One shots
βββββββββββββββββββββββ
Negaligini bilmayman, ammo u menga qancha azob bergan bo'lmasin unga bo'lgan sevgim hali ham o'zgarmadi. Oz bo'lsada undan sovuyolmadim. Harakat qildim, ammo o'xshamadi
Ko'p bora uni o'ylamasdan hayotimni qayta boshlashga urindim, lekin qayerga qaramay u yodimga kelardi. Uni sog'inardim, quchoqlab yaxshi ekanligini bilishni istardim. Evaziga hech narsa istamaadim, faqat ozgina mehr bersa men uchun yetib ortardi. Birga o'tkazgan har bir onimiz men uchun juda qadrli edi. Uni rostan sevardim.
Oxirida uning niyati umuman boshqacha ekanligini hatto o'ylab ham ko'rmagan ekanman. Ammo u menga sevgi izhor qilgan kun yaxshilab o'ylashim kerak edi, unga bog'lanmasligim kerak edi... Balki bari yaxshilikga bo'lgandir, balki bundan ham yomon kunlar oldindadir, balki u yana menga yaqin kelishiga yo'l qo'ymasligim kerakdir...?
βββββββββββββββββββββββ
Katta darvozadan ichkariga kirishim bilan ko'zim kichkina gulzor oldida turgan Sunhoonga tushdi. Bir nuqtaga tikilgancha nimalarmidir o'ylardi u
Lea: Sunhoon -uning ismini chaqirgancha yaqinashdim. Menga qaradi. Ko'zlaridan hech narsani bilishning imkoni yo'q edi. Hissiz bir insondek qarab turardi u menga
Sunhoon: Nihoyat borligimni payqading...
Lea: Nima -Unga savol nigohi bilan qaradim -nima deganiningni tushunolmadim to'g'risi
Sunhoon: Menga kelganda o'zi hech kim tushunmay qoladi
Lea: Sunhoon senga nimadir bo'ldimi? Ketayotganimda yaxshi edingku
Sunhoon: Nega men bo'lishim mumkin emas? Undan nima kamim bor? Nega meni sevmaysan?
Lea: Jungkook haqida gapirayotgan bo'lsang, iltimos mavzuni yopaylik!
Sunhoon: Yo'q Lea. Bu mavzuni shu yerda, hozir gaplashamiz! Jungkook senga qancha azob bergan bo'lmasin nega uni tashlab ketolmaysan? Har lahzada, uning oldida mening sevgimni yo'q qilasan Lea. Muhimi sen baxtli bo'lishingni istab kelganman, ammo uning oldida sening baxtli kelajagingni ko'rolmayapman
Lea: Sunhoon, men u bilan baxtliman. Hatto o'zim buni tan olgim kelmaydi. Lekin shunday. Keyin... Uni sevganim uchun seni sevib qololmasman. Tuyg'ularim balki qarshilik qilar... Seni sevolmayman, kechir -gapimni tugatib uyga kirdim. Narini joyiga yotqizib biroz avval aytgan so'zlarimni xotiralay boshladim. Har bir o'ylamay aytgan gaplarim haqiqatga mos edi. Lekin endi Sunhoonga qanday qarayman? U yashayotgan uyda u bilan birga qanday yashayman?
βββββββββββββββββββββββ
Erta tong. Bugun kechda Jungkook keladi. Shu sabab tayyorgarlikni boshlab yuborgandim. Barcha ishlarimni tugatib Kim xonimning oldiga kirdim. O'z xonasida eski suratlarni tomosha qilib turgan ekan
Lea: xonim... Sizda galim bor edi
Kim xonim: Kel go'zal qizim. Gapiraver, eshitaman.
Lea: Bugun kechda... Jungkook keladi. Aylanib kelamiz. AΔar ruxsat bersangiz albatta
Hech narsa demasdan jim turdim. Chunki bu vaziyatda nima deyishni ham bilmasdim
Kim xonim: Agar o'zimg istayotgan bo'lsang va qo'rqmayotgan bo'lsang, mayli roziman