In another life
βββββββββββββββββββββββ
Xolam yuborgan xatni olganimga kecha bir xafta bo'ldi. Whitby'dan Somerset'ga borish uchun taksi chaqirtirdim.
Somerset yoshligim o'tgan shahercha. U yerda ota onam bilan birga yashaganmiz. Uyimiz shaherning chekksida joylashgan edi. 80-yillar oxiri dizayni bilan qurilgan saroynamo uyimizning katta derazalari ko'rfazga qarab turardi. Saroynomoligini oshirish uchun bu derazalar katta temir panjaralar bilan himoyalangandi va bu panjaralarga osilib ko'ylagimni yirtish mening sevimli mashg'ulotim bo'lgan
Onam har yirtilgan ko'ylagimni ko'rganda menga bir xil gapni takrorlardi:
-Alan! Jonga tegding kichkina foxisha! Bugun seni otangga aytmasammi
U bu gapni aytishi bejizga emas. Otam bilan munosabatlarim yaxshi bo'lmagan. Buning sababi esa mening xarakterim, o'zimni tutishim.
Yoshligimdan erkin bo'lishga intilganman. Ota onasining aytganiga umrbod bo'ysunib yuruvchi qiz bo'lishning o'zi men uchun daxshatli edi. Yigitlar bilan ko'ngilxushlik qilish, o'z istaganidek yashash va chegaralarni o'zi belgilash - mana bu mening hayotim. Ota onam esa kichik ayblarim uchun ham katta janjal qiladigan bo'lmag'ur insonlar bo'lishgan.
Ota onamni tanishtirgan zahotim ularni yomonlashim sizga g'alati ko'rinayotgan bo'lishi mumkin. Lekin so'zlarim rost. Balki erkin bo'lishni istaganim sabab ular menga haddan ortiq qattiqqo'l tuyulishgandir, balki menda farzandlik tuyg'usi yo'qdir...
Ha menimcha ham shunday. Bundan yillar avval ota onam Germaniyaga ketayotgan samalyot portlab ichidagi barcha insonlar vafot etgandi. Jumladan ota onam ham. Bu xabarni maktabda o'qituvchim Mrs. Fyora aytgandi. Qiziq, ichimdan hech qanday tuyg'u o'tmagandi. Yig'lamaganman ham. Albatta, axir menda farzandlik tuyg'usi mavjud emas
Taksi ichida ketarkanman ora orada qo'limdagi kalitning bezaklarini silab qo'yardim.
-Shunisi yetmay turgandi βhaydovchining to'satdan g'azab va muloyim ovozidan cho'chib tushdim
-Nimadir bo'ldimi? βunga savol nigohi bilan qararkanman u menga qayrilib ham qaramadi
-Nima bo'ldi, gapirsangizchi βsavolimni kuchli ovoz bilan yana takrorladim
-Tormoz ishlamayapti, boshqaruvni kimdir qo'liga olgan. Tezlik ortib bormoqda βU hozir o'ladigan odamdek baqirib gapirarkan ko'zlaridan yosh chiqdi
-Nima? βNafasim ichimga qaytib ketdi. Jon holatda orqa oynadan kim boshqaruvni qo'lga olganini bilishni istab qaradim. Mototsikl kelardi. Ha mototsikl. Mashina boshqaruvi unda. Talvasaga tushdim. Hozir o'lishim yoki tirik qolishimni manashu mototsikl haydovchisi hal qiladi. Lekin kim u?
Haydovchiga qarasam kuchi boricha derazani ochishga harakat qilardi
-Derazani ochsam, sakrashim mumkin.
-Esingiz joyidami? Tezlik katta. Tirik qolmaysiz. βU so'zimni eshitmasdi. Derazani ochishi bilan sakradiyu vafot etdi. Haydovchisiz qolgan mashina tog' oldidagi trassa bo'ylab ketarkan teskari yo'nalishda kelayotgan yuk mashinasiga urilib 3 4 marta havoda dumaladi. Hammasi tugadi deb o'ylagandim. Yo'q, qanchadir vaqtdan so'ng boshim ichidagi g'alati chiyillagan ovozdan turdim va boshimni changallab 2 3 qadam yurdim. Qiziq, tanamda og'riq yo'q edi. Ortga, mashina ichiga qaradim. Odamlar mashinani o'rab olishgan edi. Yaqin bordim. Derazaga bosh suyagancha yuzi qontalash bo'lib yotgan bir inson yotardi...
Men...! Shoshmang men o'ldimmi? Qanaqasiga? Yo'q, bunday bo'lishi mumkin emas. Yonimda turgan ayolga yopishib ketdim
-Xonim, xonim menga qarang. Men tirikman βu meni ko'rmasdi, umuman! Bir necha daqiqadan so'ng tez yordam mashinasi yetib keldi. Yugurib ularga yopishdim -Menga qaranglar, men tirikman. Men shu yerdaman. Eshityapsizlarmi? Men o'lganim yo'q
10 qadamcha uzoqroqdagi jurnalistga yaqinlashdim
-Tonggi 10:05lar atrofidagi trassa bo'yidagi avtohalokat sabab 19 yoshli mashxur yozuvchi Alan Cabello vafot etdi. Avtohalokat sababi tozmozning ishlamay qolishi deyilmoqdi. Yosh yozuvchi bilan birga haydovchi ham bo'lgani, ammo mashinadan sakraganida katta tezlik sabab uning ham o'lganligini aytishmoqda
Xonim, jinnimisiz? Nima hammang aqldan ozdingmi? Nega hech kim meni eshitmayapti? Nega meni ko'rmayapsizlar? Menga qarang men shu yerdaman. O'lganim yo'q eshityapsizmi?