July 4

Even if you Forget me...

— Bizning hikoyamiz xayrlashuv bilan tugashi kerak edi...

⤿Author: 𝓼𝓸𝔂𝓾𝓷

⤿1-QISM

Sehrgarlar olami.

~~~~~~

Xona eshigi ochilib, undan bir yigit kirib keldi.

: Seo Junhyeok va Han, shu yerdami?

Han: Shu yerdamiz.

: Ikkingizni direktor chaqiryabti. Gilitsiniya daraxti oldiga boring.

Yigit bir zumda ketib qoldi.

Junhyeok: Hoy, buncha tez?

Han: Menimcha sayohatga ketyabmiz, qani turaqol.

Junhyeok: Odatda bog‘ga bunday chaqirishmasdi. U yerga bormaganimga ham ancha bo‘libti.

Han: Yana biron vazifa bersalar kerak.

Junhyeok: Shunday charchadimki...

Han: Haa, do‘stim... qarib qolibsan😂

Junhyeok: Shu gapni sen aytmasangda.

Ikki do‘st glitsiniya bog‘iga yetib kelishdi.

Han: Daraxt yildan-yilga o‘sib boryabti...

Junhyeok: Olamimiz yuragiku, qurushini xohlarmiding?😂

Han: Yo‘q, lekin qara, kimdir sabab barglar qorayibti...

Junhyeok: Bu sehrgarlar xatosi deb... menimcha odamlar dunyosida, bizdan kimdir hayot toshini olgan.

Han: Nima keragi bor shu toshni? Baribir sehrni boshqara olamizku.

Junhyeok: Faqat o‘zini o‘ylaydiganlar ham borda, nima ham derdik...

Han: Shunday afsungarlardan nafratlanaman. Masalan o‘tgan oy qo‘lga olganimiz, Seo Yijin. Shavqatsiz, manman...

Junhyeok: Qo‘yaver...

Ularni asosiy daraxt oldida direktor Seongmin va ustoz Rowoon kutib turishardi.

Ustoz Rowoon: Ana, yetib kelishdi.

Han va Junhyeok ularni ko‘rgach ta‘zim qilib, salomlashishdi.

Direktor Seongmin: Demak, u maqtagan afsungarlar siz ekansizda. — dedi ularga qarab.

Ustoz Rowoon: Ishonavering, ularga bu ishni topshirganimizdan afsuslanmaymiz.

Direktor Seongmin: Umid qilaman.

Junhyeok: Biror jiddiy muammo bormi?

Ustoz: Nima desam ekan, Junhyeok. Bu oldinlari bajarga vazifalaringizga umuman o‘xshamaydi...

Han: Odamlar dunyosi bilan bog‘liqmi?

Ustoz Rowoon va direktor Seongmin negadir jim qolishdi.

Direktor Seongmin: Hayot toshi haqida bilasiz, to‘g‘rimi. — dedi biroz turib. — Odamlarni o‘ldirgach, maxsus afsun yordamida, faqatgina sehrgarlargina uni qo‘lga kiritishlari mumkin. Uning o‘zgachaligi shundaki, u sehrgarga yengib bo‘lmas kuch va abadiy umr ato etadi. Faqat buning uchun to‘kilgan qon... begunoh odamlar qoni bunga arzimaydi. Hali odamlar hayot toshi haqida bilmaydilar ham... Afsungarlarga buni qancha uqtirmaylik, baribir ularni o‘ldirishda, olamlar muvozanatini barbod qilishda davom etishyabti. Va mana hozir ham bizda dushman bor. U aynan sizning dushmaningiz. Gwon Iden. Sizga topshirayotgan vazifamiz aynan u bilan bog‘liq.

Junhyeok: Qabul qilishga tayyormiz janob.

Direktor: Unda yaxshilab eshiting. Iden odamlar dunyosida bir o‘zi emas. Yana do‘stlari bo‘lishi mumkin. Undan juda ehtiyot bo‘lishingiz kerak, chunki u 10 dan ortiq hayot toshlariga ega va qora afsunni boshqarishni biladi.

Han: Qora afsun!? Demak raqibimiz kuchli ekan.

Direktor: Nafaqat kuchli, balki juda aqlli. U anchadan beri bizdan qochib qolishga ulguryabti. Qon to‘kishdan esa hamon to‘xtagani yo‘q. Vazifangiz uni qo‘lga olish. Qiyin bo‘lmasinbuni uddalashingiz shart!

Junhyeok: Tushundik janob.

Han: Qachon jo‘naymiz?

Ustoz: Iden bizdan tezroq, iloji bo‘lsa, shu bugun.

Direktor: Odamlar dunyosida sizni Yeongho kutib oladi va ko‘proq tafsilotlar bilan tanishtiradi. U shu bilan vazifasini tugatadida, bu yerga qaytadi. Qolgani sizga bog‘liq. Va yana bir asosiy qoida! Afsungar hech qachon oddiy odamni yoqtirib qolishi mumkin emas. Buni yaxshi bilsangiz ham, eslatib o‘tmoqchiman. Iloji bo‘lsa, u yerda hech kim bilan muloqotda bo‘lmang. Ana endi esa yo‘lga tayyorlaning, va oqyo‘l. Rowoon tayyor bo‘lganingizda sizni partalga olib borib, kuzatib qo‘yadi. Omad yigitlar!