A devil of blood
9-πΎπΆππΊ
Boah uyg'onib xonasida ekanligini ko'rib hayron qoldi. U tashqariga chiqganida Uk va Yon Jung uni kutib turgandi. YJ:gaplashib olishimiz kerak.
Ular ovqatlanadigan joyga borishdi. YJ:ahvoling yaxshimi ? Bu qachon boshlandi ?
BH ularga hammasini aytib berdi. BH: bolalar men buni yengmoqchi edim lekin iloji bo'lmayabdi, men yashashni istayman deb pastga qaradi va ko'z yosh to'ka boshladi. Yon Jung uni quchoqladi: hammasi yaxshi bo'ladi. Boah boshini ko'tardi: yaxshisi men saroydan ketaman. YJ:nimalar deyabsan ?
Bh: agar saroyda qolsam hammaga sharmanda bo'lib o'laman, undan ko'ra o'lishim aniq bo'lsa o'zim hohlaganday o'lib topay..
Uk: biz albatta chorasini topamiz ammo saroydan ketish yaxshi fikr. YJ: nimalar deyabsiz Uk ?
Uk: biz har doim ham uni yonida bo'la olmaymiz, hozir saroy u uchun xavfli. Boah ularga o'rmonda uyi borligini aytib tinchlantirdi. U qirolga mazasi yaxshi emasligini aytib ta'til oldi, keyin Rounning xonasiga chiqdi.
Salomlashishdan so'ng Roun:buni qarang.. uni qo'lida och havorang nozik gul tasvirlagan uzuk bor edi. BH: juda ham chiroyli, o'zingiz yasadingizmi ? R: ha albatta bu men yoqtirgan ayol uchun. BH: omadli ayol ekan havasim keldi dedi jilmayib. Roun kuldi va BHning qo'lini ushladi. Boah hayron qoldi: shaxzodam?
R: meni bunday chaqirishni bas qiling, hech bo'lmasa yolg'iz bo'lganimizda do'stona bo'lsangiz bo'lardi.
BH: kechiring, ho'p bo'ladi. R:yo hudoyim, mayli. Boah menga yoqasiz ! Menga turmushga chiqasizmi ?
Boah duduqlanib qoldi. R: nega indamaysiz ? Yoki meni yoqtirmaysizmi ? BH:unday deya olmayman.. Sizni yoqtiraman hamma narsadan ortiq. R: demak rozimisiz ? U xursand bo'ldi va uzukni Boahning qo'liga taqdi: judayam yarashdi. Boah jilmaydi. Roun unga yaqinlashib boΚΌsa oldi.
Shu payt Boah ko'zini ochdi va to'g'risida o'zini ko'rdi. Uning hayolida iblisi unga gapira boshladi: nima sen o'zingni odamman deb o'ylaysanmi ? Hohlasam hozir uni o'ldirib,qonini ichishim mumkin. BH: yo'q yo'q ! Bas qil !
Boah o'zini Roundan uzoqlashtirdi: kechiring shaxzodam, men bunday qilolmayman, iltimos to'g'ri tushuning biroz yolg'iz qolishim kerak ! deya xonadan chiqib ketdi. Roun hayron qoldi: ammo Boah..
Boah tashqarida Yoo Jung va Woo Seokni ko'rdi va tezda ko'z yoshini artdi.
WS: qayerga ketyabsan ? BH: uzoqqa dedi kulib. Yoo Jung: to'yimiz 2 kundan keyin axir kelmaysizmi ? BH: yo'q afsuski meni muhim ishim chiqib qoldi. WS: shunchalik muhimmi ? BH: qirol topshirig'i. Aytgancha bu senga dedi va kiyimi orqa tomonidan oq g'ilofli chiroyli ishlangan qilichni chiqardi. WS: oo buni ololmayman, bu senga otangdan qolgan axir. BH: yoshligizmizda buni qo'lga kiritishni orzu qilarding, to'y sovg'asi olaver. WS: rahmat !
Boah Woo Seokni quchoqladi va orqasiga urib qo'ydi.Yana ko'rishamiz degan umiddaman deb qo'ydi pichirlab.
Bu esa senga Yoo Jung dedi va sakura gullari tasvirlagan tilla tog'nog'ichni unga berdi. BH:buni ol uni o'zim yasaganman, eng yoqtirgan ishim bu shumtakani sevganiga nasib qilgan ekan. YJ: rahmat
BH: va yana baxtli bo'ling, Woo Seokga kamroq guruchli ovqat ber qorni dam bo'ladi. WS: hooy buni aytish shartmidi !? Boah kulib ketdi. YJ: u sizni o'zingizdan yaxshi biladi dedi kulib. WS: ha u doim shunday bo'lgan.
Boah xonasiga kirdi, zarur narsalarni olib Uk va Yon Jungga xat qoldirdi. Otiga minib shaxardan chiqib ketdi.
Rounni otasi chaqirayotgandi, u majlislar zaliga bordi. Qirol: Roun kasallikni kim tarqatganini aniqladik. R: xo'sh kim ekan ?
9-qism tugadi. Keyingi qism final. Agar yoqayotgan bo'lsa o'z izohlaringizni qoldiring.