August 6, 2025

For the rest of my life | season 2

Endi raxm qilish yo'q. Qasos olish va hikoyaning qolgan joyidan davom ettirish bor xolos

───────────────────────

6 oydan so'ng

Tungi aeraportning quyoshdek yorqin taratayotgan nurlari ostida Minnie va Yoongi samalyotdan tushishdi

—Qo'lingdagini ber –u shunday deb Minniening qo'lidan jamadonini oldi. —Korea juda o'zgarib ketibdi.

—Ha, hamma narsa o'zgargan. Lekin endi bu shahardagi mano ham yo'qolgan. U endi yo'q. Go'zallik ham

—Minnie, malikam ha deb eslayverma. Hammasi yaxshi bo'ladi. Ana Jimin. Yuraqol. –Yoongi so'zini tugatib Jimin tomon shoshildiyu unga yetganda quchoqlab oldi

—Xush kelibsizlar –Jimin uni quchayotgan do'stiga va uning oldidagi Minniega qaradi

—Ahvoling yaxshimi? O'zgaribsan do'stim

—Yaxshi desa ham bo'ladi. Yaxshi kelringizmi? Charchab qolgandirsizlarz ketaylik

Jimin Yoongiga qo'lidagi yuklarni ko'tarishga yordam berdi. Minniening xayoli esa umuman boshqa joyda edi...

Pov/Minnie

Xuddi shu aeraport, 7oy avval xuddi shu joyda oyim oldimda bo'lgan xolda, dugonam bilan xayrlashib ketgandim. Ammo endi ular yo'q. O'zimga achinyapman. Agar shunday bo'lishini bilganimda hech qayerga bormasdim. Oyi... Oyijonim... Qani edi o'sha avtohalokat bo'lmaganda, o'sha kuni yolg'iz sayr qilishga chiqib ketishingizni istamaganimda hozir yonimda bo'lgan bo'larmidingiz... Ahyeonim... Mening farishtam. Doim yoningdama deganding, sog'insang oldingda bo'laman deganding. Dardlarimni eshitaman deganding. Qanisan? Qanisan malagim? Seni sog'indim. O'rning bilinyapti... Qayerdasan?

—Minnie yaxshimisan? –Yoongi Minniening qo'lidan ushlab uning yuziga tikildi.

—H-ha, yaxshiman. Shunchaki 7 oy avvalgi shu yerdagi xotiralarni esladim

—Ko'p o'ylayverma. Men yoningdaman. Qani endi keta qolaylik. Kech bo'lib ketdi

—Yoongi...

—Hmmm?

—Maylimi, uyga borishdan avval Ahyeonga kelganimni aytib ketsam. Mendan xavotir olayotgandir. Iltimos!

Yoong bir necha soniya jim turdida rozi bo'ldi

—Mayli, faqat Jiminga aytaylik. Bizni qabristonga olib boradi. Ahyeon qayerdaligini bilmaymizku, to'g'rimi?

Yoongi Jiminga yaqinlashdi

—Jimin. Bir joyga bizni olib bora olasanmi?

—Hozirmi?

—Ha, qayergadir bormoqchimiding?

—Rostini aytsam ha. Qabristonga bormoqchiman. Ahyeonni oldiga kecha tunda borgandim. Bugun ham borishim kerak

—Biz ham aynan o'sha yerga bormoqchimiz. Minnie istayapti

—Unda yaxshi. Ketdik

───────────────────────

Panjarali katta darvozaning oldiga kelganda Jimin mashinani to'xtatdi

—Shu yer –tomog'iga nimadir tiqilgandek so'zladi u.

Mashinadan tushib qabrlar orasidan o'tib ketisharkan Minnie har bir qabr toshiga tushib taralayotgan oy nuridan qabr egalarining ismlarini o'qirdi

—Mana mening sevgilim –u bir qabrning oldiga kelib to'xtadi va egilgan holda oyog'iga o'tirdi

Minnie qabr oldiga sekin yaqinlashdi

—Minnie, faqat tinchlan xo'p?

Minnie javoban faqat bosh silkidi. Qabrni silagancha o'yib yozilgan nomlarni qayta qayta o'qirdi. Xuddi bu ism xato yozilganu Ahyeon hali tirik va u yashamoqda.

Jung Ahyeon
(2006-2025)

Minnie uchun bu so'zlarni o'qish juda ham og'ir edi.

—Ahyeon men keldim. Eshityapsanmi? Men keldim. Tur ketamiz. Uyga ketamiz. Kelganimni nishonlaymiz. Turaqol ketaylik... –Minnie tinmasdan yig'lardi. Atrofdagi muhitga umuman etibor bermasdi u

—Minnie tinchlan. Bo'ldi jim. —Yoongi Minnieni turg'azib uni bag'riga bosdi

—Doim yoningda bo'laman degandi... Tashlab ketmayman degandi, Yoongi... Ahyeon o'lishi mumkin emas. U vadasida turadi, men uni bilaman.

—Shhh tinchlan. Hammamiz bir kun kimnidir tark etamiz. O'zingni bos. Men yoningdaman

—Menga Ahyeon kerak Yoongi. Uni sog'indim

—U shu yerda. Seni eshityapti. Faqat javob bermaydi. Hammasi joyida. Yig'lama malikam.

Jimin bir pas Yoongi va Minniega qarab turdiyu Ahyeon bilan bo'lgan xotirasi yodiga tushdi

7 oy avval

Dengiz bo'yida Ahyeonni quchoqlagancha Jimin atrofni kuzatardi

—Jimin, sizga savolim bor...

—Eshitaman, yulduzcham

—Insonlar o'lgandan keyin ham tiriklarni ko'rishadimi? Yani tiriklar ularni ko'ra olishmasa ham ular tiriklarni ko'rib, eshitishadimi?

—Bu haqida rosti bilmayman. Balki eshitishar. Bizni kuzatib turishar. Lekin bunga ishonchim komil emas

—Agar shu narsa rost bo'lsa, ota onam mening baxtli ekanligimni bilishlarini istardim. Juda ham

Jimin chuqur nafas oldiyu Ahyeonning peshonasidan o'pdi

—Umrimning oxirigacha ko'zlaringdan yosh oqqizmayman Ahyeon. So'z beraman senga. Eng baxtli inson bo'lasan hali

Hozirgi vaqt

—Minnie, biz mashinaga chiqaylik. Jiminning ham Ahyeonga aytadigan so'zlari bordir. Yuraqol. Jimin biz mashinada seni kutamiz –u shunday deb Jiminga qaradi

—Yaxshi

Yoongi va Minnie uzoqlashishganda Jimin qabrni siladi

—Ahyeon, yulduzcham... Men yana keldim. Har kuni kelishim senga yoqmayotgandir... Bilmayman. Lekin seni sog'inyapman. 6 oy 12 kun 5 soatdan beri seni ko'rmadim, quchoqlamadim Ahyeon... Seni rostdan ham sog'indim. Har kuni tushimga kirasan. Mendan uzoqlarda kulib yurasan. Sen tomon yurganimda oramizda jarlik paydo bo'ladi. Sen meni kutmasdan yugurib ketasan. Senga yetolmayman...
Esingdami, menga vafot etganlar tiriklarni ko'rishadimi deb savol berganding. Ahyeon, sen meni ko'rishing va eshitishingni juda ham istayman. Juda ham... –u bir pas jim qoldi. Yoshga to'lgan ko'zlarini kafti orqasi bilan artdi –Ahyeon, Minnie va Yoongi kelishdi. Ular soppa sog'. Xavotir olma. Yoongi unga g'amxo'rlik qilyapti. Bir birlarini sevib qolishgan. Yosh juftliklar –u yosh to'la ko'zlari bilan biroz jilmaydi —Sening oldingdan ketishni istamayapman. Imkoni bo'lsayu, oldingda yotsam... Umrbod sen bilan bo'lsam. Qani edi...

Jimin o'rnidan turdi ammo ko'zlarini qabrdan uzmas edi. Bu paytda mashina old tomonida Yoongi, orqada esa Minnie unga qarab turishardi

—Juda ham kuchli sevgan ekan –Minnie Jimindan ko'z uzmasdan Yoongiga gapirdi

—Jimin sevgan insoniga doim sodiq bo'lgan. Ammo kun kelib bir insonga qattiq bog'lanib qoladi deb hech o'ylamagandim

—Ahyeon doim shunday sevgi istardi. Endigina erishganida... –Minnining oxirgi so'zlari qaltirab chiqdi

—Bo'ldi, shunday bo'lishi kerak edi

—Ammo, men Ahyeonning yaqin dugonasi edim. Doim yonida edim. Nega menga kasalligi haqida hech narsa demadi. Menga ishinmasdimi?

—Minnie, balki xavotirlanishingni istamagandir.

—Bo'lishi mumkin...

───────────────────────

Jimin qabr toshini o'pib Ahyeon bilan xayrlashdi va mashinaga qaytdi

—Yaxshimisan? –Yoongi Jiminga savol va xavotir bilan qaradi

—Ha, ketamizmi? –Jimin Yoongiga qaradi. Ko'zlarida o'lik, hech narsani his qilmayotgan inson tuyg'ulari bor edi

—Ha, ketamiz

—Men sizlarni villaga tashlab o'taman. Kelishingizda o'sha yerni tayyorlatgandim.

—Sizchi? –Minnie Jiminga qaradi

—Men villada turmayotganimga ancha bo'ldi. Sizning uyingizni Ahyeon aytgani uchun 7 oy avval olib qolgandim. Aytgancha bu kalitingiz. –U shunday deb Minniega kalitni uzatdi —Men Ahyeonning uyida bugun qolaman. Vafotidan keyin hamma xizmatkorlar ketgandi. Ora orada o'sha yerga borib turaman. Mendan xavotir olmang

—Men ruxsat bermayman. Bir o'zing sevgilingdan qolgan xotiralar ichida qay ahvolga tushishingni yaxshi bilaman. Qolmaysan

—Yoongi, men rostdan uni sog'indim. U yerda xuddi Ahyeon meni kutib turgandek bo'ladi har doim. Qarshilik qilma

—Hech bo'lmaganda tunda u yerda qolma. Bir necha soatda qayt. Iltimos, do'stim

—Mayli

Jimin mashinani villa tomonga haydadi. Yoongi va Minnieni villaga tashlab o'zi Ahyeonning uyi tomon ketdi

───────────────────────

Yoongi narsalarni ichkariga olib kirdi va eshikni ochdi. Villa o'sha o'sha. Hech narsa o'zgarmagan. Hatto narsalarning o'rni ham. Villaning old qismidagi basseyn ham, yuqori qavatdagi balkondagi stol va stullar ham, kiraverishdagi katta zalda turgan guldonning o'rni ham o'sha o'sha edi hatto.

—Bu yerga hech qachon kelmagandim

—Biz bu yerda Jimin bilan 4 yil yashaganmiz. Ajoyib xotiralar bor bu yerda. Jimin hech narsaning o'rnini o'zgartirmapti. Hamma narsa joyida turibdi. Haaa aytgancha men senga xonangni ko'rsatmadim –Yoongi Minniega xonalarni ko'rsata boshladi —Bu mening xonam... Bunisi Jiminniki. Sen mening xonamda yot

—Sizchi?

—Men zalda yotmasam kerak. Shu yerda albatta

—Unda yaxshi

Minnie narsalarni joylashtirdi. Yoongi kiyimlarini alishtirib dush qabul qilib chiqdi

—Yoongi...

Yoongi yuzini sochiqga artib Minniega qaradi

—Hmm

—Undi Koreadamiz...

—Xo'sh?

—Men, Ahyeon birdaniga kasalligi kuchayib vafot etganiga ishonmayman. Ruhiy kasallik birdaniga rivojlanmaydi

—Nima demoqchisan

—Unga kimdir kuchli ruhiy zarba beradigan ish qilgan bo'lishi mumkin. Bu aniqku

—Xo'sh shunday bo'lgan taqdirda ham nega Ahyeonga bunday qiladi? Uning dushmanlari bormidi?

—Yo'q, lekin ketganimizdan keyin bo'lgan bo'lishi mumkinku

Yoongi bir pas jim turdi. Xayoliga faqat bir inson kelardi

—Mayli bu haqida ertalab gaplashamiz. Hozir uxla. Charchading. Amerikadan kelganimizga bir necha soat bo'ldiyu darrov tergovni boshlading. Yotib dam ol. Ertaga bu haqida gaplashamiz

───────────────────────

Jimin Ahyeonning uyi oldida mashinani to'xtatdi. Xotiralar... Bari ko'z oldidan o'tardi: Yelkasida sumkasini ilgancha universitetga shoshilayotgan qiz. Xuddi Jimin bir necha daqiqa kutib tursa yana yuzida tabasum bilan uydan Ahyeon yugurib chiqadiyu mashinaga minadi. Jimin esa undan ahvolini so'raydi va ular universitetga yoki aylanib kelish uchun dengiz oldiga yoki boshqa shaharga borishadi... Jimin bu narsalarni xayol qildiyu chuqur nafas olib mashinadan tushdi. Telefonini ochib Ahyeondan kelgan eng oxirgi xabarni ko'rdi. Uning oxirgi yozgan xabari shunday edi:

—Ertaga ertaroq keling. Imtihonim bor. Xayrli tun💕
6 oy avval 10:12PM

—Men keldim. Ahyeon men shu yerdaman. Shoshilib chiqishingni kutyapman. Chiqaqol iltimos –u o'ziga pichirladiyu kalit bilan darvozani ochib ichkariga kirdi

—Sen yoqtiradigan gullar so'nib qolibdi, Ahyeon. Etiborsizman meni kechir. –u tashqari eshikni ochib sekinlik bilan ichkariga kirdi. Xona jim jit. Hech kim yo'q edi. U zinalardan tepa qavatga chiqdi. Ahyeonning xonasi oldiga borganda xona eshigi tutqichini ohistalik bilan buradi. Ko'z oldidan kravatda kuchsiz, nimjon Ahyeon gavdalandi. Ammo hozir bu kravatda hech kim yotmayotgandi. Xonada barcha narsa yig'ishtirilib qo'yilgan, hech kim hech narsaga tegmagandi. U chiroqni yoqdi. Oyna oldida Ahyeonning make up vositalari, stol oldidagi daftar va ruvhkalar, tokchadagi kitoblar, shkafdagi kiyimlar.... Bari o'z joyida. Ammo bularning egasi yo'q. Xatto Ahyeondan keladigan ifor ham bor lekin o'zi endi bu yerda yo'q edi. Xonadagi jihozlar xuddi «Bizning egamiz qaytganida bizdan yana foydalanadi» degandek hatto changsiz turardi...

Jimin kravatga qaradi. Oylar avval xuddi shu kravatda uning quchog'ida Ahyeon jon taslim qilgandi. U esa yuragi to'lib yig'lar ammo baqira olmasdi. Ha, hamma narsa bor: Xotiralar, narsalar, jihozlar, undan taralaib turadigan ifor, ammo u yo'q. U undi bu yorug' olamda yo'q...