April 9, 2025

A devil of blood

7-π—Ύπ—Άπ˜€π—Ί

Yon Jung ko'zini ochganda Ukning xonasida edi. YJ: bu yerda nima qilyabman ? Nega Ukning xonasidaman ? Nahotki unga yoqtirishimni aytdim ? Qachoon ? Yomon ish qilib qo'ygan bo'lsakchi ? Yo Hudoyim uni o'zi qayerda ?
Shu payt xonaga Je Uk kirdi va jilmaydi: yaxshimisiz ?
YJ: yaxshi.. lekin..kecha nima bo'lganini ayta olasizmi ?
Uk kulib yubordi va dedi: siz menga yoqtirishingizni aytdingiz va oΚΌpdingiz.
YJning yuzi qizardi va dedi: xo'o'sh ?

Uk: men ham sizni yoqtirishimni aytdim keyin..
YJ: keyin.. Uk: sizni ayol hwaranglar uyiga olib bormoqchi edim lekin erkaklar u yerga kira olmaydi va ancha kech edi va bu yerga olib keldim. Shu holos.

YJ yengil tortdi. Uk: havotir olmang men siz bilan o'zingiz bilmagan paytda birga bo'lmayman. Biz bu payt bir birimizni sezishimiz kerak, kecha buni vaqti emasdi.. YJ uni og'zini barmog'i bilan yopdi: bo'ldi men tushundim. Endi bu yerdan qanday ketaman ? Uk: 3 yo'lakdan hammomga borib yuz qo'lingizni yuvib, orqa eshikdan chiqib ketasiz. YJ hammomga kirdi ammo keyin yana bir hwarang u yerga kirdi. Uk buni ko'rib u yerga tez kirib YJni pardali cho'milish xonasiga olib kirdi va og'zini yopdi. Hwarang kiyimlarini yecha boshladi, Uk esa YJni o'ziga qaratib oldi. Uk: 10 daqiqada ketadi. Yj: yaxshi.
Uk biroz yaqin keldi va dedi: 10 daqiqa nima qilamiz ?
*Uk ayyor jilmaydi*

YJ: meni bu yerda siz bilan qiladigan ishim yo'q. Uk kuldi.
YJ: kulmang deya uni og'zini yopdi. Hwarang ketdi YJ esa orqa eshikdan chiqib ketdi. YJ kiyimiga e'tibor berdi, oddiy tungi kiyim axir shunchaki uxlay olmay Boahning oldiga chiqqandi.
YJ: ashsh tashqariga shunday chiqdimmi ? G'irt tentakman ! Unga shu holatda sevgi izxor qildimmi ?
YJ maxsus kiyimlarini kiydi va saroyga yo'l oldi. Hamma o'sha yo'lakka yaqinroq joyda yeg'ilib turibdi va juda badbo'y hid tarqalardi. YJ endi bormoqchi edi, Uk uni to'xtatdi. Uk: hiddan zaharlanish xavfli bo'lishi mumkin. YJ birdaniga kecha nima bo'lganini esladi, BHni qay ahvolda ko'rgani..
YJ: Uk men.. men ketishim kerak. U BHning xonasiga yugurdi, u xonada yo'q. Ammo keyin uni uchratdi, ahvoli yaxshi, kiyimlari toza, jilmayib kelyabdi. YJ uni quchoqladi. BH: hooy yaxshimisan ? YJ: haa.. o'zingchi ? BH: menda hammasi yaxshi, bugun negadur tetikman. Yaqinda hosil bayrami, meni ishlarim ko'p ketishim kerak.
YJ hayron qoldi: nahotki eslay olmasa ? Yoki birinchi bor qon ichishimidi ? Undan buni so'rashim kerak. BH o'sha yo'lak tomonga borib, ahvolni ko'rdi va hammasini tushundi. U xonasiga kirdi va eshikni qulfladi.

BH: nahotki buni men qilgan bo'lsam ? Endi vaqti keldimi, men.. men o'lishim kerakmi ? Lekin yashashni istayman. U juda hafa bo'ldi.

Bir necha soatdan keyin ma'lum bo'lishicha o'sha yo'lak atrofida bo'lganlar havodan zaharlangan, o'pkalari quriyabdi. Qirol sarosimada, nima qilishga hayron. Bir payt uni oldiga Roun kirdi: kasallik davosini toptik, bu giyohlar bizda o'smaydi, lekin Xitoyda bor. Qirol: ular buni shunchaki berishmaydi. R: men yarim g'alla evaziga ulardan giyohlarni olib keltirdim. Qirol: nima !? Endi qishda nima qilamiz ? R: men allaqachon buyruq berdim, unumdor yerlarga qayta urug' ekishadi.

Qirol: haddingdan oshyabsan Roun !
R: ota Xitoyda ozuqa kam, almashtirish 2 davlat uchun ham foydali. Qirol: oddiy xalqni deb g'allani topshirish.. R: axir g'alla ham xalq uchunku, ota menga ishoning. Qirol: yaxshi mayli, ammo kasallik nimadan paydo bo'lganini darrov aniqla ! R: ho'p bo'ladi ota. U ta'zim qilib xonadan chiqib ketdi.