juda ham yaqindek tuyuldi menga. Ko'zimga juda tanish ko'rinyapti
—Albatta tanish tuyuladida, sevgilisi bo'lgandan keyin
—Sevgilisi? Nega bundan meni xabarim yo'q?
—Mendan so'radingmi?
—Yo Xudoyim, Jea! Qiz haqida malumot top
—Umuman olganda u haqida hamma narsani bilasan
—Bu nima deganing?
—Bu qiz Yoongi bilan Amerikaga ketgan qiz.
—Adashmasam onasi ham bor edi
—U o'lgan. Amerika'da avtohalokat sabab vafot etgan
—Juda ham yaxshida
—Nimasi yaxshi?
—Ishimiz oson bo'ldi
—Qanaqa ish? Nimani boshlading yana?
—Keyin aytaman. Hozir esa ketdik. Bu yerda qiladigan ishimiz qolmadi.
—Jiminchi?
—U bilan suhbatimiz tinchimas, mavj urib turgan dengiz oldida davom etadi. Xuddi sevishganlarnikidek
—Hech shundan kecholmadingda Aurora...
—Imkoni bo'lsa edi
—Mayli yuraqol
—Ketdik